Jasur Hasanov: "Obod"dan mana shunday qarshilik kutgandik, keyingi turda "Paxtakor"ni yutmoqchimiz"
13 mar 2016 07:22
Yangiliklar
Jasur Hasanov: "Obod"dan mana shunday qarshilik kutgandik, keyingi turda "Paxtakor"ni yutmoqchimiz"
"Buxoro" futbolchisi Jasur Hasanov "Obod"ga qarshi bo'lib o'tgan o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"O'yin yaxshi bo'ldi. "Obod"da ham golli vaziyatlar bo'ldi. Bizda ham. Biroq, bu safar o'yinimiz biroz o'xshamadi. Afsuski, vaziyatlardan foydalana olmadik.
Jamoamiz bugun ikki ochko yo'qotdi. Debyutant jamoadan mana shunday qarshilik kutgandik. Jamoa yosh, shijoatli. Buni bilgandik.
Kubok o'yini "Paxtakor"ga qarshi bo'ladigan o'yinga tayyorgarlik vazifasini bajaradi. Nasib qilsa, o'z maydonimizda "Paxtakor"ni mag'lub etmoqchimiz", - deydi Jasur Hasanov.
Eslatib o'tamiz, "Buxoro" 20 mart kuni O'zbekiston Kubogi 1/16 final bahsida "Yozyovon Lochinlari" - "Norin" jamoalari o'yini g'olibiga qarshi maydonga tushadi.
Aziz To'xtamurodov
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar