So’nggi yangiliklar

08:44"Манчестер Сити"да Гвардиоланинг илтимосига кўра 6 нафар футболчини тарк этиши мумкин  0 08:10"Пахтакор" яна бир футболчи билан келишувга эришди  3 07:38Эрон ОАВ. "Тракторсози" Ҳамробековнинг трансферига қанча тўлашини маълум қилди  2 00:46"Истиқлол" ўртоқлик ўйинида "Ал Ҳуссайн"га ютқазди. Ашурматов ва Машарипов майдонга тушишди  1 00:45"Атлетико" Бразилия клубидан 20 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  0 00:30"Андижон" клуби "Пахтакор"нинг уч нафар футболчисини ўз сафига қўшиб олганини эълон қилди  6 00:212026 йилги Жаҳон чемпионати чипталари қачон сотувга чиқиши маълум  0 23:55"Ньюкасл" Исак учун жуда катта сумма истамоқда. "Ливерпул"нинг “боши қотган”  2 23:35"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Гвардиоланинг мураббийлар штабига қўшилди  4 23:05Расман: Карлуш Кейруш ЖЧ-2026 саралашининг сўнгги босқичида иштирок этувчи Осиё жамоасини бошқаради  10 22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  3 22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчини "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0

Jasur Abduraimov: "Legioner bunday o'ynamasligi kerak" Yangiliklar

Jasur Abduraimov: "Legioner bunday o'ynamasligi kerak"

O'zbekiston Coca-Cola kubogi musobaqasining guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Yangier" (2:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Jasur Abduraimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Biz ko'proq ishlashimiz va o'yin amaliyotini ko'paytirishimiz zarur. "Yangier" yaxshi jamoa ekan, bugun ular yaxshi o'yin namoyish etishdi. Ular oldingi turda "Qo'qon-1912" jamoasini mag'lub etishgandi. 

Biz o'yinimizni kuchaytirish uchun harakat qilayapmiz, xursand qiladigan tomoni yigitlar oxirigacha kurashishayapti. Sifat ozgina etishmayapti, lekin harakat qilishda davom etayapmiz. Hamma narsaga ham vaqt talab etiladi. 

- Evgeniy CHumak nega birinchi bo'limda almashtirildi?

- Legioner bir bosh ustun bo'lishi kerak. 50/50 ga xolatda biz uni almashtirdik. Yoshlarga ko'proq imkoniyat berishga harakat qilaman. Legioner shunday o'yin namoyish etmasligi kerak.

- Keyingi turda "Qo'qon-1912"ni o'z maydonlaringda qabul qilasizlar. SHu o'yin haqida fikringiz?

- "Qo'qon-1912" jamoasining o'yini manga yoqadi. Yaxshi jamoa, har bir chiziqda yaxshi futbolchilar jam bo'lgan. Zo'r o'yin bo'ladi. 

- Ikkita majburiy o'zgarish futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi bilan bog'liqmi?

- Yo'q, bu jismoniy tayyorgarlik bilan bog'liq emas. Ivan Nagaev jarohat oldi, uni almashtirdik. Futbol shunaqa o'yin, jarohat yoki qandaydir vaziyatlarga tayyor turishimiz kerak. 

- Ko'p yillar davomida "Paxtakor"da faoliyat olib borgansiz. Jamoaga OCHLdagi g'alabaga nima etishmayapti deb o'ylaysiz?

- "Paxtakor"da 16 yil ishlaganman. Bu jamoa yuragimda qolgan va shu bois bu borada biron fikr bildira olmayman.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика