Jan-Pero Gasperini: "Biz ko'proq gol urishimiz mumkin edi, ammo uchta gol farqi ham xursand qildi"
20 fev 2020 12:20
Yangiliklar
Jan-Pero Gasperini: "Biz ko'proq gol urishimiz mumkin edi, ammo uchta gol farqi ham xursand qildi"
"Atalanta" bosh murabbiyi Jan-Pero Gasperini CHempionlar ligasi 1/8 finalida "Valensiya" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (4:1), jamoa keyingi o'yinda ham diqqat bilan o'ynashi kerakligini aytdi.
"Ajoyib natija. Biz yaxshi harakat qildik, ko'proq gol urishimiz mumkin edi, ammo uchta gol ustunligi ham yoqimli. So'nggi daqiqalarda ehtiyotkorlik bilan o'ynashimiz kerak edi.
Men "Mestalya"da gol urishimizni xohlayman, asabiylashishni emas. Bayram qilishga juda erta, uch haftadan keyin xursand bo'lishni istayman", - deydi murabbiy.
Eslatib o'tamiz, "Valensiya" va "Atalanta" o'rtasidagi javob o'yini 10 mart kuni bo'lib o'tadi.
Fikrlar