So’nggi yangiliklar

02:00КЖЧ. "Интер" ва "Урава Ред Даймондс" ўртасидаги ўйин тақдирини 90+2 дақиқада урилган гол ҳал қилди  20 00:03"Арсенал" бир сабабга кўра "Реал"дан Родригони сотиб ололмаслиги мумкин  2 23:11КЖЧ. "Боруссия Дортмунд" ва "Мамелоди Сандаунз" ўртасидаги ўйинда еттита гол урилди  0 22:43Фоден мураббий бўлишни хоҳлайди  1 22:03Суперлига. "Навбаҳор" Наманганда ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этди ва жадвалдаги очколар фарқини қисқартириб олди  83 21:38"Милан" ёш испан футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 20:48"Барселона" чемпионлик учун қанча мукофот пули тўлаши маълум бўлди  17 20:18Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Мамелоди Сандаунс" - "Боруссия" Д. Асосий таркиблар маълум!  1 19:59Про-лига. "ФарДУ" тезкор гол эвазига "Олимпик"ни мағлуб қилди  0 19:23"Реал"га Родри керак  8 18:54"Манчестер Сити" Гвардиолага ўринбосар топиб қўйди  7 18:24Энцо Мареска: "Ўйин услубини ўзгартирамиз"  2 17:53Ислом Исмоилов: "Чили ва Боливия билан ўйинлар жуда керакли тажриба бўлди"  8 17:50Мавсумдаги энг яхши ўртача томошабинлар рейтинги эълон қилинди, Жанубий Америка етакчи, "Барселона" 35-ўринда  13 17:10"Бавария" "Барселона"дан Нико Уильямсни илиб кетишга тайёрланмоқда  2

Javlon Mirabdullaev: “Metallurg”ga rahmat aytaman. “Bunyodkor”da esa yanada o'sishga erishishni istayman” Yangiliklar

Javlon Mirabdullaev: “Metallurg”ga rahmat aytaman. “Bunyodkor”da esa yanada o'sishga erishishni istayman”

Teglar :  Javlon Mirabdullaev
Avval xabar berganimizdek, “Metallurg” himoyachisi Javlon Mirabdullaev yangi mavsumni “Bunyodkor” tarkibidi boshlaydigan bo'ldi.

O'tgan mavsum bekobodliklar safida oliy ligada 20ta uchrashuv o'tkazgan futbolchi uchun “qaldirg'ochlar” begona emas. Sababi Mirabdullaev ilgari ham ushbu klubning yoshlar jamoasida xarakat qilgandi. Xullas Javlon bilan bog'lanib, yangi jamoasiga ko'chib o'tishi haqida so'radik.

- Javlon "Metallurg" dan ketishingizni qanday izohlaysiz?
- Bilasizmi sobiq jamoamga aylangan “Metallurg” men uchun ko'prik vazifasini o'tab berdi. Negaki bekobodliklar tarkibida o'ynab o'sishga erishdim. Buning uchun ushbu klubdagilardan minnatdorman. Jamoa rivoji uchun ozmi-ko'pmi o'z hissamni qo'shishga xarakat qildim. “Metallurg” bilan nima uchun xayrlashganimga keladigan bo'lsak, joriy yil xalqaro maydonlarda o'ynash ishtiyoqi kuchlilik qildi. Osiyo chempionlar ligasi uchrashuvlarida ishtirok etib, futbolchi sifatida yanada o'sishni istayman.

- Sizga mamlakatimizning bir qator jamoalaridan takliflar bo'lgani haqida eshitdik. Nima uchun aynan “Bunyodkor” variantida to'xtaldingiz?
- Yashirmayman oldimda bir qancha chorlovlar turgandi. “Qaldirg'ochlar”ning taklifi esa men uchun har tomonlama qulay bo'ldi nazarimda. Bu klub rahbariyati bilan o'tkan mavsum yakuniga etishi bilanoq o'zaro kelishuvga erishgandik. Biroq o'shanda bu xabarni rasman Osiyo chempionatidan so'ng elon qilishni lozim topgandik. Jamoa menga begona emas. Klubdagilar bilan doimo munosabatlarimiz iliq bo'lib kelgan. Nasib qilsa endilikda “Bunyodkor”ga yordam berishga bor kuchim bilan xarakat qilaman.

- “Bunyodkor” siz uchun begona klub emas. Aytingchi endi “qaldirg'ochlar”ning asosiy tarkibida o'ynab ketishingizga qanchalik ishonyapsiz?
- Har bir jamoada o'ziga yarasha raqobat bo'ladi. Asosiy tarkibda o'ynash uchun har bir futbolchi astoydil xarakat qilishi lozim. SHundagina o'sish kuzatiladi. Albatta “Bunyodkor”da ham yuqori saviyadagi himoyachilar bor. Men raqobatdan sira cho'chimayman. Asosiy tarkibda o'ynab ketamanmi yo'qmi, buni vaqt ko'rsatadi. Lekin buning uchun xarakat qilishim aniq. Agarda o'z kuchimga ishonmaganimda bu klubga o'tmasdim.

- Sergey Lushan bilan gaplashdizmi? Uning sizga bo'lgan ishonchi qay darajada?
- Yo'q, hozircha Sergey Ivanovich bilan uchrashib, bafurja suhbatlashish imkoni bo'lmadi. Lekin bu mutaxassisni bir necha yillardan buyon bilaman qanday saviyadagi murabbiy ekanligini. Menimcha u kishi ham men haqida malumotga ega. Rosti qay darajada ishonayotgani menga hozircha qorong'u. O'ylaymanki bu borada muammo bo'lmaydi.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика