So’nggi yangiliklar

00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  1 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  2 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  2 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  2 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  3 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  0 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3

Jasur Abduraimov: "Arveladzening jamoaga kelishi mish-mish emas" Yangiliklar

Jasur Abduraimov: "Arveladzening jamoaga kelishi mish-mish emas"

Oliy liganing 14-turi markaziy uchrashuvi "Paxtakor" - "Nasaf" (2:1) o'yinidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida "sherlar" ustozi Jasur Abduraimov qatnashdi.


- O'yin jihatdan "Nasaf"ga maqtovli so'zlarni aytishim mumkin. Ular zamonaviy futbol namoyish etishadi. "Nasaf" murabbiylar shtabini alohida ajratib ko'rsatishim mumkin. Ular tanlagan o'yin uslubi chiroyli. Biz bugun xarakter ko'rsatdik va muhim g'alabaga erishdik. Futbolchilar bugun maydonda borlarini berib harakat qilishdi.

- Terma jamoadagi o'yini tufayli Sergeev, Lobanov, Andreev singari futbolchilarga tanqid ancha kuchaygan. Ushbu bosim ularni charchatib qo'ymayaptimi?

- Bu haqida o'ylayversa, odam aqldan ozishi mumkin. SHuni aytishim mumkinki, ular ayni paytda bizning jamoada eng yaxshilar sanalishadi. Bizda boshqa tanlov ham yo'q.

- Behruz Sadillaevning debyuti haqida qanday fikrdasiz?

- Futbolda psixologiya juda muhim. Bugun Sadillaev o'yinga juda yaxshi kirishib ketdi. Qiyin pallada maydonga tushishiga qaramasdan maydonda yo'qolib qolmadi. Behruz Sadillaev haqida juda iliq fikrdaman.

- SHota Arveladzening jamoa ruliga kelishi haqida mish-mishlarga qanday qaraysiz?

- Bu mish-mish emas. Bu haqiqat. SHota Arveladze ayni paytda Toshkentga kelgan va deyarli ishga kirishishgan. Ular futbolchilarni ko'rib borishmoqda, jamoa bilan yaqinan tanishib chiqishmoqda. Menga xorijlik mutaxassis kelishi haqida avvaldan aytashgandi. Yangi murabbiy ikkinchi davradan boshlab jamoani boshqaradi. Men "Paxtakor"dagi qisqa faoliyatim davomida yaxshigina tajriba ega bo'ldim.

Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика