Jasur Hasanov: "Asosiy vazifa Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritish"
09 avg 2020 21:50
Yangiliklar
Jasur Hasanov: "Asosiy vazifa Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritish"
O'zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda o'tkazilgan yig'inning so'ngi kunida "Sug'diyona" qarshi o'rtoqlik uchrashuvida ishtirok etdi.
Ushbu uchrashuvdan so'ng uzoq vaqtdan keyin terma jamoadan yana chorlov olgan tajribali futbolchi Jasur Hasanov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Nima ham deyishim mumkin? Bir hafta davomida terma jamoa bilan yig'in o'tkazdik. Mashg'ulotlarda barcha astoydil mehnat qildi. O'zbekiston milliy terma jamoasini oldida Jahon chempionatiga chiqish vazifasi turibdi. Buni uddasidan chiqamiz degan umiddaman. Ushbu yig'inga chaqirilgan barcha futbolchilar zo'r harakat qilishdi. Keyingi yig'inga kim keladi yoki kelmaydi, buni vaqt ko'rsatadi",- deydi Hasanov.
Jahongir Fayzullaev yozib oldi.
Fikrlar