Jasur Abduraimov vaqtincha "Paxtakor" bosh murabbiyi vazifasini bajaradi

Aslanov Jasurbek
28 apr 2017, 10:40
“Paxtakor” futbol klubi yangi rahbariyati futbolchilar bilan uchrashuv o'tkazdi.

Kecha “Paxtakor” futbol klubida rahbariyat a'zolari, murabbiylar shtabi va futbolchilar o'rtasida yig'ilish bo'lib o'tdi. “Paxtakor” klubi vice-prezidenti Bobur Shodiev boshqargan yig'ilishda klubning hozirgi axvoli va kelajakdagi rejalar muhokama qilindi. Klub bosh direktori Umid Axmatdjonov bundan keyin ham murabbiylar shtabi vakillari va futbolchilar bilan bunday muloqotlar davom etishini ta'kidlab o'tdi. Tadbirda Jasur Abduraimov “Paxtakor” klubi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi sifatida tanishtirildi. Bugundan boshlab Jasur Abduraimov rasmiy ravishda “Paxtakor”  futbol klubi bosh murabbiyi vazifasini bajarishga kirishdi. 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: pakhtakor.uz