So’nggi yangiliklar

08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  2 08:15Луиджи Ди Бияджо: "Рақиб ғалабага лойиқ ўйин намойиш қилди"  0 07:56"Насаф" бразилиялик ярим ҳимоячига таклиф билан чиқди  6 07:28Расман. "Бунёдкор"ни яна бир асосий таркиб футболчиси тарк этди  2 01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  2 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  6 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  2 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  2 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  1 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  26 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  4

Jasur Hasanov: 3-tur uchrashuvida bo'lgan xunuk holat uchun uzr so'rayman Yangiliklar

Jasur Hasanov: 3-tur uchrashuvida bo'lgan xunuk holat uchun uzr so'rayman

Teglar :  Jasur HasanovAGMK
2019 yilgi O'zbekiston chempionati Superligasi 3-turi doirasidagi AGMK – “Qo'qon-1912” uchrashuvining 84-daqiqasida futbolchi Jasur Hasanov bilan to'g'ridan-to'g'ri efirda yuz bergan holat yuzasidan jamoa qarorgohida yig'ilish o'tkazildi.

Yig'ilishni AGMK futbol klubi bosh direktori Muhtor Qurbonov kirish so'zi bilan ochib berdi va navbatdan tashqari yig'ilish chaqirilishiga turtki bo'lgan voqelik yuzasidan avvalo o'z fikrlarini bildirib o'tdi. Unga ko'ra, futbol klubida faoliyat yuritayotgan har bir shaxs har qanday holatda ham sport etikasiga doimo amal qilishi zarur ekanini alohida takidlab o'tildi.

SHundan so'ng, Superliga 3-turi doirasidagi AGMK – “Qo'qon-1912” uchrashuvining 84-daqiqasida to'g'ridan-to'g'ri efir paytida Jasur Hasanov bilan bog'liq yuz bergan xunuk manzarani izohlab berishi uchun futbolchiga so'z berildi. – O'zbekiston chempionatidagi 18 yildan oshiqroq faoliyatim mobaynida futbol jamoatchiligi, ayniqsa, muxlislarga bo'lgan hurmatim doimo yuqori bo'lib kelgan. Turli yoshdagi terma jamoalar, to'p tepgan har bir klubimdagi faoliyatlarim mobaynida o'z hatti-harakatlarim bilan muxlislarga xursandchilik ulashishni o'zimning ustivor vazifam qilib kelganman va bundan keyin ham shunday bo'lib qoladi. 3-tur uchrashuvimiz doirasida murabbiylar tomonidan zaxiraga olinganimdan so'ng bo'lgan xunuk voqelikda o'zimni oqlamoqchi emasman. Aksincha, futbol jamoatchiligidan, O'FA va PFL rahbariyati, raqib jamoa vakillari, muxlislardan uzr so'ramoqchiman. Bunday holatni nafaqat o'zimda, balki faoliyat olib borayotgan jamoada ham boshqa takrorlanmasligiga nafaqat so'z beraman, balki bunga amaliy ko'makchi bo'lib ham hizmat qilishga tayyorman. Fursatdan foydalanib, futbolchilikdagi hozirgi fahriy yoshimda yosh avlod vakillariga namuna bo'luvchi, ularni tajribalarini oshishiga hizmat qiluvchi, ham hulqiy, ham sportchi sifatida to'g'ri yo'lni ko'rsatish va kelajakda ulardan yaxshi futbolchilar etishib chiqishida qo'limdan kelganicha yaxshi amallarni qilishga tayyor ekanligimni bildirmoqchiman, - deb qattiq pushaymon bo'lgan Jasur Hasanov o'z so'zini yakunladi.


Bosh murabbiy Mirjalol Qosimov ham ushbu holat yuzasidan o'z fikrlarini bildirar ekan, quyidagilarni gapirib o'tdi: - Sizlar el og'zidagi, xalq ko'z o'ngidagi yigitlarsizlar. Nafaqat maydonda yoki uning atrofida, balki shaxsiy hayotda ham boshqalarga namuna bo'luvchi, jamiyatdagi har bir inson kayfiyatiga tasir o'tkazishi mumkin bo'lgan sohada mehnat qilyapsizlar. Futbol orqali oilalarga xursandchilik ulashib, boshqa sohalarning ish unumini keskin oshishiga hizmat qilishingiz ham mumkin. SHunday ekan, chiroyli o'yin, namunaviy hulq va sportchilarga xos bo'lgan kun tartibi bilan boshqalarga o'rnak bo'ladigan amallar qilishni ko'paytiring.

Yig'ilish yakunida AGMK PFK futbolchisi Jasur Hasanov oylik ish haqqining 50 foizi miqdorida moddiy jarimaga tortilishi hamda uning oylik maoshidan ushlab qolingan pul miqdoriga sport anjomlari, futbol to'plari va shu kabilar xarid qilinib, aholi orasida sportning, xususan futbolning ommaviyligini oshirish maqsadida Olmaliq shahridagi mahallalar bolalariga tarqatilishiga qaror qabul qilindi.

SHu bilan birga, bu kabi holatlar yana takrorlanadigan bo'lsa, har qanday futbolchi bundanda og'irroq jazoga tortilishi aytildi.

Reyting: -12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика