So’nggi yangiliklar

21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  7 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  1 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  4 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  5 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  6 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  5 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  10 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  2 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1

Jamshid Saidov: "Paxtakor" yaratgan 3 vaziyatidan foydalanib ketdi" Yangiliklar

Jamshid Saidov: "Paxtakor" yaratgan 3 vaziyatidan foydalanib ketdi"

Coca Cola Superligasi 18-turi doirasida "Paxtakor"ga qarshi bahsdan keyin "Qizilqum" bosh murabbiyi Jamshid Saidov o'z fikrlarini bildirdi.

- Nima ham derdim. Yigitlarga etirozim yo'q. 3 vaziyatda etiborni yo'qotdik. "Paxtakor" uch vaziyat yaratdi va shulardan foydalanib ketdi. Afsuski biz vaziyatlardan gollar ura olmayapmiz. Bir qanchasidan foydalanishimiz kerak edi. Hech qisi yo'q. Yigitlar harakat qilayotgani uchun minnatdorman. Agarda yomon o'ynaganimizda etiroz bildirgan bo'lardim. So'nggi laxzagacha kurashishda davom etamiz. G'alabalarimiz hali oldinda. Bugun bizni qo'llab turgan muxlislardan uzr so'rayman. O'zimizni oqlay olmaymiz. 

- Bu savol Sizga birinchi marta berilmayapti. Asosiy tarkibda Marko Simonovskiyning o'rniga Muhammadali G'iyosovni sinab ko'rsa bo'lmasmikin?

- Endi ko'rib chiqamiz. Har bir futbolchiga imkoniyat beryapmiz. Futbolchilarning o'ziga hos funkciyalari bor. Taklifingizni ko'rib chiqamiz. Navbatdagi o'yinga qulay jihatni tanlaymiz.

- "Qizilqum" tarixiga nazar soladigan bo'lsak, jamoa doim ham ikki hujumchili taktikadan foydalanmagan. Balki buni ham ko'rib chiqish kerakdir.

- Biz har bir uchrashuvda ikki xil taktik sxemada o'ynashga harakat qilamiz: hujumkor taktika, himoyaviy taktika. O'yin davomida buni o'zgartirib boramiz. Bu normal holat.

- Akmaljon Muzaffarov haqida fikringiz.

- Yosh, iqtidorli mahalliy futbolchi. Umid qilamanki, u kelajakda yaxshi futbolchi bo'lib etishadi. Biz ham unga imkoniyat berishga harakat qilyapmiz. Bu uning ikkinchi o'yini. Yigitcha harakat qilyapti. U bilan ishlaymiz.

- Bugungi o'yin orqali jamoada o'sish borligini ko'rish mumkin. Agarda omadni ushlab olsangiz, bu yog'i yaxshi bo'lishi mumkin. CHunki muxlislar jamoaning so'nggi o'rindaligiga emas, eng yomon o'rindaligiga jaxli chiqmoqda.

- Biz har bir o'yinni boshidan oxirigacha ko'rib chiqamiz. O'yinlarimizda yigitlarga katta etirozlar bo'lmaydi. Buni Siz ham ko'rishingiz mumkin. Qarshi, pozicion hujumlar hisobiga bizda yaxshi vaziyatlar yuzaga kelyapti. Yaxshi zarbalar beramiz, raqib posboni qutqaryapti. Umuman olganda jamoada katta muammolar ham kuzatmayapman. Muxlislarning etiroz bildirishga haqqi bor. Biz so'nggi o'rindamiz. Biz ham barchasini ko'rib turibmiz. Turnir jadvali ham ko'p narsalarni anglatadi. Barcha tushunib turibdi, biz uchrashuvlarni so'nggi o'yin kabi o'tkazyapmiz. Jamoadagilar ham "Qizilqum"ning pastga tushib ketishini istashmayapti va maksimal kuch bilan harakata qilishyapti. So'nggi o'yinlarimizni qarang, qancha vaziyat yaratdik, undan foydalana olmayapmiz. Urgan 3-4 gollarimiz ham penaltidan bo'ldi. O'yindan gol ura olmayapmiz. G'iyosov yaxshi vaziyatga chiqib bordi. Vahobovda ikkita vaziyat. Bizdan barcha natija talab qilmoqda. Bu ham o'z tasirini o'tkazadi. 

Qo'ldan kelgancha harakat qilamiz. Oldinda 8 o'yin bor. Umid hali so'nmaydi.

Reyting: -11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика