So’nggi yangiliklar

08:26Ҳусайн Норчаев олимпиада олдидан ФИФАга тайёргарлик, режалар ва мақсадлар ҳақида катта интервью берди  0 08:01ESPN нашри ХХI асрнинг энг яхши футболчилар рейтингини тузиб чиқди  6 07:21Тарих ёзишда давом этамиз! Бугун Ўзбекистон ОТЖ Олимпия ўйинларида дебют баҳсида майдонга тушади  14 00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  1 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  1 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  1 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  3 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  3 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  3 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  5 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  15 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  2 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  11 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  22

Janobi rahbarlar va janobi bosh murabbiylar, Sizlarga DUBL nima uchun kerak? Yangiliklar

Janobi rahbarlar va janobi bosh murabbiylar, Sizlarga DUBL nima uchun kerak?

Teglar :  Yoshlar ligasiPFL
Dubl deb nimaga aytilishini barchangiz bilasiz, o'rinbosarlar ligasi, hozirda U-21 ligasi deb nomlanadi. Kecha Andrea Pirlo Yuventusning aynan shu jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi.

Bundan bir necha yil avval Gvardiola xuddi shu yo'ldan borgan edi. ECHLni zabt etishdan charchamayotgan Zidan ham «Real» o'rinbosarlarida 2 yil ishladi. Gattuzo ham shu yo'lni bosib o'tdi. Eng qizig'i shundaki, bu murabbiylar futbolchi sifatida erishgan nomi bilan istalgan klubda bosh murabbiylikka davogarlik qilsalar bo'lar edi. Ammo Evropacha qarash, ularni avval yoshlar bilan ishlashga undadi.

Bu klub rahbari uchun ham o'ta muhim. Avvalo murabbiy sifatida bosimga ko'nikadi va ijod qilishi uchun yoshlar bilan ishlaydi. U erda bir ikki yil ishlab, asosiy tarkibga o'tadi. Tabiiyki, o'zi bilan ishlagan yosh futbolchilarni potencialini bilgan holda, ikkilanmay ularni asosiy tarkibga qo'ya boshlaydi. O'zbek futboli tarixida so'nggi yillarda bu yo'lni faqatgina Ro'ziqul Berdiev bosib o'tdi. Toshev kelgach u o'rinbosarlar tarkibiga o'tkazildi. Yana biroz o'tgach asosiy tarkibga qaytdi va o'zi bilan ishlagan futbolchilarni ikkilanmay asosiy tarkibga qo'ydi. Aynan shu futbolchilar 1 yil oldin «Nasaf»ni chuqur inqirozdan qutqarib qolganligini inobatga olsak, o'sha davrdagi qaror to'g'ri bo'lganligini ko'ramiz. Aslida o'rinbosarlar ligasining maqsadi ham shu. Istedodlarni kashf qilish.


Ayni paytda, yani 2020 yil hisobidan oladigan bo'lsak, yoshlar ligasiga etibor qaratayotgan klublarni sanab o'tamiz: «Paxtakor», «Bunyodkor», «Nasaf» va «Metallurg». Mana shu 4ta klubdagina o'rinbosarlar asosiy tarkib kabi yotoq va uch mahal eb ichishga ega. Bular qatoriga qo'shilishni istayotgan yana bir klub, bu «Lokomotiv», shu bilan ro'yxatimiz tugadi. Ayni paytda «Bunyodkor» o'rinbosarlar ligasida so'nggi pog'onada borayotgani, bu ulardagi aksar yosh o'yinchilarni asosiy tarkibda maydonga tushayotganligidan. Qolgan klublar esa U-21 deganda, 21 yoshli futbolchilar va asosiy tarkibdan yana 3 nafar qariyani o'ynatishni tushunadilar. Sababi, ular uchun o'rinbosarlar ligasida ham natija kerak. Superligadagi 4-o'rin hech nimaga arzimayotgan bir paytda, tuxumning sarig'ini ham bermaydigan o'rinbosarlar ligasida natija uchun o'ynashlik, bu g'irt ahmoqlikdan boshqa narsa emas. O'rinbosarlar ligasidagi eng katta natija, bu hech bo'lmasa 1 yilda bir nafar asosiy tarkibga, yulduz futbolchini tarbiyalash. Nomiga futbolchi o'tkazish, bu natija emas.


Aslida har bir viloyatda istedodlar to'lib yotibdi. Ularga nima to'siqlik qilyapti? Keling, bilganlarimdan kelib chiqqan holda ularni sanab o'tsam:


1. SHaroit. Asosiy tarkibga yaratilayotgan imkoniyatlar o'rinbosarlar ligasi uchun taqdim qilinmaydi. Asosiy tarkibda ustimizdan yozib ketadigan legionerlarning bir yillik ulushi, 150 000dan 300 000 AQSH dollarigacha etadi. Agar klublar bitta «chirigan» legioneridan voz kechsa, demak bizda 50 000 dan 100 000 AQSH dollarigacha pul tejaladi. Bu 500 mlndan 1 mlrd so'mgacha mablag'. Endi o'rinbosarlar ligasini ushlab turish uchun bizga kerak bo'ladigan mablag': 18 kishi kuniga 100 000 so'mlik eb ichish xarajatini ishlatsa (1 kun uchun 100 000 so'm kichkina summa emas) 26 kunga 46 800 000 so'm bo'ladi. Buni endi 10 oyga ko'paytiramiz. Dekabr va iyul oylarini olib tashladik. 468 000 000 so'm. Bu 46 000 AQSH dollari. Agar o'rinbosarlar tarkibidagi etibor asosiy tarkibdan kam bo'lmasa, ishoning 1 yil ichidayoq o'sha bizga kelayotgan, birovda o'tmay qolgan, biznikilardan ham ustun bo'lmagan, pul bo'lmasa o'yinni sotib, biznesi o'xshab qolsa totalizatorga pul tikib yuboradigan legionerdan ming chandon yaxshi o'yinchi chiqadi. Atigi 500 mln so'mga 18 nafar kelajak avlodni tarbiyalasa bo'lar ekan. Meni PFLga taklifim, agar biron klub o'z o'rinbosarlariga bazasidan sharoit qilib bermasa, legionerlarni ro'yxatdan o'tkazishga yo'l qo'ymasligi kerak.


2. Murabbiylarning malakasi. Yoshlar ligasiga O'zbekiston bo'ylab eng kam ish haqi oladigan murabbiylar «chertib» olinadi. Aslo yaxshi saviyadagi murabbiy o'rinbosarlar ligasiga borishga rozi bo'lmaydi. CHunki bu ligadagi murabbiy ham mamur, ham shifokor, kerak bo'lsa qorovul bo'lishi kerak. Asosiy tarkib singari u erdagi murabbiyning qadri baland emas. Yomon tomoni shundaki, u erdagi aksar murabbiylar ham kun o'tsa bo'ldi qabilasida ishlashida. Yaxshi shogird tayinlab, uni amallab asosiy tarkibga kiritish haqida esa o'ylab ko'rmaydilar. Hozircha, bundaylari etarlicha.

Yana bir eng katta muammo, yoshlar ligasiga etibor qaratilmaydigan klublarda bu tarkibga kirish uchun murabbiyga malum miqdorda haq to'lanishi kerak. SHarmandagarchilikdan boshqa narsa emas. Aynan shunday insonlar kasriga O'zbekiston Evropa bo'lib keta olmayapti. Aynan shunday insonlar kasriga koronavirusni engib o'tishda qiynalyapmiz. Afsuski bunday insonlar har sohada topilyapti.


3. Maydon. Bu ham eng katta og'riqli nuqtalardan biri. O'rinbosarlar jamoasiga kelganda yaxshi sifatdagi maydon topilmaydi. To'plar esa asosiy tarkibdan qolgani bo'ladi. Vitaminizaciya degan narsa shirin choyga nisbatan tushuniladi. Har bir yosh futbolchi o'zini asosiy tarkib egasi sifatida his qilishi uchun avvalo sharoit yoshlar ligasida taxt qilib berilishi kerak. SHunda bola asosiy tarkibga o'tganidan keyin, Marsga tushib qolgandek o'zini yo'qotib qo'ymaydi.


4. Istedod qanday kashf qilinadi? Buning uchun avvalo asosiy tarkib bosh murabbiyi, o'z qo'l ostiga yaxshi sifatdagi murabbiyni olishi va yoshlar ligasiga bosh-qosh qilib qo'yishi kerak. O'rinbosarlar jamoasi qatiy asosiy tarkib uslubida ishlashi kerak. Mana shunda o'tish bosqichi oson kechadi. Lekin bizdagi eng katta muammo, yoshlar ligasining murabbiylari bilan ishi yo'q, aksar polvonlarimizni! «Bunyodkor», «Nasaf», «Paxtakor»ga o'xshab pul qilsang bo'lmaydimi? Ertaga xash-pash deguncha, 2030 yil keladi va klublar davlat tomonidan moliyalashtirishdan to'xtaydi, hamma klublarni yopib yuboramizmi shunda yoki 4ta klub bilan 10ta davralik musobaqa tashkil qilamizmi?



5. PFL reglamentiga o'zgartirish kiritishi kerak. Men bu haqda 2014 yildan beri gapiraman. Lekin hozircha hech kim bu haqda o'ylab ko'rgani yo'q. Deylik yoshlar ligasiga etibor qaratadigan Ro'ziqul Berdiev «Paxtakor» bilan Toshkentda o'ynashi kerak. 1 kun avval yoshlar ligasi o'ynayotgan payt, Ro'ziqul Berdiev yo Toshkent tomon yo'lga chiqqan bo'ladi, yoki mehmonxonada ertangi o'yin borasida futbolchilari bilan teoriya o'tkazayotgan, yana bo'lmasam mashg'ulot o'tayotgan bo'ladi. Yoki Vadim Abramov o'z maydonida «Mashal» bilan o'ynashi kerak. Yoshlar ligasi o'yin boshlaydigan payti uni mashg'ulotlari bo'ladi. Nari borsa 15 daqiqa bazadan mashg'ulotga ketayotganida o'yinni ko'rishi mumkin. Berdiev va Abramov misolida o'rinbosarlar o'yinini 90 daqiqa ko'rsa nima bo'ladi? Agar o'yin asosiy tarkib uchrashuvining ertasiga bo'lsa, muammo bo'lmaydi.

- Yoshlar ligasidagi futbolchi bosh murabbiyni oldida o'zini ko'rsatishga harakat qiladi va o'yinga astoydil tayyorgarlik ko'radi.

- Raqib safidagi o'yinchini kuzatish va selekciya qilish imkoniyati paydo bo'ladi.

- Bosh murabbiyni asosiy o'yini o'tib bo'lgan va u hech qanday o'zga hayollarsiz o'rinbosarlar ligasini kuzatadi.

- Bir kun avval yoshlar ligasidan olib qo'yilgan, lekin asosiy tarkibda ham tushmagan futbolchi, hech bo'lmasa ertasi kuni yoshlar ligasida o'ynash imkoniyatiga ega bo'ladi. Yoshlar ligasida 3 nafar qariya futbolchini bo'lishi yaxshi holat. Ular orqali yoshlar sifatini oshiradi. Bosh murabbiy esa, bir kun avval kam o'ynatgan katta o'yinchisini yoshlarga qo'shish imkoniyatiga ega bo'ladi.

- Va nihoyat eng katta masala, yoshlar murabbiyi bosh murabbiy oldida «dullarcha»sini olib qo'ygan bolasini asosiy tarkibga qo'ya olmaydi.


PFL yana bitta qilishi kerak bo'lgan ishdan biri, Evropaga o'xshab har bir jamoaning ro'yxatida o'sha klubni, aynan o'sha klubning 8 nafar tarbiyalanuvchisi bo'lishi va asosiy tarkibda ular kamida 3 nafar bo'lishi kerakligi to'g'risidagi reglament bandini kiritish. Aynan shu band tufayli MYU 90 yillar boshida yulduzli onlarini o'tkazgan. Aynan shu band orqali «Barselona» paytida Evropani zabt eta oldi. Hozir bu band Rossiya futboliga ham kirib keldi, navbat bizga.


Aslida yoshlar ligasining muammolari yanada ko'p. Bularni yozishimga sabab, so'nggi kunlarda klublarimizni tinmay FIFA tomonidan jazolanayotganligi. Essiz pullar...

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика