Jasur Abduraimov: "Legioner bunday o'ynamasligi kerak"

Aslanov Jasurbek
26 apr 2021, 11:36
O'zbekiston Coca-Cola kubogi musobaqasining guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Yangier" (2:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Jasur Abduraimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Biz ko'proq ishlashimiz va o'yin amaliyotini ko'paytirishimiz zarur. "Yangier" yaxshi jamoa ekan, bugun ular yaxshi o'yin namoyish etishdi. Ular oldingi turda "Qo'qon-1912" jamoasini mag'lub etishgandi. 

Biz o'yinimizni kuchaytirish uchun harakat qilayapmiz, xursand qiladigan tomoni yigitlar oxirigacha kurashishayapti. Sifat ozgina yetishmayapti, lekin harakat qilishda davom etayapmiz. Hamma narsaga ham vaqt talab etiladi. 

- Evgeniy Chumak nega birinchi bo'limda almashtirildi?

- Legioner bir bosh ustun bo'lishi kerak. 50/50 ga xolatda biz uni almashtirdik. Yoshlarga ko'proq imkoniyat berishga harakat qilaman. Legioner shunday o'yin namoyish etmasligi kerak.

- Keyingi turda "Qo'qon-1912"ni o'z maydonlaringda qabul qilasizlar. Shu o'yin haqida fikringiz?

- "Qo'qon-1912" jamoasining o'yini manga yoqadi. Yaxshi jamoa, har bir chiziqda yaxshi futbolchilar jam bo'lgan. Zo'r o'yin bo'ladi. 

- Ikkita majburiy o'zgarish futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi bilan bog'liqmi?

- Yo'q, bu jismoniy tayyorgarlik bilan bog'liq emas. Ivan Nagaev jarohat oldi, uni almashtirdik. Futbol shunaqa o'yin, jarohat yoki qandaydir vaziyatlarga tayyor turishimiz kerak. 

- Ko'p yillar davomida "Paxtakor"da faoliyat olib borgansiz. Jamoaga OCHLdagi g'alabaga nima yetishmayapti deb o'ylaysiz?

- "Paxtakor"da 16 yil ishlaganman. Bu jamoa yuragimda qolgan va shu bois bu borada biron fikr bildira olmayman.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia