So’nggi yangiliklar

23:57"Реал" Конатени нишонга олди  1 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  1 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  2 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  5 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  0 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  1 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  6 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  9 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  6 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0

Javlon Esonov: "Mavsum boshida jamoamizga musobaqa g'olibi bo'lish vazifasi qo'yilgan edi" Yangiliklar

Javlon Esonov: "Mavsum boshida jamoamizga musobaqa g'olibi bo'lish vazifasi qo'yilgan edi"

Xabaringiz bor, kecha V PRO-Liga SHarq mintaqasida 27-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Tur doirasidan o'rin olgan "Bunyodkor-2" - "Lokomotiv-BFK" uchrashuvida mezbonlar 2:1 hisobida g'alaba qozondilar. Saytimiz muxbiri mazkur uchrashuvdan so'ng, "Bunyodkor-2" futbolchisi Javlon Esonov bilan intervyu tashkil etdi. Quyida intervyuning to'liq matni bilan tanishishingiz mumkin.

Ushbu uchrashuv qiyin bo'lishini bilardik. Boisi "Lokomotiv-BFK" joriy mavsumda juda kuchli o'yin namoyish etmoqda, buni ularning turnir jadvalida egallab turgan o'rnidan ham bilsa bo'ladi. SHu sababdan bu jamoaga qarshi jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. Murabbiylarimizning bugungi o'yin uchun tanlagan uslublari va ko'rsatmalarini to'g'ri bajargan xolda yakunda g'alaba qozonishni uddaladik. Albatta gol kiritib, jamoamiz g'alabasiga o'z hissamni qo'shganimdan mamnunman.

Afsuski, mavsumni kutilganidek muvaffaqiyatli o'tkaza olmadik. Bunga sabab sifatida ko'rsatgan o'yinlarimizda barqarorlik etishmaganini aytib o'tish mumkin. Mavsum avvalida jamoamizga musobaqa g'olibligini qo'lga kiritish vazifasi qo'yilgan edi. Barchangizga malum, biz ishtirok etayotgan V PRO-Liga SHarq mintaqasida "Turon" jamoasi g'oliblikni tantana qildi, fursatdan foydalangan xolda ularni "Bunyodkor-2" jamoasi nomidan tabriklayman. SHuningdek, jamoamizni butun mavsum davomida o'yinlarga munosib tayyorlab kelgan murabbiylarimiz Murodjon Otajonov, Azizbek Hoshimov, jamoamiz shifokori Rustam Yuusupov va administrator Aziz Taslimovlarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.

Bilasizmi, "Lokomotiv-BFK" ustidan qozonilgan g'alabamizdan so'ng jamoamizda ikkinchi o'rinni qo'lga kiritish uchun imkoniyat yuzaga keldi. Nasib bo'lsa, so'ngi turda astoydil harakat qilib, g'alaba qozonamiz degan umiddaman. Albatta so'ngi turda bizga oson bo'lmasligi aniq, chunki yakuniy uchrashuvni o'sha musobaqa g'olibi "Turon"ga qarshi o'tkazamiz - deydi Javlon Esonov.

Bekzod Tolibov yozib oldi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика