So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  1 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Jamshid Saidov: “Buxoro”dan hech kim norozi bo'lib ketmaydi" Yangiliklar

Jamshid Saidov: “Buxoro”dan hech kim norozi bo'lib ketmaydi"

Oxirgi paytlarda “Buxoro” klubi atrofida ham turli gap-so'zlar paydo bo'lmoqda. Darhaqiqat, ayrim etakchi o'yinchilar klubni tark etishmoqda.

Bunga sabab sifatida qarzdorlik anchagina ekanligi aytilmoqda. Bir tomondan qaraganda, o'tgan yili 4-o'rinni egallagan jamoada bu kabi qarzdorliklar to'planib qolganligi taajjublanarli. Buning ustiga buxoroliklar hali jiddiy transferni amalga oshirishgani ham yo'q. Asosiy tarkib o'yinchilari esa boshqa klublarga ketishmoqda. Bunday vaziyatda esa jamoa bosh murabbiyi Jamshid Saidovga beradigan savollarimiz yig'ilib qolgandi. U bizga qishki tayyorgarlik yig'ini haqida malumot bergach, bir qator savollarga javob oldik.

-   4 yanvardan Toshkentda yig'in boshladik. Kuniga ikki mahaldan shug'ullanyapmiz. Ertalab “Obod” stadionda, kechki payt esa “NBU-Osiyo” maydonidan foydalanyapmiz. Reja bo'yicha o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazamiz. “Neftchi”, “Obod” va “Navbahor” jamoalari bilan maydonga tushamiz. Toshkentda 20 yanvarga qadar shug'ullanamiz. Undan so'ng yig'inni qaerda davom ettirishimizni vaqt ko'rsatadi. Balki yana Toshkentda qaytarmiz.

-   Jamoa oldiga ham aniq vazifa qo'yildimi?
-   O'tgan yili 4-o'rinni qo'lga kiritdik. Maqsadimiz esa o'sha natijani takrorlash. Imkoni qadar yuqoriroqqa intilishga harakat qilamiz.


-   Oxirgi paytlarda “Buxoro” tarkibi bilan bog'liq yangiliklar ko'p tarqalmoqda. Bosh murabbiy sifatida bu vaziyatga ham oydinlik kiritib o'tsangiz yaxshi bo'lardi.
-   U ketyapti yoki bu kelyapti, degan mish-mishlar ko'p chiqyapti. Muxlislar bu xabarlarni o'qib xar hil xayollarga borishyapti. Biroq bu kabi mish-mishlarga ishonmasliklarini istardim. Biz albatta o'tgan yilgi tarkibni saqlab qolmoqchimiz. Lekin yo'qotishlar ham bo'ldi. SHavkat Mullajonov “Olmaliq”qa o'tdi. Darvozabon Muxiddin Xudoyorovga javob berdik. Vadim CHemirtan esa “Bunyodkor”ga ketdi.

-   Murzoev ham...
-   Ex, Murzoev! Uni intervyusini o'qidim, o'ylaymanki, noto'g'ri bo'lgan.

-   Artyom Filiposyan masalasichi?
-   Uning ham gaplarini o'qidim. Bizdan norozi ekan. Albatta Filiposyan ham “Buxoro”ni tark etadi.

-   Bulardan boshqa klubni tark etganlar yo'qmi?
-   Hozircha yo'q.


-   SHavkat Salomov ham klubni tark etdi, shekilli...
-   Hali uning masalasi aniq emas. Bilasiz, U Malayziyada. Agar jamoasi bilan kelisha olmasa “Buxoro”ga qaytishi ham mumkin. Biz Salomov bilan doim aloqada bo'lib turibmiz. Hali shartnoma tuzgani yo'q.

-   Klubni tark etganlarning o'rnini munosib futbolchilar bilan to'ldirish masalasida qanday ish olib borilyapti?
-   Albatta, yaxshi saviyadagi o'yinchilarni qo'lga kiritishga harakat qilamiz. Yanvar oyi endi boshlandi. Hali fevral turibdi. Barchasini vaqt ko'rsatadi.

-   Jamoangizda ayni paytda yangi o'yinchilardan kimlar bor?
-   Hali hech kim qo'shilmadi. Selekciya ishlarini biroz kechroq boshladik. Baribir yangi futbolchilar kelishadi.

-   Aziz Ibragimov keladimi?
-   U erta-indin keladi. Ibragimov CHexiyaga ketgandi. Buning uchun bizdan 10 kunga javob so'ragan.

-   Jasur Hasanov Germaniyaga oyog'ini operaciya qildirish uchun ketgandi...
-   Jasur uyda. Operaciyadan keyin u biroz yotishi kerak. Qachon safga qaytishini vaqt ko'rsatadi.


-   SHuningdek, klubning futbolchilardan qarzdorligi borligi haqida eshityapmiz. Hattoki, 10 ta o'yindagi mukofot pullari berilmagan ekan...
-   Menga quloq soling: hozirgi vaziyatda barcha klublarda moliyaviy muammolar bor. Biz albatta o'tgan yilgi tarkibdagi o'yinchilarni hisob-kitob qilamiz. “Buxoro” klubida o'ynagan hech bir futbolchi hali shu kunga qadar norozi bo'lib ketmagan. Baribir hamma qarzdorlikni vaqti soati bilan hal qilamiz. “Lokomotiv”, “Bunyodkor” kabi klublardan tashqari qolgan barcha jamoalarda moliyaviy qiyinchiliklar bor. Lekin biz albatta qarzdorlikni to'laymiz. Birortasi jamoamizdan norozi bo'lib ketmaydi.

-   Boshqa legioner olasizlarmi?
-   Ko'ramiz. Legioner olish uchun variantlarimiz bor. Endi yangi CHemirtanni topishimiz kerak (kuladi). Ammo legioner tanlashda xato qilmasligimiz kerak.

-   Jarohat olib operaciya stoliga yotgan Murzoev va Filiposyan bunday paytda klubdan yordam bo'lmaganligi haqida aytishdi.
-   Bilasizmi, ular “Buxoro” klubidan, Buxoro xalqidan rozi bo'lishlari kerak. Lekin ularning pullarini albatta to'laymiz. Ammo muxlislar kimning qancha xizmati tekkanligini biladilar. Bu futbolchilar bizdan xafa bo'lmasliklarini istardim. Baribir ular o'z pullarini olishadi. Hech kimni aldab ketmaymiz.


FIRDAVSXON   

Reyting: -12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика