So’nggi yangiliklar

08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  5 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  2 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  3 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  6 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  5 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  2

Javohir Ilyosov - "Metallurg" bilan o'yin, tayyorgarlik va eng yaxshi ko'rgan darvozaboni haqida Yangiliklar

Javohir Ilyosov - "Metallurg" bilan o'yin, tayyorgarlik va eng yaxshi ko'rgan darvozaboni haqida

"Lokomotiv" darvozaboni Javohir Ilyosov Coca Cola Superliganing 8-turi doirasida "Metallurg"ga qarshi o'yinoldi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- "Metallurg"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz...
- "Metallurg" bilan yaxshi o'yin bo'ladi. Nafaqat "Metallurg", balki, boshqa jamoalar bilan o'tgan o'yinlar ham qiyin o'tdi. Navbatdagi uchrashuvlar ham murakkab o'tishi aniq. Superligada oddiy bahslar o'tmayapti. "Metallurg" yaxshi jamoa, ularga qarshi o'tadigan bahsga yaxshi tayyorgarlik ko'ryapmiz. Garchi OCHLda mag'lubiyatga uchragan bo'lsak-da, jamoadoshlarimning kayfiyati yaxshi holatda.

- "Lokomotiv"ga o'tish hayotingizda nimalarni o'zgartirdi?
- "Lokomotiv"ga o'tishim faoliyatimda katta o'zgarishlarga olib keldi. CHunki barcha futbolchilar chempion jamoada o'ynash yoqimli. Men ham yoshligimdan chempion jamoa tarkibida o'ynashni maqsad qilgandim. Orzularimga erishyapman. Endi kelgusida yaxshi o'yinlar ko'rsatib, "Lokomotiv" muxlislarini xursand qilmoqchiman.

- Qaysi darvozabonning o'yinlariga muxlissiz?
- "Tottenxem" va Franciya termasi darvozaboni Ugo Lorisning o'yinlari menga yoqadi. Har doim uning o'yinlarini ko'rib, undan o'rganishga harakat qilaman.

- Nega aynan darvozabonlikni tanlagansiz? Darvozabon bo'lishga sizni nima undagan?
- Yoshligimdan ko'rib, darvozabonlikka qiziqqanman. Yoshligimda Iker Kasilyasning o'yinlarini kuzatib yurib, ko'chalarda, asfaltlarda futbol o'ynab, oyoqlar shilinguncha to'p tepardik. Keyinchalik futbol maktabiga bordim va asta-sekin ulg'ayib, orzularimga erishmoqdaman.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика