So’nggi yangiliklar

02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  1 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  1 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  4 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  4 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  15

Jasur Abduraimov: "Legionerlarimizning hammasi ketdi" Yangiliklar

Jasur Abduraimov: "Legionerlarimizning hammasi ketdi"

Bugun bo'lib o'tgan "Metallurg" - "Nasaf" (2:1) bahsidan so'ng matbuot anjumani tashkil etildi.

Matbuot anjumanida ishtirok etgan "Metallurg" bosh murabbiyi Jasur Abduraimov savollarga javob qaytardi. 

- Avvalo shuni aytishim kerak, "Nasaf" juda yaxshi jamoa va shunday jamoani mag'lub etganimizdan xursandmiz. Biz qanday natija qilmaylik, hamma o'yinda futbolchilar harakat qilyapti, eng muhimi hujumkor o'yin ko'rsatyapmiz. To'g'ri, bugun omad ko'proq biz tomonda bo'ldi. Lekin shuni unutmaylik, omad ham mehnat qilgan jamoaga kulib boqadi", - deya fikr bildirdi bekobodliklar ustozi. 

- Jamoangiz ikkita kuchli raqib bilan o'ynadi: AGMK va "Nasaf". Keyingi raqib ham kuchli jamoa bo'ladi: "Navbahor". Bunday jamoalarga qarshi tayyorlash qiyin bo'lmayaptimi?

- Men har o'yindan oldin futbolchilarga yutish kerakligini aytaman. Bu o'rinda biz uchun raqibning farqi yo'q, faqat g'alabani ko'zlab maydonga chiqamiz. 

- Ikkinchi bo'lim boshida Stanislav Andreev almashtirilishi nima bilan bog'liq? 

- Jarohati borligi uchun futbolchining o'zi so'radi. Futbolchilarimga bugungi o'yin va g'alaba uchun rahmat aytaman. 

- Evgeniy CHumak qaydnomada ham ko'rinmadi. 

- Uch nafar legionerimiz klubni tark etdi, shu jumladan CHumak ham. 

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика