So’nggi yangiliklar

09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  0 09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  0 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  1 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  2 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  2 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  3 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  3 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  3 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  21

Jamshid Saidov kubokdagi yirik mag'lubiyatdan so'ng: "Asosiy maqsadimiz chempionat o'yinlariga qaratilgan" Yangiliklar

Jamshid Saidov kubokdagi yirik mag'lubiyatdan so'ng: "Asosiy maqsadimiz chempionat o'yinlariga qaratilgan"

O'zbekiston kubogi chorak final bosqichidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Andijon" (0:3) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Nima ham deyishim mumkin? Bugun ikkinchi tarkibimiz bilan o'ynadik. "Andijon" kuchli tarkibi bilan maydonga chiqdi va ustunlikka ega bo'ldi. Yigitlar yomon o'yin ko'rsatishmadi, harakat qilishdi. Kubok o'yinlarida asosan yoshlar tarkibi bilan harakat qildik. Asosiy kuch va etibor chempionat o'yinlariga qaratiladi, chunki Superligadagi hozirgi natijalarimiz bizni qoniqtirmayapti. Divanda yonboshlab post yozadigan tahlilchilar ikkinchi tarkib bilan o'ynashimiz borasida ko'p gapirishdi. Biz mavjud imkoniyatlarimizdan kelib chiqqan holda harakat qilayapmiz. Yosh futbolchilarda xatolar kuzatiladi, bu tabiiy hol. Bugun ham ayrim vaziyatlarda futbolchilarga tajriba etishmadi. Umumiy aytsam, yomon o'ynamadi yigitlar. Minnatdorchilik bildiraman bugungi o'yin uchun. 

- Jamoangiz bugun yoshlar tarkibiga ishonch bildirganiga sabab nima?

- Aytib o'tdim, biz kubok o'yinlarida asosan yoshlar va o'yin amaliyoti kam futbolchilarga imkoniyat berdik. CHunki asosiy maqsadimiz chempionat o'yinlariga qaratilgan. Guruh bosqichidan boshlab biz shu yo'nalishda ishladik. Superliga ikkinchi davrasi yanada og'ir va qiyin o'tishiga shubha yo'q.

- Rahbariyat kubok o'yinlarida vazifa qo'ymaganini aytayapsiz. Muxlislar hurmati uchun ham bugun asosiy tarkib maydonga tushirilsa bo'lmasmidi? 

- Takror aytaman, biz hozir mavjud imkoniyatdan kelib chiqib harakat qildik. Hech qaysi murabbiy maydonga yutqazish uchun tushmaydi. Yosh futbolchilar, o'yin amaliyoti kam bo'lgan futbolchilarga o'zlarini ko'rsatish uchun imkoniyat berdik. Yutib qo'ysak, boshqacha fikrlar yangrashi aniq edi. Yigitlar harakat qilishdi, lekin ozroq mahorat etishmadi.

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика