So’nggi yangiliklar

23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  0 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  1 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  1 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  2 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  5 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  0 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  5 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0 18:00"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб, таваккал қилди. Маркус бу трансфер амалга ошиши учун 10 миллиондан воз кечди  3 17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  21 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  3

Janjal, penalti, qahramon - chorak finalning qiziqarli raqamlari Yangiliklar

Janjal, penalti, qahramon - chorak finalning qiziqarli raqamlari

O'zbekiston kubogining chorak final bahslari yakuniga etdi.

1/4 final

20.10.2021. "Olimpik" 0:1 "Paxtakor", 1 266 kishi

28.10.2021. AGMK 3:2 "Qizilqum", 131 muxlis

28.10.2021. "Bunyodkor" 2:1 "Surxon", 544 tomoshabin

29.10.2021."So'g'diyona" 0:1 "Nasaf", 2 450 muxlis

CHorak finla bahslarini 4 391 muxlis stadionning o'zidan tomosha qildi. Bu  har o'yinda o'rtacha 1 098 nafar tomoshabin arenaga kelganini bildiradi. Guvohi bo'lganingizdek, eng ko'p ishqiboz Jizzaxdagi o'yinda ishtirok etdi (2 450 nafar). Eng yomon natija esa AGMK — "Qizilqum" o'yinida qayd etildi (131). 

4 o'yinda jami 10 gol urildi. Bu har o'yinda o'rtacha 2,5 tadan gol degani. To'plarning 5 tasi mezbon, xuddi shunchasi mehmon jamoalar tomonidan kiritildi. Eng ko'p gol AGMK va "Qizilqum" o'rtasidagi o'yinda urildi (5). Faqat 2 jamoa raqibi darvozasini ishg'ol qilolmadi ("Olimpik" va "So'g'diyona").      

Faqat 1 futbolchi dublga erishdi — Husniddin G'ofurov (AGMK).

Xet-trik yoki poker qayd etilmadi.

4 o'yinda referilar 24 marta sariq kartochkaga murojaat qilishdi (o'rtacha 6 tadan). Hech kim maydondan chetlatilmadi.

Eng qo'pol o'yin "So'g'diyona" — "Nasaf" bo'ldi (11 ta sariq).

1 marta 11 metrlik jarima zarbasi belgilandi (Jizzaxda).

CHorak final bosqichining eng chiroyli goli sifatida Husniddin G'ofurovning "Qizilqum" darvozasiga jarimadan kiritgan to'pi tanlandi (ijro mahoratining yuqoriligi tufayli).

CHorak finalning eng yaxshi murabbiyi sifatida asosan zaxira futbolchilari bilan "So'g'diyona"ni mag'lub qilgan Ro'ziqul Berdievni tanladik.

Tur qahramoni — AGMK yarim himoyachisi Husniddin G'ofurov (2 gol, 1 assist). SHuningdek, Jizzaxda "quruq" o'ynagan "Nasaf" posboni Azamat Soibov ham bu nominaciyaga munosiblar qatorida edi. 

Malumot uchun, Berdiev boshchiligidagi "Nasaf" yarim finalda Mirjalol Qosimov shogirdlariga bilan to'qnashsa, final yo'llanmasini beradigan 2-bahsda "Toshkent derbisi"ning guvohiga aylanamiz.

Tugadi! Endi o'zbek klublari o'z smetasini mustaqil tuza olmaydi

Muallif :
Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика