So’nggi yangiliklar

01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  23 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  2 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  78 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  10 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  21 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1

Jamshid Saidov: "Hakam to'rt daqiqa qo'shib berdi, lekin biz 10 daqiqa o'ynadik" Yangiliklar

Jamshid Saidov: "Hakam to'rt daqiqa qo'shib berdi, lekin biz 10 daqiqa o'ynadik"

Coca Cola Superliga 13-turidan o'rin olgan "Buxoro" - AGMK urashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov o'z fikrlarini bildirdi.




"O'yin haqida nima deyishim mumkin? Birinchi o'rinda futbolchilarimga minnatdorchilik bildiraman. Ular bugun haqiqiy harakter ko'rsata olishdi. Afsuski, oxirgi daqiqalarda gol o'tkazib g'alabani qo'ldan chiqardik. Oldimizga qo'yilgan vazifani bajarishda davom etamiz.

Biz bugun himoyada o'ynadik, qarshi hujumlardan foydalanishga harakat qildik. Boshqa izohga hojat yo'q.

Jamoamizda moliyaviy muammolar bor. SHu bois yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkaza olmayapmiz. Umid qilamanki tez orada muammolar bartaraf etiladi.

Stadionimiz tayyor emasligi sabab ikkinchi davrada "Paxtakor" bilan Toshkentda o'ynashimiz mumkin. Bizga farqi yo'q, har qanday holatda ham neytral maydonda o'ynaymiz.

Himoyachi tushganidan keyin hech qanday sarosima bo'lmadi. Hakamlarni ishini baholaydigan insonlar bor. Penalti bor yo'qligi haqida biror narsa deya olmayman. Hakam to'rt daqiqa qo'shib berdi, biz esa 10 daqiqa o'ynadik. Himoyachilar, qolgan chiziq vakillari hisobni ushlab qolish uchun harakat qilishdi. Sarosima bo'lmadi deb o'ylayman", - deydi Jamshid Saidov.


Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика