So’nggi yangiliklar

11:10«Челси» «Шахтёр»дан 65 миллион фунтга футболчи сотиб олмоқчи  4 10:43Аббосбек Файзуллаев: «ЦСКАнинг жойи 8-ўрин эмас...»  6 10:18«Манчестер Юнайтед» навбатдаги антирекордларни янгилади  10 09:52Маурисио Почеттинонинг ўрнига ёзда «Челси»га ким бош мураббий бўлиши маълум  9 09:26Виржил ван Дейкнинг «Ливерпуль»даги келажаги маълум  0 09:00Тимур Кападзе Парижга бориши мумкин бўлган ёши катта футболчилар ҳақида фикр билдирди  50 08:36Аббосбек Файзуллаев «Спартак»ка қарши учрашувдан олдин олинган сариқ бўйича журналистларнинг саволига жавоб берди  5 08:12Навбатдаги йирик мағлубиятдан сўнг тен Хаг истеъфо ҳақида фикр билдирди  22 07:47Sofascore. Гол урган Файзуллаев кечаги баҳсда неча баҳога лойиқ кўрилди?  6 07:19Суперлига. Бугун иккита учрашув бор  3 06:50РПЛ. ЦСКА - "Рубин" 2:2   1 06:45Лига 1. "Лилль" - "Лион" 3:4   0 06:40АПЛ. "Кристал Пэлас" - "Манчестер Юнайтед" 4:0   0 06:35Саудия чемпионати. "Ал Аҳли" - "Ал Ҳилол" 1:2   0 06:30Серия А. "Удинезе" - "Наполи" 1:1   0

Jarima zarbasini eng ko'p golga aylantirgan 12 nafar futbolchi, ular orasida darvozabon ham bor Yangiliklar

Jarima zarbasini eng ko'p golga aylantirgan 12 nafar futbolchi, ular orasida darvozabon ham bor

Ro'yxatdan mashhur futbol afsonalari ham o'rin olgan.

Agarda jarima zarbasiga duch kelsangiz, bilingki, bu futboldagi eng hayratlanarli voqealardan biri sanaladi. 

Uni mohirona ijro etish uchun futbolchidan mahorat, nozik harakat va xotirjamlik talab etiladi.

Jarima zarbasi tepishning son-sanoqsiz usullari mavjud, biroq, odatda, to'pni "jonli devor"dan oshirib tashlash uchun ijrochi uni etarli balandlikka chiqarashi, mo'ljal bo'ylab to'g'ri yo'naltira olishi va raqib posboni qo'llari etmaydigan nuqtaga tushira olishi talab etiladi.

Jarima zarbasini faqat mohir hujumchi yoki yarim himoyachilar emas, hatto himoyachi va darvozabonlar ham qoyilmaqom tarzda amalga oshirishi mumkin.

SHunday ekan, keling, futbol tarixida jarima zarbasini eng ko'p golga aylantirgan 12 nafar futbolchiga nazar solamiz.


12. Marselino Karioka (59 ta gol)

"Farishta oyog'i" nomi bilan tanilgan Karioka standartlardan 59 ta to'p kiritgan.

Braziliyalik futbolchi jahon arenalarida o'z iqtidorini namoyish etish imkoniyatiga ega bo'lmagan, chunki u jahon chempionatida ishtirok etmagan.

Biroq "Korintians" bilan birgalikda ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritdi. Hatto u plyaj futboli bilan ham shug'ullanishga muvaffaq bo'lgan.


11. Ronald Kuman (60 ta gol)

Ko'pgina hujumchilarga qaraganda dahshatli oyoq kuchiga ega bo'lgan himoyachi faoliyati davomida jarima zarbasidan 60 ta gol urgan. 

Uning aniq va kuchli zarbalari ko'pchilikning xotirasiga muhrlangan, ayniqsa, 1992 yilgi Evropa CHempionlar ligasi finalida "Sampdoriya" darvozasiga jarimadan urgan yagona goli "Barselona"ga chempionlikni tortiq qilgan.

"Ayaks", PSV, "Feyenoord" va "Barselona"dagi faoliyati davomida Kuman 215 ta gol urdi, bu har qanday himoyachi uchun havas qilgulik natija hisoblanadi.


10. Krishtianu Ronaldu (60 ta gol)

Agar siz futbol bilan shug'ullansangiz-u, umringiz davomida Krishtianu Ronaldu uslubida jarima zarbasini ijro etmagan bo'lsangiz, futbolchi ekanligingizdan shubhalanaman.

Axir kim ham SIUUU hayqirig'i bilan CR7'ga taqlid qilishni istamaydi deysiz?! Ronaldu jarima zarbasigacha bo'lgan tayyorgarlik jarayoni, ijro va nishonlashni ham sanatga aylantirgan. 

Portugaliyalik forvard faoliyatini davom ettirayotganini inobatga olsak, unda butsalarini mixga ilgunga qadar natijasini yaxshilash uchun imkoniyat etarlicha.


9. Rojario Seni (61 ta gol)

Bugungi kunda maydonda o'z mahoratini namoyish etishdan qo'rqmaydigan dovyurak posbon bormi? O'z vaqtida shunday darvozabon bor edi va u maydonda bo'lganda, hujumchining ham keragi bo'lmasdi.

25 yillik faoliyati davomida Seni 131 ga yaqin to'p kiritgan, shulardan 61 tasi jarima zarbasidan ijro etilgan.


8. Ziko (62 ta gol)

Braziliyalik afsonaning standartlarni amalga oshirish mahorati shunchalik aniq ediki, u aqlbovar qilmaydigan darajadagi zarbasi bilan 40 metrdan chivinni urib tushira olardi.

Ziko 70-yillarning oxiri va 80-yillarning boshida ayni kuchga to'lgan pallada edi hamda uning ko'pgina zarbalari qarshisida raqib posbonlari ojiz qolardi.


7. Diego Maradona (62 ta gol)

Bu afsona haqida aytilmagan qandaydir yangilik qolganmikan? Uning maydondagi va maydon tashqarisidagi hayoti ham shov-shuvlarga sabab bo'lgandi. Maradona jarima zarbalarini sanatkorona tarzda nozik tarzda ijro etardi, bu esa darvoza qo'riqchisini tomoshabinga aylantirardi.

Uning "Yuventus"ga qarshi o'yindagi zargarona zarbasi futbol tarixidagi eng yorqin lahzalardan biri bo'lib qolgan.

Garchi u hozir oramizda bo'lmasa-da, undan qolgan meros dunyo futbol muxlislari qalbidan chuqur joy egallagan.


6. Lionel Messi (62 ta gol)

Ikki "ECHKI" (GOAT — barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi)dan biri arab o'lkasiga yo'l olgan bo'lsa, ikkinchisi jahon chempionligiga erishgandan so'ng ko'pgina o'zbekistonliklar orzu qiladigan "Susambil"ga yo'l oldi. 

Agarda futbol tarixidagi eng yaxshi statistikalar yoki rekordlar ro'yxati mavjud bo'lsa, ochmasdan turib (avtogollar ro'yxatini istisno qilganda) sherigingiz bilan unda Messining nomi borligi borasida garov o'ynashingiz mumkin.

Leoning jarima zarbalari Da Vinchi asarlari singari naq sanatning o'zginasi, u to'pni istalgan burchakka qadab qo'yish xususiyatiga ega.

Messi hamon faoliyatini davom ettirmoqda, kim biladi deysiz, u tez orada mazkur ro'yxatda ham yuqori ko'tarilishga erishar.


5. Devid Bekxem (65 ta gol)

Messini o'tkazib yubormaslik ingliz mutaxassisining qo'lida, agar u o'zi egalik qilayotgan jamoa azosiga aylangan argentinalik yulduzning standartlarni amalga oshirishini taqiqlab qo'ysa, hammasi joy-joyida qoladi (hazil). 

Bekxem jarima zarbalari bo'yicha maestro edi. Hatto u standartdan gol urishni odatiy ermagiga aylantirib qo'ygandi. 


4. Ronaldino (66 ta gol)

Ronaldinoning futbolni go'zallikka aylantirib yuborgani hamda tabassum qilish ko'z o'ngingizdan ketmasa kerak. SHu bilan birga, uning jarima zarbalari ham qo'llar bilan birga oyoqlarni qo'shib olqishlashga arzirdi. 

2002 yilgi jahon chempionati chorak finalida braziliyalik sehrgarning Devid Simen ustidan oshirib qo'ygan jarima zarbasini tariflashga zabonim ojizlik qiladi.


3. Viktor Legrottale (66 ta gol)

Argentinalik sobiq futbolchi "Real Madrid" safida yulduzlardan biri bo'lishi mumkin edi, biroq u "Ximnasiya va Esgrima"ga sodiq qoldi va mamlakatda dong'i chiqdi.

SHunga qaramay, jarima zarbalari borasida Viktor Maradona va Messini ortda qoldirgan. 

Legrottaleni butun dunyo ishqibozlari tanimasa-da, mamlakatda ancha mashhur shaxs sanaladi, hatto uning nomidagi stadion ham mavjud.

2. Pele (70 ta gol)

Pele jarima zarbalari borasida chinakam usta edi. Uning zarbalari hatto eng mohir darvozabonlarni ham shoshirib qo'yardi.

Futbol sehrgari faoliyati davomida urgan gollarni sanashga esa matematikadan 5 bahoga o'qigan kishi ham qiynaladi.


1. Junino (77 ta gol)

Junino nomini eshitganingizda, Google'ga murojaat qilishingizning hojati yo'q, menimcha, uning jarima zarbalar qiroli ekanligini darhol payqaysiz.

"Lion" sobiq yulduzi futbol tarixida eng ko'p jarimadan to'p kiritgan o'yinchi sanaladi va bularning barchasini ajoyib tarzda yo'llagan.

Uning ijrolari boshqalarnikidan mutlaq farq qiladi, futbolchida o'ziga xos tepish uslubi mavjud. U to'pni havoda aylantirib o'tirmaydi, balki imkoni boricha kuchga tayanadi, koptok esa havoda mast kabutar singari tebranib, posbonlarni sarosimaga solib qo'yardi.

Juninoning videolarini topa olmaganlar "Suyunchi" filmidagi futbol jarayonini ko'rish mumkin. Braziliyalik mitti jussaga ega yarim himoyachining zarbalari ham derazachilarga yaxshigina ish topib berardi. 

Unga qarshi o'ynagan raqiblar imkoni boricha qoida buzmasllikka harakat qilishardi, sababi esa ayon.

Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика