So’nggi yangiliklar

14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  1 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  0 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  5 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  9 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  11 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4

Javohir Qahramonov: "So'g'diyona" mavsumni kuchli beshlikda yakunlashga harakat qiladi" Yangiliklar

Javohir Qahramonov: "So'g'diyona" mavsumni kuchli beshlikda yakunlashga harakat qiladi"

Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasi Superliga 22-turidan "Metallurg" bilan 0:0 hisobida durangga imzo chekdi.

Ushbu uchrashuvdan so'ng mezbonlar yarim himoyachisi Javohir Qahramonovni fikrlari bilan qiziqdik.

"Metallurg" yaxshi jamoa. Ular bizga qarshi munosib va etarlicha tayyorgarlik ko'rgani o'yin davomida bilinib turdi. Umuman olganda ikki jamoa ham yaxshi o'yin o'tkazdi degan bo'lardim. Gol urish uchun etarlicha vaziyatlarga ega bo'ldik. Ammo, samara chiqara olmadik. Nima ham derdim bu futbol, raqibga navbatdagi uchrashuvlarda omad tilab qolaman. O'z o'rnida biz ham g'alaba qozonib muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz",- deydi Javohir Qahramonov.

- "So'g'diyona"da nazariy jihatdan beshinchi  o'rinni egallash uchun imkoniyat saqlanib qolindi...

- Ha, oldinda yana to'rtta tur kutmoqda. Mana shu uchrashuvlarda kerakli ochkolarni jamg'arib mavsumni kuchli beshlikda yakunlashga intilamiz. Har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga chiqamiz. 

- Jamoa o'tgan mavsumda to'rtinchi o'rinni olgani sababli bu yil muxlislar yanada ko'prog'ini kutishgan edi...

- To'g'ri, ushbu mavsumda juda ko'p ochkolarni yo'qotdik. Futbolda hamma narsa ro'y berishi mumkin. "Metallurg" bilan o'yinda bizni qo'llab-quvvatlashgani uchun ularga rahmat aytib qolaman. 

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика