
Kecha “Paxtakor” futbol klubida rahbariyat a'zolari, murabbiylar shtabi va futbolchilar o'rtasida yig'ilish bo'lib o'tdi. “Paxtakor” klubi vice-prezidenti Bobur Shodiev boshqargan yig'ilishda klubning hozirgi axvoli va kelajakdagi rejalar muhokama qilindi. Klub bosh direktori Umid Axmatdjonov bundan keyin ham murabbiylar shtabi vakillari va futbolchilar bilan bunday muloqotlar davom etishini ta'kidlab o'tdi. Tadbirda Jasur Abduraimov “Paxtakor” klubi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi sifatida tanishtirildi. Bugundan boshlab Jasur Abduraimov rasmiy ravishda “Paxtakor” futbol klubi bosh murabbiyi vazifasini bajarishga kirishdi.