Jasur Azimov: "Murabbiylarimiz bergan ko'rsatmalarni aniq bajarganimiz tufayli g'alabaga erishdik"
02 avg 2021 22:25
Yangiliklar
Jasur Azimov: "Murabbiylarimiz bergan ko'rsatmalarni aniq bajarganimiz tufayli g'alabaga erishdik"
O'zbekiston Coca Cola Superligasi 13-turdan o'rin olgan "Metallurg" – "Qizilqum" (1:2) uchrashuvidan so'ng mexmonlar yarim ximoyachisi Jasur Azimov o'yin haqida fikr bildirdi.
"Metallurg" klubi o'z maydonida har qanday raqib bilan hujumkor o'yin ko'rsatishini oldindan bilardik. Davralar oralig'ida shunga yarasha etarlicha tayyorgarlik olib bordik. Murabbiylarimiz bergan ko'rsatmalarni aniq bajarganimiz hamda bashdagi birinchi golni biz urganimiz tufayli qiyin bo'lsa-da, g'alabaga erisha oldik.
Tanaffusdan keyingi startni g'alaba bilan boshlashni niyat qilgandik, bunga erishganimizdan xursandman. "Metallurg" jamoasiga keyingi uchrashuvlarda omad tilab qolaman", – dedi Jasur Azimov.
Furqat Po'latov yozib oldi.
Fikrlar