So’nggi yangiliklar

22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  0 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  0 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   33 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  5 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  0 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  6 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  24 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  15 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2 18:08МЮ ва бошқалар Дуглас Луис учун курашмоқда   0 17:41VAR ишламаган, иккита камерада трансляция қилинган "Динамо" – "Насаф" беллашувидан ГАЛЕРЕЯ  6 17:19Артета янги трансфердан мамнун: "Субименди "Арсенал"га жуда мос келади"  0 16:50"Манчестер Юнайтед" "Палмейрас" ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 16:22Ракитич футболчилик фаолиятини якунлади  3 15:59Сон Хён Мин "Лос-Анжелес"га ўтишдан бош тортди  1

Jasurbek Umrzoqov: "Superliga jamoalarida o'zimni sinab ko'rish vaqti keldi deb o'ylayman" Yangiliklar

Jasurbek Umrzoqov: "Superliga jamoalarida o'zimni sinab ko'rish vaqti keldi deb o'ylayman"

"Andijon" jamoasining qishki o'quv-mashg'ulot yig'inida o'tgan mavsumni "Bunyodkor"da o'tkazgan darvozabon Jasur Umrzoqov ham ishtirok etmoqda.

Futbolchi ushbu mavsumni shu jamoada o'tkazishi kutilmoqda. "Navbahor" bilan kechgan ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng iqtidorli posbonga bir nechta savollar bilan yuzlandik. 

- "Andijon"dan tushgan taklifni qabul qildingiz? Jamoani o'zgartirish fikri qachon tug'ildi?

- Yangi jamoaga o'tish fikri menda anchadan beri bor edi. Superliga jamoalarida o'zimni sinab ko'rish vaqti keldi deb o'ylayman. Bu jamoada yuqori darajada o'yin ko'rsatishga harakat qilaman.  

- "Burgutlar" safiga qo'shilishingizda Otabek G'ulomxo'jaevning ham o'rni bormi?

- Taklif klub rahbarlari va bosh murabbiy Otabek G'ulomxo'jaevdan keldi. Ularning chorlovini javobsiz qoldira olmadim. Otabek aka bilan ishlash har doim maroqli bo'lgan deya olaman. Mashg'ulotlarida proffessionallik yuqori bo'ladi. 

- Sizning yoshingizda zaxirada o'tirish to'g'ri kelmaydi. Bu erda esa o'yin amaliyotiga ega bo'lishingiz uchun juda qulay imkoniyat bor...

- Ha, gapingiz mutlaqo to'g'ri. "Andijon"da ham raqobat kuchli. O'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun o'z ustimda ishlashdan va harakatdan to'xtayotganim yo'q. O'zimni ko'rsatishga va muxlislar etiboriga tushishga intilmoqdaman. 

- Ortda qolgan o'rtoqlik uchrashuvlaridan qanday xulosalar chiqarildi? Deylik dastlabki o'yin "Turon" bilan haqida to'xtalib o'tsangiz...

- "Turon" bilan o'yin mag'lubiyatga uchragan bo'lsakda munosib to'p tepdik. Odatda tanaffusdan so'ng futbolchilarning sport formasiga qaytishi qiyin kechadi. Buning uchun vaqt kerak. 

- "Navbahor"ga qarshi bahsda vodiy derbisini ko'rdik, jamoa tarkibi yosh bo'lishiga qaramasdan futbolchilar oxirgi daqiqaga kurashdi...

- Hozirda jamoamizda yoshlarga etibor kuchaytirilmoqda. Biz to'g'ri yo'ldan ketmoqdamiz deb o'ylayman. Amalga oshirilayotgan ishlar o'z samarasini berishiga aminman. Yangi mavsumda yangi maqsadlar bilan muxlislarning ishonchini qozonamiz va oldimizdagi vazifani bajaramiz. 

- Ko'p futbolchilar kuchliroq klublarga yo'l olish uchun o'zlari uchun tramplin bo'ladigan jamoalarga o'tishadi. "Andijon" ham siz uchun tramplin vazifasini bajaradimi?

- Menimcha boshqa jamoalar haqida gapirishga hali erta. Men hozirda "Andijon" futbolchisiman. Nasib qilsa birinchi galda yorqin o'yinlarimni ko'rsatishga bor kuchimni beraman. Abdulaziz Iskandarov yozib oldi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика