So’nggi yangiliklar

19:42Франция футбол Федерация ПСЖнинг "Мбаппе иши" бўйича апелляциясини рад этди  0 19:31Суперлига. "Нефтчи" – "Насаф" 2:0. Highlights  1 19:20Суперлига. "Қизилқум" — "Навбаҳор" 1:2 (матнли трансляция)  4 19:17Анвар Бердиев: "Мақсадимиз — Суперлигага чиқиш"  0 18:59Фарҳод Нишонов: "Ҳакам қарорини муҳокама қилишни истамайман, аммо..."  0 18:34Моуринью яна Роналду билан бирга ишлаши мумкин  0 18:08ПРО-Лига. Расман — "Шўртан" плей-оффнинг иккинчи иштирокчиси!   2 18:05Чемпион "Насаф" Фарғонада "Нефтчи"га мағлуб бўлди  40 17:43Суперлига. "Қизилқум" - "Навбаҳор": Асосий таркиблар маълум  2 17:09ПРО-Лига. 5 та гол урилган ўйинда "Бухоро" "Арал"дан устун келди  2 16:49ПСЖ янги машғулот марказини очди  0 15:32Жорж Микаутадзе фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  1 15:01"Манчестер Сити" Холандга янги шартнома таклиф қилмоқчи  2 14:40Тимур Кападзе: "Ўйин томонлама "Насаф"ни эътироф этаман, мавсум ўртача ўтмоқда"  16 14:27ПРО-Лига. "Бухоро" - "Арал": Асосий таркиблар маълум!  0

Javohir Ilyosov: “Mashal”ni bu yil Superligada ishtirok etishiga hamon umid bor” Yangiliklar

Javohir Ilyosov: “Mashal”ni bu yil Superligada ishtirok etishiga hamon umid bor”

Xabaringiz bor, yaqinda O'zbekiston professional futbol ligasi tomonidan Muborakning “Mashal” jamoasi super ligada ishtirok etishdan mahrum qilindi.

Ochig'i, voqealar rivoji bu kabi ko'rinish olinishini hech kim kutmagandi. Ayniqsa, bu qaror “Mashal” azolari uchun go'yoki og'ir zarbadek bo'ldi. Xususan darvozabon Javohir Ilyosov bilan suhbatlashganimizda O'zPFLning qarori o'tgan mavsum 7-o'rinni egallagan “Mashal” azolarini xayratlantirganini va futbolchilarning kayfiyati keskin tushib ketganini aytib o'tdi.

“MASH'AL”NING SUPER LIGADA ISHTIROK ETMASLIGI HAQIDA”
“Gazchilar”ning yangi mavsumni ham super ligada o'tkazish maqsadida astoydil tayyorgarlik ko'rayotgandi. Ammo kutilmaganda muborakliklarning ligadan chetlatilishi, ko'pchilikni ajablantirdi. Bu borada “Mashal” darvozaboni quyidagilarni aytib o'tdi.

-“Mashal”ning super ligadan tushirib yuborilganini birinchi bo'lib saytingiz orqali o'qigandim. Keyin murabbiylarning ham kayfiyati tushib ketganini ko'rgach, xabar haqiqatdan ham to'g'ri ekanligini tushunib etdim. O'sha payt biz Farg'onada, hokim Kubogi turnirida ishtirok etayotgandik. Biz uchun noxush xabar chiqgach, murabbiylar shunga qaramay futbolchilarni kayfiyatini ko'tarishga urindi va musobaqani oxirigacha etkazib qo'yishimiz kerakligini bildirdi. Ochig'i, bunday bo'lishi hech kimning xatto tushiga ham kirmagan bo'lsa kerak. Biz uchun yoqimsiz xabar bo'ldi va buni eshitib, barchamiz “shokka” tushdik. Jamoaning barcha azosida shundan buyon kayfiyat tushib ketgan. Hozir ham ruhiy jihatdan ko'rsatkichlarimiz ancha past ekanligini aytishim mumkin. Hamma nima qilishni bilmay qolgan. Nima ham deymiz, juda qiyin ahvoldamiz.    

BO'LAYOTGAN TAKLIFLAR TO'G'RISIDA
“Mashal” jamoasining Pro-ligada ishtirok etishi malum bo'lgach, tarkibdagi futbolchilar o'zlariga yangi jamoa topishga urinayotgani ayni xaqiqat. CHunki  o'tgan yili super ligada o'ynagan futbolchi bu yil pro-ligada faoliyat yuritishni unchalik ham istamaydi. CHunki super ligada baribir har tomonlama o'yinlar qiziq o'tadi va shunga yarasha o'sish kuzatiladi. Xo'sh, “gazchilar”ning iqtidorli posboniga ham takliflar bo'lyaptimi?

- Farg'onada o'tgan turnirdagi ishtirokimizdan so'ng murabbiylar jamoaga biroz muddat dam bergandi. 9 fevraldan  Toshkentda yig'ildik. Yashirmayman oldimda bir nechta qiziqarli takliflar turibdi. Albatta super liga klublaridan chorlovlar bo'lmoqda. Ammo ularning nomlarini hozircha sizga aytmay turganim maqul. Oldin barcha masalaga oydinlik kiritib olaylik. So'ngra rasman keng ommaga elon qilinadi. “Mashal” bilan yana bir yillik amaldagi shartnomam mavjud. SHu bois boshqa klubga o'tishdan oldin, “Mashal” rahbariyati bilan gaplashib olishimiz kerak. Ammo hozircha bu haqda suhbatlashish imkoni bo'lmadi. Agarda jamoada qolishimni istab, qo'yib yuborishmasa, “Mashal”ga yordam berishda davom etaman. Negaki, boya aytganimdek, jamoa bilan amalda yana bir yillik shartnomam bor.  SHu bois taqdirim o'z qo'limda emas. Rostini aytganda, o'tgan yilgi mavsum yakuniga etgach super liganing ayrim klublaridan takliflar bo'lgan. O'shanda “Mashal”dan ketishni o'ylamagandim. CHunki bu erda o'zimni doim erkin xis qilaman va hech qanday muammo yo'q edi. Bu klubda o'ynab, terma jamoadan ham chaqiruv olgandi.  

“MASH'AL”DAN ENDI KIMLAR KETISHI XUSUSIDA
Yuqorida aytib o'tganimizdek, “Mashal” jamoasi bu yil pro-ligada ishtirk etishi aniq bo'lgach, tarkibdagi ayrim futbolchilar super liga klublariga ko'chib o'tish payiga tushgan. SHunday ekan muborakliklar safini kimlar tark etishi mumkin?

- Ayrim 2-3 nafar yigitlar boshqa klubga o'tishi mumkin. Menimcha ko'pchilik futbolchilar jamoada qoladi. O'ylaymanki bu yil “Mashal”ning oldiga super ligaga qaytish vazifasi qo'yiladi. SHuning uchun asosiy tarkib o'zagi saqlanib qolinadi va maqsad yo'lida astoydil ko'rashiladi. CHunki jamoa bekordan-bekorga pro-ligaga tushirib yuborilganini isbotlab qo'yish kerak deb o'ylayman. Agarda hozirgi tarkibdagi yigitlar jamoani super ligaga qaytarsa, kelasi yil ham yana ular o'zlari o'ynaydi.

FUTBOLCHILARNING KAYFIYATI HAQIDA
“Gazchilar”ning to'satdan pro-ligaga tushirib yuborilgani ko'pchilikni ajablantirdi. Ayniqsa jamoa azolari bu xabarni eshitgach, kayfiyatlari keskin tarzda tushib ketganini taxmin qilish qiyin emas. Bu haqda “Mashal” darvozaboni Ilyosov ham aytib o'tdi.

- To'g'risi biz bu yil ham super ligada ishtirok etamiz degan o'y bilan tayyorgarlik ko'rayotgandik. Biroq to'satdan “Mashal” ligadan chetlatildi degan xabarni o'qigach, barchada birdek kayfiyat tushib ketdi. Ruhiy tomondan baribir o'z tasirini o'tkazmasdan qolmaydi. Ishonsizmi o'sha xabar chiqqach, ko'ziga yosh kelgan yigitlarni ham ko'rdim. SHundan keyin ham super ligada o'ynashga umid bor edi. Butun jamoa bo'lib qura tashlash marosimini kutayotgandik. O'sha kuni Hokim Kubogi doirasida “Qo'qon-1912” bilan o'yinimiz bor edi. Tanaffusda kiyinish xonasiga kirganimizda, murabbiyimiz qurada “Mashal” jamoasining nomi yo'qligini aytgach, kayfiyat yanada tushib ketdi. Hammaga har xil tasir qildi. Dam olishdan keyin ham futbolchilarning kayfiyatini zo'r deb bo'lmaydi. Juda ham unutish qiyin bo'lgan jarayon. Lekin ichki muhit yomon emas. Hamma bir-biri bilan ahil va inoq. Bilasizmi hozir ham oz miqdorda bo'lsada super ligada o'ynashga umid saqlanib qolgan.    

O'ZI UCHUN OMADLI KECHGAN MAVSUM XUSUSIDA
O'tgan mavsum haqiqatdan ham Javohir Ilyosov uchun omadli kechdi desak mubolag'a bo'lmaydi. Sababi 24 yoshli darvozabon jamoasining har bir uchrashuvida to'liq maydonda xarakat qildi. SHuningdek Ilyosov bir qator o'yinlarda ishonchli xarakatlari bilan ko'pchilikning etiborini ham tortdi. Bu borada Javohirning o'zi ham fikrimizga qo'shildi.    

-Yaratganga shukur, chindan ham 2017 yil men uchun juda ham samarali o'tdi. Bu hozircha faoliyatimdagi eng omadli mavsum bo'lib turibdi. Umid qilamanki, kelgusi mavsumlar ham bundan-da omadli bo'ladi. Ishonch? Yo'q, menda ko'proq xarakat bo'lgan. Jamoamning har bir uchrashuvida to'liq o'ynadim. Bunga murabbiylarning ishonchini qozonish orqali erishdim. Qolaversa maydondagi jamoadoshlarimning ham qo'llab-quvvatlashi natijasida o'zimni erkin his qila boshladim. Terma jamoadan chaqiruv olishimni doim orzu qilganman. Bu borada o'zim yaxshi niyat qilib, intilganman. Xudoga shukur, murabbiylar meni ham o'tgan yili yig'inga chaqirdi. Bundan juda xursandman. Joriy yil ham o'z ustimda astoydil ishlab, muntazam ravishda terma jamoadan chaqiruv olishga xarakat qilaman.

MURABBIYI  XUSUSIDA
Murabbiyning ko'rsatmasi futbolchi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Agarda biror-bir futbolchi yaxshi mutaxassisning qo'li ostida o'ynasa, unda uning oshig'i olchi deyavering. Javohir Ilyosovdan ham murabbiylari haqida so'raganimizda quyidagilarni gapirib o'tdi.

-“Mashal”da darvozabonlar bilan Pavel Sinelnikov ishlaydi. Bu murabbiy meni yoshligimdan yaxshi biladi. CHunki ilgari akademiyada tahsil olib yurgan paytimda, Sinelnikov bizni shug'ullantirgan. Bugungi kunga kelib “Mashal”da ham birga ishlayapmiz. SHu darajaga chiqishimda ushbu murabbiyimning ham 70 foiz hissasi bor degan bo'lardim. CHunki mashg'ulotlarda ishlash bilan bir qatorda murabbiy o'z xonasiga ham chaqirib, menga nazariy jihatdan ko'rsatmalar berib boradi. SHuningdek Pavel Sinelnikov ajoyib psixolog hamdir. Omadsiz o'yinlardan so'ng doim kayfiyatimni ko'tarishga urinadi.  

O'TKAZIB YUBORGAN GOLLARNING ENG ALAMLISI HAQIDA
Hech bir posbon o'z darvozasidan gol o'tkazib yubormaslikdan kafolatlanmagan. SHu jumladan Javohir Ilyosov ham. “Mashal” golkiperidan shu kungacha o'tkazib yuborgan gollaridan qaysi biri eng alamlisi bo'lganini so'raganimizda, biroz o'ylanib quyidagicha javob berdi.

- Menimcha har bir darvozabon imkon qadar gol o'tkazib yubormaslikka xarakat qiladi. CHunki futbolda qancha ko'p to'p o'tkazsang, bu sening saviyangni ko'rsatadi. 2016 yili Namanganda “Navbahor”ga qarshi bahsda 3:2 hisobida yutqazganmiz. Mazkur uchrashuvda qo'pol xatoim evaziga mag'lubiyatga uchraganmiz deb o'ylayman. Adashmasam raqib himoyachisi Qahramon Mahamadjonov o'ng qanotdan to'pni jamoadoshiga oshirib berish maqsadida havolatib uzatgandi. Men oldinroqqa chiqib ketganman va kutilmaganda to'p to'g'ri darvoza to'ridan joy olgandi. Aynan ushbu gol tufayli “Mashal” safardan quruq qo'l bilan qaytgandi. Garchi hamma aybni o'z zimmamga olgan bo'lsamda, jamoadoshlarim futbolda bu kabi xatolar uchrab turishini aytib, kayfiyatimni ko'tarishga uringan.

QAYSI HIMOYACHILAR BO'LSA O'ZINI XOTIRJAM XIS QILADI?
Futbolda darvozabon uchun mudofaa chizig'i vakillarining kim ekanligi ham nihoyatda muhimdir. CHunki oldinda xavflarni bartaraf etishda amaliy yordam ko'rsatish himoyachilar zimmasida bo'ladi. Xo'sh, “Mashal”ning qaysi himoyachilari bu borada Ilyosov uchun qalqon bo'la oladi.

-To'g'ri, uchrashuv chog'ida posbonlar uchun himoyachilarning xarakati muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin men bu borada “Mashal”ning biror-bir futbolchisini alohida ajratib ko'rsata olmayman. Biz bir jamoamiz. Uchrashuv paytida baribir har kim vaziyatdan kelib chiqib, turlicha o'ynaydi. Bazida himoyachilarning xatosini men to'g'rilab ketishim mumkin. Yoki aksincha men yo'l qo'ygan xatolarimni ular “yopib” ketadi. SHunday ekan har bir himoyachimiz men uchun barobar degan bo'lardim.

O'TGAN YILI QAYSI DARVOZABONLARNI KUZATIB BORGAN?
Bizningcha har bir futbolchi xususan darvozabonlar boshqa jamoadagi hamkasblarining o'yinlarini ham kuzatib borishga xarakat qiladi. “Mashal”golkiperi o'tgan yili ko'proq kimni kuzatdi?

-Menga ko'proq “Nasaf” darvozaboni Sanjar Quvvatovning o'yinlari yoqadi. Yoshligimda akademiyada yurgan paytlarimda ham aynan Quvvatovni o'yinlarini ko'rib, unga xavas qilganman. Keyinchalik ushbu darvozabon bilan bir necha yil “Mashal”da shug'ullanganmiz. SHu paytda undan ko'p jihatlarini o'zlashtirdim. Xayotda huddi akamdek bo'lib qolgan. Munosabatlarimiz juda yaxshi. Sanjar Quvvatov bilan raqobat? Agarda “Nasaf”dan taklif bo'lsa, o'ylab ko'rgan bo'lardim.    

CHIROQCHIDAN MUBORAKKA KELISH TARIXI
Bugungi suhbatdoshimiz Qashqadaryo viloyatining CHiroqchi tumanida tavallud topgan. Xo'sh, Javohir Muborakka qachon va qay tarzda kelib qolgan. Bu haqda uning o'zidan eshitamiz.

-Menimcha har bir bola yoshligida futbol o'ynab katta bo'ladi. Maktabda o'qib yurgan paytlarimizda uyimizga yaqin joyda katta futbol maydoni bor edi. O'sha erda o'zimdan katta yoshdagilar bilan har kuni kechgacha to'p tepardik. Kattalar meni darvozaga qo'yardi. Ispaniyalik mashxur darvozabon Iker Kasilyasning o'yinlarini juda yoqardi. Aynan uning o'yinlari ham meni darvozabon bo'lishimga turtki bergan. SHuning uchun hech qanday muammolarsiz darvozani qo'riqlay boshlaganman. Asfaltda futbol o'ynab, har kuni oyoqlarim shilinib ketardi.  Keyinchalik futbol bilan jiddiy shug'ullanish maqsadida tumanimizdagi futbol to'garagiga qatnay boshlaganman.  O'sha paytlar CHiroqchi tumanida ikkinchi liga jamoasi bo'lgandi. Uning o'rinbosarlar tarkibida o'ynaganman. Adashmasam 2007 yili “Mashal” yoshlari qishlog'imizga kelishdi. Yakunda uchrashuv 0:0 hisobida tugagan.  Bahsdan so'ng  “Mashal”akademiyasining selekcioner murabbiyi Dilshod Andaev meni o'z ro'yxatiga kiritib qo'ygandi. Keyinchalik ular meni test-imtixonlarga taklif etishgan. Muborakka borib, testlarni ijobiy topshirganman. O'sha paytda CHiroqchi tumanidan men bilan birga yana besh nafar yigit borgan. SHulardan bittagina kamina muvaffaqiyatli o'tgandi. Keyinchalik “Mashal” akademiyasida Sardor Rahmonov, Maradona Safarov, Sardor Abduraimov hamda Xolmurod Xolmurodov kabi tengqurlarim bilan birga shug'ullandim. U erda dastlab buxorolik Bobur ismli murabbiyning qo'li ostida bo'lganmiz. Keyinchalik Pavel Sinelnikov ustozlik qilgan.      


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика