So’nggi yangiliklar

01:05Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Ренн"га мағлуб бўлди, "Ланс" ушбу турда биринчи ўринга кўтарилиши мумкин  5 23:54"Пиза" — "Милан". Таркиблар маълум  1 23:40"Халл Сити" — "Челси". Таркиблар маълум  1 23:10"Ювентус" "Манчестер Сити" юлдузини нишонга олди  1 22:43"Манчестер Юнайтед" Харри Магуайр бўйича қарор қабул қилди  2 21:27"Барселона" "Челси”дан тарбияланувчисини қайтармоқчи  9 20:58"Ал Ҳилол" Франция терма жамоаси ҳимоячисига даъвогар  0 20:34БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" ўз уйида "Ал Дафра" билан дуранг ўйнади, Ғаниев ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  0 20:15"Ливерпуль" "Милан" ҳужум чизиғи етакчисига қизиқмоқда  2 19:49Расман: "Металлург" Ғофуров, Шоаҳмедов ва Саиднуруллаевни таркибга қўшиб олди  0 19:25Манба: Тудор — "Тоттенхэм" янги бош мураббийи  9 19:03САфарда "Навбаҳор" – "Актобе" учрашувида. Нани нега майдонга тушмади?   3 18:41Норчаев Италияга жўнаб кетди  7 18:20"Эвертон" Грилишни "Манчестер Сити"дан сотиб олмоқчи  1 17:56Абдурауф Бўриев: "Ўртоқлик учрашувида ҳам майдонга ғалаба учун чиқиш керак"  2

“Borneo” chempionlik uchun kurashadi”. Indoneziyada o'ynayotgan futbolchimiz bilan suhbat Yangiliklar

“Borneo” chempionlik uchun kurashadi”. Indoneziyada o'ynayotgan futbolchimiz bilan suhbat

Xabaringiz bor, tajribali himoyachi Javlon Guseynov faoliyatini Indoneziya Superligasi ishtirokchisi “Borneo” klubi sharafini himoya qilmoqda.

4 sentyabr kuni Indoneziyada yangi mavsum uchrashuvlari start oldi. Unda Guseynov jamoasi “Persebaya” ustidan ishonchli tarzda g'alaba qozondi, - 3:1. Mazkur o'yin va chempionatdagi maqsadlari yuzasidan Javlon bilan suhbatlashdik.

“Mavsumning dastlabki o'yinidagi g'alaba borasida nimalarni ayta olasiz?


- Bir yarim yil kutilgan o'yin bo'lganligi tufayli, boshqacha kayfiyatda maydonga tushdik (kuladi). To'g'risi, pandemiya sababli Indoneziyada futbol to'xtab qolgan edi. O'yin boshida biroz qiyin bo'ldi. Rasmiy o'yinlarda maydonga tushmaganimiz o'z tasirini ko'rsatdi. Tezkor gol urib olganimiz ishimizni biroz bo'lsa-da, engilashtirdi.




- Indoneziya futbolida legionerlarga tayaniladimi yoki mahalliy o'yinchilargami?


- O'yin jihatidan olib qaralsa, legionerlar hisobiga tayaniladi. Klublar yaxshi saviyadagi xorijlik futbolchilarni jalb qilishgan. Mahalliy o'yinchilar tezkorligi ajralib turadi. Faqatgina, tajriba etishmasligi ko'zga tashlanib qolinadi.

- “Borneo”ning bu mavsumdagi rejalari nimalardan iborat?


- O'tgan yillarga qaraganda, tarkibimizni ancha kuchaytirib oldik. Yaxshi saviyadagi o'yinchilarni taklif qildik. Kuchli mutaxassis ishlamoqda. SHulardan kelib chiqib, jamoamiz o'z oldiga chempionlik vazifasini maqsad qilgan. Bu yo'ldagi ilk qadamimizni g'alaba bilan tugata oldik.




- Klub bilan tuzgan shartnomangiz 2022 yilga qadar mo'jallangan. Bu klubda hamma narsa sizni qoniqtirmoqdami?


- Albatta. Bu mavsum men uchun “Borneo”dagi uchinchi yilim hisoblanadi. Prezident hamda bosh murabbiy bilan munosabatlarimiz alo darajada. “Borneo” menga barcha sharoitlarni yaratib bergan. Hamma narsa meni qoniqtirmoqda. Qisqasi, “Borneo”dagi faoliyatimdan ko'nglim to'lmoqda.


Izzatbek suhbatlashdi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика