Javlon Mirabdullaev: “Fikrimcha, derbidagi imkoniyalar 60ga 40”
29 apr 2016 07:25
Yangiliklar
Javlon Mirabdullaev: “Fikrimcha, derbidagi imkoniyalar 60ga 40”
- Bu ikki jamoa to'qnashuvlari doimo etibor markazida turadi. SHu boisdan ham jamoalar futbolchilariga har tomonlama oson bo'lmaydi. O'ylashimcha, “Bunyodkor” ham, “Paxtakor” ham bahsni extiyotkorlik bilan boshlaydi. Umuman butun o'yin davomida ochiq futbol bo'lishini oldindan aytish qiyin. Balki uchrashuv davomida yuz beradigan vaziyatlar ochiq futbol ko'rsatishni talab etar. Buni vaqt ko'rsatadi. Garchi maydonga tusha olmasam-da, “Bunyodkor”ga stadionda turib dalda berishga harakat qilaman. Derbidagi g'alaba jamoamizni chempionlik yo'lidagi ishonchini kuchaytiradi, oldinga shahdam qadamlar bilan intilishimizga ko'mak beradi. O'yinoldi imkoniyatlarni 60ga 40 degan bo'lardim, - deydi Javlon Mirabdullaev.
"Bunyodkor" matbuot xizmati
Fikrlar