So’nggi yangiliklar

14:47Париж-2024. Ўзбекистон эртага Доминикан Республикасига қарши кўк либосда ўйнайди  15 14:29Эндрик "Реал" 9-рақамда тўп тепмоқчи. Мбаппе 10-рақамни олгач, у ниятига етишига ишонмоқда  1 14:03Пеп "Милан"га имконият бой берилгач: "Ман Сити" бугун яхшироқ ўйнади"  1 13:36Рожерио Микале: "Мисрликларнинг жанговар руҳи Ўзбекистонни мағлуб этишда ҳал қилувчи роль ўйнади"   23 13:14"Барселона" араблардан максимал равишда кўпроқ пул ишлаб олмоқчи  2 12:46"Севилья" "Интер" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 12:19Тадич ҳам Саудия Арабистонига кўчиб ўтадими? Унда "Ал Қодисия"дан таклиф бор  1 11:55Ўзбекистон футзал терма жамоаси Тошкентда йиғин бошламоқда — Даврон Чориев сафга қайтди   2 11:34МЮ ҳимоячиси "Вест Хэм"га ўтишга яқин турибди  3 11:09Доминикан Республикаси ОТЖ сардори Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади  14 10:44Даврон Ҳошимов иккинчи даврани Суперлигада ўтказади  8 10:10«Сурхон» ўтган йилги легионерини ортга қайтарди  5 09:37«Барселона» «отмен»! Нико Уильямс келажаги борасида бир қарорга келди  7 09:05«Бухоро» «Андижон» футболчиси билан шартнома тузди  2 08:32Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси Япония билан жанговар дуранг ўйнади  7

Javohir Ilyosov: "Mashal" chempionatni uchinchi o'rinda tugatishi mumkin" Yangiliklar

Javohir Ilyosov: "Mashal" chempionatni uchinchi o'rinda tugatishi mumkin"

Muborakning "Mashal" klubidan bir qator kuchli posbonlar etishib chiqqani barchaga ayon.

Eldorbek Suyunov, Sanjar Quvvatov kabi darvozabonlar turli terma jamoalarimiz safida maydonga tushishgan. Bugungi kunda "Mashal" darvozasini 1994 yil CHiroqchi tumanida tug'ilgan Javohir Ilyosov qo'riqlab kelmoqda. Posbon o'tgan mavsum 18ta uchrashuvda maydonga tushgandi, bu yil esa Ilyosov jamoasining barcha o'yinida ishtirok etmoqda. Uning ishonchli o'yinlari jamoasining musobaqa jadvalining yuqori qismida borishiga sababchi bo'lmoqda. Biz Javohir bilan suhbat qurishga qaror qildik.

- Bu mavsum jamoaingiz uchun o'tgan yilgidan yaxshiroq o'tayapti desak bu fikrga qo'shilsangiz kerak.

- Albatta. "Mashal" oldingi yilga nisbatan ko'proq g'alabaga erishmoqda va chiroyli o'yinlar ko'proq bo'lmoqda. Jamoamiz hali to'xtab qolmoqchi emas. Mavsum oxiriga qadar ko'proq ochko to'plashimiz lozim. 


- Mavsumda eng og'ir bahs qaysi jamoaga qarshi o'tgan?
- Aslida barcha uchrashuvlar qiyin o'tadi. Har bir bahsda raqiblar bizga qiyinchilik yaratishga urinishadi. Ammo ulardan eng qiyini Bekobodda "Metallurg" bilan o'tdi.

- Klubda maoshlar vaqtida berilmoqdami?

- Moliyaviy holatimiz yaxshi, ko'z tegmasin. Maosh ham mukofot pullari ham vaqtida berilmoqda. Klubimiz homiysi va rahbariyatiga rahmat aytaman. Ularning ishonchini oqlashda davom etamiz deb o'ylayman.

- Jamoada darvozabonlar o'rtasida raqobat qanday?

- "Mashal"da kuchli darvozabonlar yig'ilgan. Tajribali Botir Nosirov haqida ortiqcha gapirishning hojati bo'lmasa kerak. Undan ko'p narsalar o'rganayapman. Yosh Rahimjon Davronov ham o'zini ko'rsatishga urinmoqda. Ular bilan o'rtamizda sog'lom raqobat bor. Barchamiz jamoa manfaatini birinchi o'ringa qo'yamiz.

- Real olib qarasak, "Mashal" ushbu mavsumni qaysi o'rinda tugatishga kuchi etadi deb o'ylaysiz?

- Bu yilgi chempionati ancha qiziqarli o'tmoqda. Peshqadamlar orasidagi farq juda kichik. Biz g'alaba qozonishda davom etsak 3-o'rinni olishimiz mumkin.

- Bu mavsum o'tkazgan eng alamli golingiz qaysi bo'ldi?

- "Qizilqum" bilan Navoiyda o'tgan o'yinda o'tkazgan golim eng alamli bo'ldi. 45-daqiqada mezbonlar hisobni ochishgandi. O'sha o'yinda yakunda mag'lub bo'lgandik.  

- “Mashal” ustozi Aleksandr Xomyakov qanday murabbiy?

- Aleksandr Xomyakov bilan 5 yildan buyon ishlab kelayapman. Yosh futbolchilarga ko'p etibor qaratadi. Yosh futbolchilarni milliy terma jamoa darajasiga olib chiqa oladi. Masalan, Eldor SHomurodov, Otabek SHukurov... Bir so'z bilan tajribali murabbiy.


- U kiyim almashtirish xonasida nimalar deydi?  
- Xomyakov yigitlarni ruhlantira oladigan murabbiy hisoblanadi. Futbolchilarni o'yindan oldin faqat olg'a boshlaydi. Ko'pincha sizlar hech kimdan kam emassizlar deydi.

- Tajribali hujumchi Zohir Qo'ziboev o'z vaqtida oliy ligada ko'plab gollar urgan va O'zbekiston terma jamoasiga ham chaqiruv olgan. Hozir unga nima bo'lmoqda?

- To'g'ri aytdingiz, Zohir aka tajribali futbolchi. Biroq har bir futbolchida ko'tarilish va pasayish davri bo'ladi. Hozirgi holat shunchaki vaqtincha holat deb o'ylayman. Barcha yigitlar Zohir akani qo'llab-quvvatlamoqda.

- "Mashal" ikkinchi davrani ketma-ket mag'lubiyatsiz o'yinlar bilan boshladi. Buning siri nimada?

- Siri yo'q. SHunchaki jamoamizdagi barcha yigitlar juda ahil. Yozgi tayyorgarliklar vaqtida juda ham ko'p ter to'kdik. O'yinlarda murabbiyning ko'rsatmalarini to'liq bajarayapmiz, bu esa natija bermoqda.

- Jamoa safiga yaponiyalik Tomoki Muramatsu kelib qo'shildi. U haqda nima deya olasiz?

- Ayni paytda u jarohatini davolamoqda. SHu bois hozir maydonga tushmayapti. Tomoki tezkor va chaqqon futbolchi ekan. U jamoamizga foyda keltirishiga ishonaman.


- www.championat.asia sayti talqiniga ko'ra oliy ligada avgust oyining eng yaxshi futbolchisi bo'ldingiz...
- Oy futbolchisi bo'lish albatta yoqimli. Bu yangilikni menga Kenja to'raev aytdi. Rosti boshida ishonmadim. Har qanday etirof futbolchilarga yoqadi. SHaxsan menga eng yaxshi bo'lish qo'shimcha kuch bag'ishladi va bir qator bahslarda ishonchli o'ynadim.  

- "Tottenxem" posboni Ugo Lorisga havas qilishingizni bilamiz. Yangi chet ellik posbonlardan kimlarning o'yini yoqmoqda?

- "Everton" darvozaboni Jordan Pikfordning harakatlarini kuzatayapman. U yaqin orada Angliya terma jamoasining ham asosiy posboni bo'lib olishi mumkin.

- Terma jamoamizga Jahon chempionatiga chiqishi uchun nima etishmadi deb o'ylaysiz?

- Futbolchilar harakat qilishdi. Ammo natija bo'lmadi. Barchamiz jamoamizni Rossiyadagi mundialda ko'rishni juda xohlagandik.  

- O'FF terma jamoaga xorijlik murabbiyni olib kelishi kutilmoqda. Sizningcha qaysi murabbiylar bunga munosib?

- To'g'risi aniq bir murabbiyni ayta olmayman. Ammo "Paxtakor" ustozi SHota Arveladze terma jamoada ishlaydi degan xabarlarni eshitdim. Kuchli evropalik murabbiy kelsa terma jamoaga Evropa havosini olib kiradi.


- SHu darajaga chiqqani uchun kimlarga rahmat aytasiz?
- Birinchi navbatdagi ota-onamga rahmat aytaman. Ularning duolari tufayli ham futbolchi bo'lib etishdim. Birinchi murabbiyim Islom akaga, darvozabonlar murabbiyi Kamol Valievga alohida minnatdorchilik bildiraman. Bu kishi “Mashal” akademiyasiga qabul qilinishimda juda katta yordam bergan. “Mashal”da birga ishlagan barcha-barcha murabbiylar, rahbarlar va xodimlarga rahmat deyman. Hozirda men bilan birga ishlayotgan Pavel Sinelnikovga ham rahmat deyman.

Narzulla Saydullaev

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика