So’nggi yangiliklar

04:01Пеп Гвардиола "Тоттенхэм"га қарши ўйиндан кейин Ҳусанов ҳақида жуда илиқ фикрлар билдирди  3 03:50Яқиндагина ЕЧЛни тарк этган "Ювентус" энди Италия кубоги билан ҳам хайрлашди  0 03:25Испания кубоги. "Реал Мадрид" ярим финалнинг илк баҳсида "Реал Сосьедад"ни кичик ҳисобда мағлуб қилди   4 03:20АПЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Ньюкасл"ни мағлуб этди ва жадвалдаги етакчилигини янада мустаҳкамлади  12 02:50АПЛ. "Арсенал" яна очко йўқотди, "Манчестер Юнайтед" иродали ғалаба қайд этди  18 02:30АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Тоттенхэм"ни мағлубиятга учратди. Ҳусанов тўлиқ ўйин ўтказди  54 00:17Винисиус илк марта "Реал"ни сардор сифатида майдонга бошлаб тушади  2 22:53Вадим Абрамов Ўзбекистон кубоги гуруҳ босқичидаги қуръа ҳақида ўз фикрини билдирди  6 22:28Саудия Арабистони чемпионати. "Ар Риёд" ва "Ал Файха" ўзаро нурсиз дуранг ўйнашди, Шукуров 90 дақиқа ҳаракат қилди  2 22:11Элдор Шомуродов "Рома"нинг февраль ойидаги энг яхши ўйинчиси бўлишга номзод!  12 21:47Осиё футбол конфедерацияси 2026 йилги аёллар Осиё кубоги саралаш босқичи ўйинларга мезбонлик қиладиган саккиз мамлакатни эълон қилди  0 21:22Виктор Осимхен "Манчестер Юнайтед"га ўтиш бўйича қарор қабул қилди  1 20:57Моуринью "Галатасарой"ни ирқчиликда айблагани учун судга бериши мумкин  0 20:31Сергей Чигодаев бошчилидаги Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг бугунги машғулотларидан суратлар  6 20:16Машарипов ўйнаётган "Истиқлол"га янги бош мураббий тайинланди  0

Jamshidlar kuni, qo'polliklardan benasib qolmagan hakam, quloqlari "dazmol" bo'lgan Babayan, xaloskor Hoshimov - "Olimpik" va "Navbahor" uchrashuvi nimasi bilan yodda qoldi? Yangiliklar

Jamshidlar kuni, qo'polliklardan benasib qolmagan hakam, quloqlari "dazmol" bo'lgan Babayan, xaloskor Hoshimov - "Olimpik" va "Navbahor" uchrashuvi nimasi bilan yodda qoldi?

Biroz avval O'zbekiston Coca Cola kubogining nimchorak finalidan o'rin olgan "Olimpik" - "Navbahor" uchrashuvi yakunlandi.

Quyoshbobo o'z tirikchiligini yakunlab, dam olgani uyi tomon ravona bo'lish arafasida Toshkentdagi "JAR" stadioniga ancha-muncha futbol ishqibozi tashrif buyurdi. Men ham ancha vaqtdan beri o'yinlari maqtovga sazovor bo'layotgan yosh "Olimpik" hamda tajribaga asoslangan "Navbahor" qarama-qarshiligini bevosita stadiondan muxlislar ichra kuzatdim. Garchand mazkur bahs gollar borasida xasislik qilgan bo'lsa-da, 90 daqiqa davomida zeriktirmadi. Matematika fanidan odam havas qilgulik bahoga tahsil olmagan bo'lsam ham, zamonaviy futbolda statistika bilan kelishib ishlashni maqul ko'raman. Bugungi bahsda o'zim uchun qiziqroq bo'lgan hodisalar bilan o'rtoqlashmoqchiman.


Labirint

4-5-1 taktikasida o'yinni boshlagan Timur Kapadze shogirdlari dastlabki daqiqalarda zich joylashuv tufayli markazni to'laligicha o'z nazoratiga oldi. Raqib esa faqatgina to'pni tepib yuborish hamda qanotlar orqali tezkor qarshi hujum tashkillashtirishga harakat qildi, biroq mezbon himoyachilar bu vaziyatlarga ham shay bo'lib turibdi. Ularga munosib tarzda namanganlik mudofaachilar ham, ayniqsa, havodan uzatilayotgan to'plarda qarsakka arzigulik harakatlar amalga oshirishdi. Birinchi bo'limda Kapadze shogirdlari ko'plab hujumlarga qaramay, raqib darvozasi tomon birorta aniq zarba yo'llay olmadi, yani "Olimpik" futbolchilari labirintdagi kishi singari har qanday yo'lga yurishdi-yu, uning oxirini topolmadi. Aksincha, "Navbahor" dastlabki taymda yo'llagan yagona zarbasi bilan Nazarov qo'riqlayotgan darvozani savalashga muvaffaq bo'lishdi. Ikkinchi bo'lim, harqalay, bundan mustasno tarzda o'tdi, ayniqsa, o'yin so'ngi ko'pchilik tomoshabinlar uchun yurak hovuchlaydigan hujumlar bilan yodda qoldi. O'yin davomida to'pni egallab turish ko'rsatkichi bo'yicha 60 foizdan deyarli pasaymagan mezbonlarning gol urish ko'rsatkichiga kelganda, afsuski, yuqoridagi 6 soni g'oyib bo'lib qoldi. O'yin taraflama esa "Olimpik" juda ko'p jabhalarda ustunlik qildi. Statistika ham buni isbotlaydi.


Hujumlar 79-61
Xavfli hujumlar 47-27
Aniq zarbalar 3-1
To'p nazorati 63-37

Jamshidlar kuni

Birinchi bo'lim, umuman, o'yin davomidagi yagona golni ikkala Jamshid hamkorlikda kiritdi. Iskanderovning aqlli pasini "adash"i aqlli zarba bilan raqib darvozasiga joylab qo'ydi. Qolaversa, uchrashuv davomida ham Iskanderov hujumlarni boshlashda, Boltaboev esa raqib hujumlarini buzishda ko'zga ko'rinarli harakatlar amalga oshirdi. SHuningdek, birinchi bo'lim yakuniga etar pallasida ham yana Jamshidlardan biri (Iskanderov) sahnaga chiqdi hamda hakam tomonidan esdalik sariq kartochkasi bilan taqdirlandi. Qisqasi, uchrashuv harqanaqasiga Jamshidlarga ataldi.

Qo'polliklardan benasib qolmagan hakam

Uchrashuvning jangovar tus olishi boshlanmasidan avval malum edi va shunday bo'ldi ham. Birinchi bo'limni shiddatli hujumlarga qaraganda ko'proq o'rganish bilan o'tkazgan futbolchilar o'yin uslubidan tortib bir-birlarining oyoqlari, butsalarining tishlari bilan ham yaqindan tanishib oldi. Hakamning qo'llari ilk taymning o'zidayoq to'rt marta cho'ntagiga bordi, vaholanki, bundan ham ko'prog'i bo'lishi mumkin edi. O'yin avjiga chiqqan bir pallada qo'polliklardan hakam ham benasib qolmadi. "Olimpik" futbolchisi mana bu vaziyatda o'zi bilmagan holda maydondagilardan boshqa rangli libosda ajralib turgan kishini "aylantirdi". Har holda bu holat uchun mezbonlar futbolchisi jazolanmadi.


Xaloskor Hoshimov

Uchrashuv yakunlanish arafasida hujumga zo'r bergan "Olimpik" ketma-ket hujumlar va zarbalar yomg'irini yog'dirdi. Ularni esa chelak-chelak ter to'kkan namanganlik himoyachilaru, O'tkir Yusupov amallab bartaraf etishdi. Biroq Yusupov ham bir vazitda jamoaga yordam berolmay qolgan pallada sahnaga Davron Hoshimov chiqdi. O'ng qanot himoyachisi darvozasiga kirib ketayotgan to'pni oyoqlari bilan olib chiqdi. Jamshidlar chiqqan shohsupaning yana biriga mana shu futbolchi munosib bo'la oladi.

Quloqlari "dazmol" bo'lgan Babayan

Muxlislar bor ekan, zerikarli o'yin ham zerikarsiz o'tadi. Qiziqarli o'yin esa lovullaydi. Men o'tirgan sektor tomoshabinlari "Navbahor" gol urganidan so'ng deyarli o'yin so'ngiga qadar maydonda javlon urayotgan futbolchilar qolib, mehmonlar ustozi Samvel Babayanga qarata "O'zbek qarg'ishlar lug'atida"ga jamiiki tariflarni yo'llashdi. Hayqiruvchilar orasida namanganliklar ustozining otasi tengi odamlardan tortib, "futbol" so'zini aytishga ham qiynaladigan, ammo otasiga yoki atrofdagilarga qo'shilib, ularning qiyqiriqlarini takrorlayotgan jajjivoylar ham bor edi. Hech bo'lmasa, mana shunday bolakaylarni kelgusida futboldan bezdirmaslik maqsadida ham aytilayotgan so'zlarni shaxsiyatga tegishtirmasdan, o'ylab so'ylagan maqul, mening nazarimda. Murabbiyning kimligi-yu, qanday darajada ekanligi o'z yo'liga.

"Olimpik" uchun xursandman, yani ular mardonavor o'yin namoyish etishdi hamda kuchli raqibga qarshi ustunlik bilan harakat qildi. O'ylashimcha, uchrashuvni tomosha qilgan muxlislarda ham klub ijobiy taassurot qoldirmoqda. Jamoa ustozi Timur Kapadzega ham hurmatim juda baland. Sababi, murabbiy mag'lubiyatni hakamdan emas, avvalo, o'zidan izlaydi va uni to'g'rilashga harakat qiladi. SHunday murabbiylar va shunday o'yin ko'rsatadigan jamoalar ko'payaversin.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика