Jasur Xolto'raev: “Metallurg”dagi faoliyatim yomon kechgani yo'q”
17 dek 2022 10:00
Yangiliklar
Jasur Xolto'raev: “Metallurg”dagi faoliyatim yomon kechgani yo'q”
Mavsumni “Metallurg”da o'tkazgan hujumchi Jasur Xolto'raev ham erkin agentga aylandi.
Futbolchi “Metallurg”ni tark etgan. SHundan keyin u bilan bog'lanib, o'zimizni qiziqtirgan savollarga javob oldik.
“Mavsum yaxshi o'tdi. Aytaylik, chempionatni 7-o'rinda tugatishimiz ham mumkin edi. Lekin oxirgi bahslarimizda omadimiz kelmadi. Natijada, ko'zlangan o'ringa chiqa olmadik.
CHempionatga “Surxon” bilan boshlagandim. Lekin transfer yopilishiga uch kun qolganida “Metallurg”dan taklif tushdi va uni qabul qilgandim. O'ylaymanki, bu klubda o'tkazgan mavsumim yomon kechgani yo'q.
Hozirda erkin agentman. Taklif bor. Ularni ko'rib chiqib, keyin bir qarorga kelaman.
“Surxon”dan taklif? Hozircha bu jamoadan menga taklif bo'lgani yo'q”, - deya so'zini yakunladi Xolto'raev.
Fikrlar