Jarohati sabab Jahon chempionatini o'tkazib yuborgan Ris Jeyms "Bornmut"ga qarshi o'yinda yana jarohat oldi
28 dek 2022 00:50
Yangiliklar
Jarohati sabab Jahon chempionatini o'tkazib yuborgan Ris Jeyms "Bornmut"ga qarshi o'yinda yana jarohat oldi
Futbolchi maydonga qaytgan o'yinidayoq yana jarohat orttirib oldi.
"CHelsi" himoyachisi Ris Jeyms "Bornmut"ga qarshi APL 17-turidagi o'yinda jarohat oldi. 51-daqiqada Ris murabbiylardan o'ng oyog'idagi muammo sabab almashtirishni so'radi. SHundan so'ng chimga yiqildi va ko'zyoshlarini tiya olmadi.
Eslatib o'tamiz, bu o'yin Ris Jeyms uchun oktyabr oyidan beri ilk o'yin edi. Futbolchi 11 oktyabr kuni "Milan"ga qarshi ECHL o'yinida jarohat olgan va shu sabab Jahon chempionatini o'tkazib yuborgandi.
Fikrlar