Jamshid Saidov: "Ikkinchi davrada ligada qolish uchun jiddiy kurashamiz"
24 iyu 2023 22:28
Yangiliklar
Jamshid Saidov: "Ikkinchi davrada ligada qolish uchun jiddiy kurashamiz"
Coca Cola Superligasining 13-turi doirasida "Turon"ga qarshi o'yindan keyin "Qizilqum" bosh murabbiyi Jamshid Saidov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
- Ilk navbatda yigitlarimga rahmat aytaman. Ular o'zlaridagi xohish, ishtiyoqni namoyon qila olishdi. Ha, bir qancha vaziyatlarimiz bo'ldi, biroq undan foydalana olmadik. Biroq jamoa o'yin oldin berilgan ko'rsatmalarga mos harakat qilishdi va berilgan vazifalarni bajarishdi.
- Jamoani yaqinda qabul qilib oldingiz. "Qizilqum" tarkibida ikkinchi davrada qanday o'zgarishlar amalga oshirasiz?
- Kelganimga endigina 2 kun bo'ldi. Albatta, yozgi transferlar oynasi vaqtida selekciya ishlarini olib boramiz. O'zgarishlar bo'ladi. Ikkinchi davrada ligada qolish uchun jiddiy kurash olib boramiz. Oldimizga juda jiddiy vazifalar qo'yilgan va biz buni bajarish uchun maksimal ravishda harakat qilamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar