Jasur Jaloliddinov: "Qurbon Berdievning fikriga qo'shilaman"
18 mar 2022 15:21
Yangiliklar
Jasur Jaloliddinov: "Qurbon Berdievning fikriga qo'shilaman"
"Yomon o'ynamadim deb o'ylayman. Ammo, eng asosiysi - natija, bundan hafsalamiz pir bo'ldi. Barchasi amalga oshishi uchun ko'proq ishlaymiz.
Qurbon Berdiev meni imkoniyatlarining 50 foizidan kamrog'ini ko'rsatdi dedi? Ha, qo'shilaman, ko'prog'ini qila olishimga aminman. Ammo, bu moslashish davri, ikki oy - bu kam. Murabbiyning o'z talablari bor, shu sabab ko'nikish kerak, buyog'iga yaxshiroq bo'lishi kerak", - dedi Jaloliddinov klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
Hamyurtimiz o'z instagram sahifasida ham klubidagi debyuti haqida yozib qoldirdi:
"Qayrat"dagi debyutimda biz xohlagan natijani ko'rmadik. Ammo, biz bitta jamoamiz va oxirigacha kurashamiz", - deb yozdi futbolchi.
"Qayrat" o'tkazilgan uch o'yindan so'ng 7 ochko bilan Qozog'iston chempionati turnir jadvalini boshqarmoqda.
Fikrlar