So’nggi yangiliklar

17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  0 16:40"Милан" 2024/25 йилги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  1 16:15"Арсенал" "Реал Сосьедад"дан Меринони харид қилмоқчи  1 15:49Саудияликлар Рафинья учун 65 млн евро таклиф қилишди. "Барса" Уильямс ва Ольмо билан шартнома имзолаш учун ўйинчиларни сотишга тайёр  1 15:17Де Хеа "Женоа"га ўтмайди – унинг талаблари клуб учун жуда юқори. Дарвозабонда МЛС ва Саудия Арабистонидан вариантлар бор  1 14:49Артём Довбик "Рома"нинг таклифини қабул қилди ва клубга ўтишга яқин  1 14:21Ольмо "Барселона"дан ташқари барча клубларнинг таклифини рад этди  2 13:58Ихеаначо Ла Лига клубига ўтишга яқин  1 13:31Ашурматов: "Олимпиада олдидан Ўзбекистон терма жамоасининг плей-оффга чиқишига катта умид боғланганди"  7 13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  0 12:38Филлипс "Манчестер Сити"ни тарк этмоқчи  1 12:17ПСЖ ва АПЛ клублари Уильямснинг Испанияда қолишни афзал кўришини ҳис қилишмоқда. "Барселона" – фаворит  0 11:48Лондон клуби Ван-Биссака борасида МЮ билан музокаралар ўтказмоқда  1 11:25Шерзод Қодиров "Динамо"дан кетди?!  0 11:04«Бухоро» «Локомотив» футболчиси билан шартнома тузди  4

Jasur Hakimov: “Paxtakor”ga qaytishimni kutgandim” Yangiliklar

Jasur Hakimov: “Paxtakor”ga qaytishimni kutgandim”

Aslida “Paxtakor”ga tegishli bo'lgan Jasur Hakimov o'tgan mavsumni “So'g'diyona”da o'tkazdi. Bu yilgi esa Bekobodning “Metallurg” klubida boshladi va yarim mavsum davomida shu jamoa sharafini himoya qildi.
Biroq davralar oralig'ida Igor Sergeev “Beyjing Goan” klubiga ijaraga berilgach “sherlar” Jasur Hakimovni ortga qaytarishdi. Hujumchi ikkinchi davraga tayyorgarlikni to'lig'icha Toshkent klubi safida o'tkazdi. Biz Hakimovning fikrlari bilan qiziqdik.

- “Metallurg”da o'tgan yarim mavsum haqida nima deya olasiz?

- “Metallurg” bir necha yillardan buyon oliy ligada bir maromda ishtirok etib kelayotgan kam sonli klublardan  biri hisoblanadi. Jamoa har tomonlama yaxshi shakllangan, istalgan raqib bilan bemalol o'ynay oladi. Eng asosiysi “Metallurg”da ahillik juda yuqori darajada ekan. Barcha yigitlar bir-birlarini qattiq hurmat qilishadi. Tajribali futbolchilar yoshlarga bilmaganlarini o'rgatishadi, kerak bo'lsa tanbeh berishadi. SHu bois maydonda yoshlar va tajribali futbolchilar birgalikda raqiblarga haqiqiy bosh og'riq bo'la olishdi.

Bundan tashqari bekobodlik muxlislar ham jamoga chin dildan ishqibozlik qilishadi. “Metallurg”ning bu natijasida muxlislarni ham o'rni juda katta. Agar jamoa shunday o'ynashda davom etsa ikkinchi davrada sovrinli o'rinlarga bemalol davogar bo'lishi mumkin. Bu borada ularga omad tilab qolaman.

- O'tgan yil “So'g'diyona”da asosiy hujumchi edingiz, “Metallurg”da esa murabbiylar kamroq imkon berishdi. Bu nima bilan bog'liq deb o'ylaysiz?

- To'g'ri aytdingiz. “Metallurg”da “So'g'diyona”ga nisbatan kamroq asosiy tarkibda tushdim. Lekin bu murabbiylar bilan munosabatlarimiz yomon edi degani emas. Ular bilan hech qanday tushunmovchilik bo'lgani yo'q. Kam maydonga tushishimga o'zim aybdorman deya olaman. Qaerdadir xato qilganman, shuning uchun murabbiylar kamroq maydonga tushirishdi. Yana qaytarib aytaman buning uchun murabbiylarga hech qanday etirozim yo'q. Ulardan ko'p narsa o'rgandim.

- Davralar oralig'ida “Paxtakor”ga qaytish siz uchun kutilmagan holat bo'ldimi?

- Rostini aytsam bu holat men uchun kutilmagan bo'lmadi. Sababi chempionat boshlanishidan oldin “Metallurg”ga ijaraga berishganidayoq murabbiylar birinchi davradan so'ng ortga qaytishimni aytishgandi.  SHu bois ham chaqiruv men uchun kutilmagan holatda sodir bo'lgani yo'q.



- “Paxtakor” sizni qanday kutib olishdi?

- “Paxtakor”da yaxshi kutib olishdi. Barchasi oldingidek, o'sha-o'sha. Hamma narsa menga tanish, yaqin bo'lgan insonlar juda ko'p. SHuning uchun bu erda man o'zimni uyimdegidek his qilayapman. Nasib qilsa ikkinchi davrada jamoamga foyda keltirishga harakat qilaman. “Paxtakor” O'zbekistonning eng sovrindor klubi hisoblanadi. Jamoa deyarli har mavsumda Osiyo chempionlar ligasida o'ynaydi. O'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etib kelganman. Endi klublar doirasida ham xalqaro musobaqalarda qatnashishni istayman. Buning uchun “sherlar” bilan g'alabalarni qo'lga kiritishim kerak.

- Ikkinchi davraga tayyorgarlik qanday o'tdi?

- Tayyorgarlik yaxshi o'tdi deya olaman. Klubning Qibraydagi bazasida ikkinchi davraga hozirlik ko'rdik. Bu erda futbolchilar uchun barcha sharoitlar yaratib qo'yilgan. Futbolchilar va murabbiylar mavsumning ikkinchi qismiga munosib tayyorgarlik ko'rishdi. Barcha yigitlar ikkinchi davraga tayyor holatda kelishdi. Nazorat uchrashuvlarida “SHo'rtan”, “Neftchi” va “Olmaliq” kabi klublar bilan o'ynadik.

- Hujumda qaysi futbolchilar bilan raqobat qilasiz?

- Jamoada men bilan birga Akobir To'raev va Andrey Sidorov kabi hujumchilar bor.

- Ular sizga nisbatan yoshroq. SHu jihatdan olib qarasak “Paxtakor” jamoasining asosiy hujumchisi bo'lishga yaqinsiz. Bunga tayyormisiz?

- Ha, albatta tayyorman. Eng katta orzuim “Paxtakor”dek jamoada o'ynash. Agar murabbiylar menga ishonch bildirishsa, ularning ishonchlarini oqlashga harakat qilaman. Lekin ochig'ini aytaman To'raev va Sidorov bilan raqobatda yutib chiqish oson bo'lmaydi. Agar mehnat qilmay qo'sam murabbiylar meni zaxiraga o'tkazib qo'yishlari turgan gap. SHu bois mashg'ulotlarda ham, o'yinlar vaqtida ham 100 foizdan ko'proq kuch sarflashim lozim bo'ladi.

- “Paxtakor” birinchi davrada ko'p ochkolarni yo'qotib bo'ldi. Jamoa oldiga ikkinchi davrada qanday maqsad qo'yildi?

- “Paxtakor” har doim o'z oldiga faqat oliy maqsadlarni qo'yadi. To'g'ri birinchi davrada ko'p ochkolar boy berildi, lekin ishoning “Paxtakor”ning maqsadi hozir ham chempionlik hisoblanadi. Ikkinchi davradagi barcha o'yinlarda g'olib chiqishni istaymiz. Nasib qilsa bu mavsumda kamida sovrinli o'rinlarni egallaymiz va keyingi yil Osiyo chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritamiz. Buning uchun butun jamoa bir musht bo'lib harakat qilishga tayyor.

- Ikkinchi davra uchun Jasur Hakimovning shaxsiy maqsadi qanday?

- Maqsad avvalo - jamoaviy muvaffaqiyat. Futbol jamoaviy o'yin, shu bois jamoa g'alaba qozonishi uchun bor kuchim bilan harakat qilaman. Mana shu maqsad yo'lida men ham “Paxtakor”ga o'z gollarim bilan yordam bermoqchiman. Men hujumchiman, hujumchining vazifasi esa gol urish. SHunday ekan, jamoa muxlislarini quvontirish uchun ko'plab gollar urmoqchiman. Eng asosiysi gol urgan o'yinlarda “Paxtakor” g'olib bo'laversin.

- “Paxtakor” muxlislari haqida gap ochdingiz. Klub muxlislari juda talabchan. Tanqidlar bo'lsa ularga tayyormisiz?

- Tanqid mengacha ham bo'lgan, mendan keyin ham bo'ladi. Tanqid bor joyda o'sish bo'ladi. Xudo xohlasa o'z o'yinim orqali tanqid qilishlariga yo'l qo'ymaslikka harakat qilaman.


Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика