So’nggi yangiliklar

00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  19 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  2 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  5 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  78 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  10 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  19 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  3 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  5

Jasur Abduraimov: "Urg'uni 1997 yilda tug'ilganlarga qaratamiz" Yangiliklar

Jasur Abduraimov: "Urg'uni 1997 yilda tug'ilganlarga qaratamiz"

O'zbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Jasur Abduraimov "Qizilqum" bilan o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

"22 fevral kuni yig'inni boshladik. O'sha kuniyoq Qozog'iston klubi bilan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdik. Kecha mashg'ulot o'tkazdik va bugun "Qizilqum" bilan o'ynadik.

Bir qator yangi futbolchilarni sinovdan o'tkazib oldik. Qisqa vaqt yig'in o'tkazgan bo'lsak ham ancha foydali bo'ldi deya olaman. Asosiy maqsadimiz bu jamoani 70 foiz 1997 yilda tug'ilgan futbolchilardan tuzish. Qolgan 30 foizini 1995 va 1996 yilda tavallud topgan futbolchilar tashkil etadi. Sababi 1997 yilda tug'ilgan yigitlar 2020 yilgi Olimpiada o'yinlari saralashida ishtirok etishadi.



Keyingi yig'inni mart oyida xorijda o'tkazsak kerak. Hozircha rejamizda Qatarga borish bor. Biroq Osiyo chempionati saralash bosqichiga qura tashlash marosimi 17 mart kuni bo'lib o'tadi. Agar qurada Qatarga tushib qolsak bu Qatarga bormasligimiz mumkin. SHu bois hozir aniq javob bera olmayman. Barchasi qura tashlash marosimidan so'ng aniqlanadi", - deydi Jasur Abduraimov.

Malumot uchun, 2018 yilgi Osiyo chempionati saralash bosqichi shu yilning 15–23 iyul kunlari bo'lib o'tadi. Musobaqaning final bosqichi esa 2018 yilning 9–27 yanvar kunlari Xitoyda o'tkaziladi.

Narzulla Saydullaev yozib oldi


Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика