So’nggi yangiliklar

09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  0 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  2 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  2 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  4 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  15 23:33Россия. "Рубин" "Акрон"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 23:17Рубен Аморим: "Ўзимга, футболчиларга ва клубга ишонаман"  2 22:44Месси Флик "Барселона" бош мураббийи бўлгани ҳақида гапирди  8 22:08"Интер Майами"ни ким бошқариши аниқ  1 21:48Виталий Левченко: "Нефтчи"да ёшлар йўқ? Бунинг учун шароитлар йўқ"   9

Janluiji Buffon: “Moskvada uchrashguncha!” Yangiliklar

Janluiji Buffon: “Moskvada uchrashguncha!”

Italiya terma jamoasi va “Yuventus” darvozaboni uzoq yillik rekordlarni yangilamoqda.


Buffon uchun Franciyadagi chempionat faoliyatidagi 8-yirik musobaqa sanaladi. 38 yoshli posbon bu bilan to'xtab qolmoqchi emas.


– Terma jamoada 159 uchrashuv o'tkazib, 8 bor jahon va Evropa chempionatlarida qatnashgan inson o'zini qanday his qilmoqda?

– Ajoyib. Yoshlikda atrofdagi voqealarni ro'y berishi kerak bo'lgan narsa deb hisoblaysan. Mening yoshimda bunday musobaqada qatnashish ko'p yillik kuchayish mevasi ekanini tushunasan.

– Italiyada ishtiyoq 2012 yil finalga etib borgan jamoaniki singariga o'xshayapti?

– Evro-2012 yoki biz guruhdan chiqib ketgan 2014 yilgi mundialni ham eslash kerak emas. Bu safargi turnirni ularning davomi deb hisoblab bo'lmaydi, ko'p narsalar o'zgardi. Hozir har bir o'yinchida oxirigacha etib borish uchun o'zini ko'rsatish xohishi mavjud.

– Italiya pley-offdagi o'rnini 2-turdan keyinoq hal qilib qo'ydi.

– Bo'shashishga vaqt yo'q edi, darhol bor kuchimiz bilan o'ynashga o'tdik. 4 yil oldin guruhimizda Ispaniya, Xorvatiya va Irlandiya bo'lganda qiyinroq kechgandi.

– Italiya favoritmi?

– Yo'q. Italiya – autsayderlarning kuchlisi. Favoritlar sifatida Germaniya, Franciya, Ispaniya va yana Belgiyani kiritgan bo'lardim. Lekin bizda kuch bor va etakchilar qatoriga kirishga etarli taraflarimiz ham.

– Italiya anaanaga ko'ra favorit bo'lmaganda eng yaxshi natijalarini ko'rsatgan.

– Terma jamoada o'ynaganimdan beri faqat ikki chempionatni etakchilar qatorida boshlaganmiz – 2002 yilgi mundial va Evro-2004. Bu bizga hech qanday yaxshilik keltirmagan. SHu sababli favorit maqomini xohlovchilarga berishga tayyorman.

– Terma jamoada 20 yillik faoliyatdan keyin maydonga “Skuadro Adzurra” libosida tushayotib, hamon o'shanday hislarni boshdan kechirasizmi?

– Ha. Yana Italiyaning har bir o'yinidan emas, balki yig'inidan ham rohatlanishga harakat qilaman. Uzoq vaqt buni sinov sifatida qabul qilgandim. Yoshim o'tgach, terma jamoada o'ynashga loyiq bo'lganimni tushundim. Haligacha im-ichimdan qolganlardan yaxshiroq bo'lishga intilishim kerakligini his etaman.

Bu madhiya ijro etilishida o'zingizni qanday tutishingizdan sezilib turadi.

– Buni har kim turlicha qabul qiladi. O'zimni Italiyani boshqalardan ko'proq sevaman deyishga haqli emasman. Tashqi ko'rinishi xotirjam bo'lganlar hissiyotini ifodalashni bilmas va libosi ko'z yoshdan ho'l bo'lgan futbolchilardan farqli ravishda buni ko'rsata olmas. Hech kimni sud qilmayman, lekin mamlakatingni qanchalik sevishingni yashirish kerak emas deb hisoblayman.

– Avval terma jamoani yaxshiroq qo'llab-quvvatlashgani va Maltaga qarshi bellashuvlarda ham buni amalga oshirishganini aytgansiz. Bugun nima o'zgardi?

– Gap muxlislarning bizni yoqtirmay qolganida ketmayapti. Hozir ularda televidenie orqali ko'proq o'yinlarni kuzatish imkoni mavjud. O'yinchiga kumir sifatida munosabat o'zgargan. Avval mamlakatning eng yaxshi futbolchilari terma jamoada uchrashgan va ishqibozlarni ularni stadionda ko'rishardi. Bugun internet, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa manbalar muloqotni kundalik yumushga aylantirdi. Ishqibozga o'ta qiziq narsani taklif qilishmasa, u “Buffon va boshqalarni keyingi safar ko'raman” deb, qaror qiladi.

– Futbol ko'proq virtuallashib bormoqdami?

– Ha. Lekin bu oldin yaxshiroq bo'lganini bildiradimi? Bunday o'ylamayman. Futbolni sevaman va hamon avvalgi hislarga tuyaman. Muxlislar bilan munosabat o'zgardi. To'siq ko'paydi. Ishqiboz ham o'zgargan. 20 yildan keyin nima bo'lishini hech kim bilmaydi. Faqat o'rtadagi munosabat o'zgarib borishi tushunarli.

Qaysi payt terma jamoadagi eng qiyin davr bo'ldi? 2006 yil hakamlar sotib olinishi bo'yichami yoki 2012 yil kelishilgan o'yinlar bo'yicha mojaro chiqqandami?

– Muhim turnirga tayyorlanganda unda yaxshi ishtirok etish xohishi shunchalik yuqoriki, boshqa narsalarga etibor qaratmaysan. 2006 va 2012 yildagi voqealar jamoani muvozanatdan chiqargani bor gap. Agar oynaga qarab, o'zingga hech narsada aybdor emasligingni ayta olsang, hech qanday gaplar senga tasir qilmaydi.

– Fabio Kannavaro 2006 yil sheriklari bilan suhbatda kimnidir tinchlantirish, boshqa birini urushishga to'g'ri kelganini aytib bergandi. Sardor sifatida o'zingizni qanday tutasiz?

– Munosabat tajriba orqali orttirilgan xarakterga bog'liq. Men vaqtimni oilam va bolalarim, do'stlarim bilan o'tkazishni maqul ko'raman. SHeriklarim bilan kam suhbatlashaman. Bu ular so'ragan taqdirda maslahat berishga xalal bermaydi. SHu yilar ichida hech kimga bosim qilmaganim va barcha narsada o'zini haq deb o'ylaydigan insonga aylanmaganimdan xursandman. Aksincha insonlar ishonchni yo'qotadi. Yosh va tajribali o'yinchilar bilan muloqotda to'g'ri yo'lni tanlashga urinaman. Sardor o'zini aynan shunday tutishi kerak.

– Terma jamoadagi eng yorqin taassurotingiz qaysi?

– Ular ko'p bo'lgan! Evro-2012dagi ishtirokimiz va Ruminiya bilan o'yinda qo'shib berilgan daqiqalarda qaytarilgan penaltini eslayman. Ruminlar to'p kiritganda uyga qaytib ketishimiz ham mumkin edi. Yana 2006 yilgi jahon chempionati yarim finalida Germaniya va finalda Franciyaga qarshi o'yinlarni unutib bo'lmaydi.

– Terma jamoada faoliyatingizni yakunlash fikri biror marta xayolingizga kelganmi?

– Hech qachon! Bu qo'lqoplarimni mixga ilganimda ro'y beradi. Yoki chaqirishni to'xtatganlarida. Birinchi variantni maqul ko'rardim. SHunda faoliyatimni munosib yakunladim deb aytsam bo'ladi. Terma jamoadan qanaqasiga ko'ngilli ravishda voz kechish mumkin, seni mamlakat sharafini himoya qilgani ishonch bildirishganda!

Darvozabonlar o'yinida 20 yil ichida nimalar o'zgardi?

– Ko'p narsalar. Boshqacha tezlik, o'zgacha qoidalar. Darvozabon malum holatlarda maydondagi o'yinchi singari harakatlanishi darkor. Menda bu borada muammo bo'lmagan. Yoshlar jamoasidayoq oyog'im bilan ko'p o'ynab, himoyachilarga yordam berardim. O'zgarishlar meni dovdiratmadi, ularni oldindan bilgandim.

Zamonaviy posbonlardan kimlarni takidlagan bo'lardingiz?

– Hozir Noyer, Kurtua, De Xea kabi kuchli darvozabonlar bor. Lekin kimga nima etishmasligini aytish qiyin. Posbonlarni faoliyati oxirida baholash mumkin. 5 yildan beri yuqori saviyada o'ynab kelayotgan yigitni 10-15 yildan buyon eng yaxshilar qatorida bo'lib kelgan darvozabon bilan taqqoslab bo'lmaydi. Posbonlarning qiymati ularning qaysidir tarafdan kuchli ekanida emas, balki cho'qqida uzoq yillar ushlanib qolishi bilan o'lchanadi.

Siz oxirgi aytgan tarafingizdan kuchlisiz. O'tgan mavsumni faoliyatingizdagi eng yaxshilaridan biri deb ayta olasizmi?

– O'ylashimcha, ha. Ayniqsa, bir qator oson kechmagan ikkinchi davra o'yinlarida juda yaxshi o'ynadim. 2010 yilgi jahon chempionatida olingan jarohatdan to'liq tiklandim va 5 mavsumni yuqori saviyada minimal xatolar bilan o'tkazdim. 38 yoshda eng yaxshi jihatlarimni saqlab qolaman deb o'ylamagandim.

– “Yuventus” “A” seriyada boshqalardan ustunligini saqlab qoladi deb o'ylaganmidingiz?

– G'alabali yo'lga tushib olganimizdan keyin kam narsalar o'zgardi. Bu quvontirmay qo'ymaydi. Hech kim rekordlar va seriyalar haqida o'ylamadi, chunki bu futboldan zavq olishni to'sqinlik qiladi. Boshqa tomondan biz ketma-ket erishilgan sovrinlar miqdorini takrorladik. Bu vazifamizni yaxshi bajarganimizni anglatadi. CHempionatda oltinchi bor qatorasiga g'alaba qozonish ajoyib bo'lardi.

– Imkoni bo'lgan taqdirda faoliyatingizda nimani o'zgartirgan bo'lardingiz?

– Hech narsani! Hayot g'alaba va mag'lubiyatlardan iborat. Qilganlarimdan afsuslanmayman va men bilan ro'y bergan barchasini qabul qilaman. Ko'p sovrinlar yutdim va bir qanchalarini boy berdim. Qo'lga kiritgan narsalarimga loyiq edim.

Terma jamoada birinchi o'yiningizni 1997 yil Moskvada o'tkazgansiz. Bu jahon chempionati saralash bahsi edi. Faoliyatingizni 2018 yil Rossiyadagi mundialdan keyin yakunlash chiroyli bo'lardi.

– Tushunaman, 2 yil uzoq muddat. Lekin men bilan yuz bergan voqealar kuchimga ishonchni ko'paytirdi. Ko'pchilik 38 yoshda shunday o'ynashda davom etayotganimdan hayratda. Faqat o'zim emas. Oldimga oltinchi jahon chempionatida qatnashish maqsadini qo'yganman va shunga harakat qilaman.

Bunday voqea futbol tarixida uchramagan.

– Bu chiroyi rekord bo'ladi. Har bir insonga orzu kerak. Unga erishganda hayot boshqacha mano kasb etadi. SHunday ekan, Moskvada ko'rishguncha.


Behzod Nazarov tayyorladi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика