So’nggi yangiliklar

07:00Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  2 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  2 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  4 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  1 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7

Javlon Anorov: “Bugun katta ishtiyoq evaziga g'alaba qozondik” Yangiliklar

Javlon Anorov: “Bugun katta ishtiyoq evaziga g'alaba qozondik”

Teglar :  Javlon AnorovFutzal
Ayni kunlarda Toshkent shahrida futzal bo'yicha Oliy liganing 2-tur bahslari davom etmoqda.

Bugun “Maksam-CHirchiq” klubi 2-tur so'nggi uchrashuvida “Nasaf”ga qarshi maydonga tushdi. Bellashuv 1:0 hisobida chirchiqliklarning g'alabasi bilan yakunlandi. Yagona golni 

“Maksam-CHirchiq” safida Javlon Anorov kiritdi. O'yindan keyin Anorov bilan suhbatlashdik.

“Bugun juda qiyin o'yinni o'tkazdik. “Nasaf” biz kutgandan ham yaxshiroq o'ynadi va qarshilik ko'rsatdi. G'alabaga bo'lgan katta ishtiyoqimiz evaziga muhim bo'lgan g'alabani qo'lga kiritdik. Bugun kam xato qilgan jamoa g'alaba qozonishi mumkin edi. Yakunda biz esa uch ochkoga ega bo'ldik.

Bu yil oldimizda mavsumni kuchli uchlikda yakunlash vazifasi qo'yilgandi. Mavsum oldidan tarkibimizda turli jamoalardan yangi o'yinchilarni taklif qilingan. Ular bilan maydonda til topishib ketish uchun biroz vaqt kerak. Keyingi turga qadar mashg'ulotlarda puhta tayyorgarlik ko'ramiz. Yo'l qo'yilgan xatolar ustidan ishlagan holda, jamoaviy o'yindagi kamchiliklarimizni yaxshilaymiz. Ishonamanki, keyingi o'yinlarda natijalarimiz ijobiy ko'rinish oladi", - dedi Javlon Anorov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика