So’nggi yangiliklar

10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  0 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  1 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  4 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  8 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  14 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0

Jamshid Saidov: "Buxoro"da hozir teng kuchli ikkita tarkib bor" Yangiliklar

Jamshid Saidov: "Buxoro"da hozir teng kuchli ikkita tarkib bor"

"Buxoro" - "Andijon" (5:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov o'z fikrlarini bildirdi.

"Bugun 5:2 hisobida g'alaba qozondik. Xatolarga yo'l qo'ydik, bunga qadar oliy ligada gol o'tkazmagandik. Bugun esa 2ta gol o'tkazdik. Biroq raqibdan ko'proq gol urdik. Ochiq va chiroyli o'yin bo'ldi. Buncha ko'p muxlislar oldida mag'lub bo'lish va yomon o'yinga haqqimiz yo'q edi. Jamoa o'yindan o'yinga yaxshi harakat qilmoqda", - deydi Jamshid Saidov.

"O'tkazilgan gollarda himoyachilarimiz xato qilishdi, shu bois ularni ko'rib chiqamiz keyingi o'yinlarda bunda bo'lmasligiga urinamiz. Bugun Sardor Qobuljonov ilk bor qaydnomaga kiritildi. Sardor Rahmonov ham jarohatidan qutuldi va yoshlar ligasida maydonga tushdi. Hozir Bobur Omonovda jarohat bor. Bizni 24 aprel kuni "Nasaf"ga qarshi jiddiy o'yin kutib turibdi".

"Andijon" bugun yomon o'yin ko'rsatmadi. Biz raqib safida Yovanovichning harakatlarini kuzatdik. U ikkinchi qavatdagi 90 foiz kurashlarni yutdi. Himoyachilarimizga ko'p tashvish tug'dirdi".

"Kamoliddin Murzoev markaziy hujumchi. U gol urmayapti degani bu yomon o'ynayapti degani emas. Murzoev maydonda katta ko'lamdagi ishni bajarmoqda, sheriklarini qulay vaziyatlarga chiqarmoqda. Ha hozircha gol urmayapti. Ammo hali o'zini ko'rsatishiga ishonaman".

"SHavkat Salomov jamoamiz sardori, etakchimiz. U o'z uyida, muxlislari qarshisida o'ynashmoqda. Hozir bizda teng kuchli ikkita tarkib bor. Qo'qondagi bahsga qarang Pardaev va Nematov asosiy tarkibda tushgandi. Bugun esa boshqalar. Oliy liga ham uzoq davom etadi. Maqsadimiz har bir o'yinda g'alaba qozonish", - deydi Saidov.

"Buxoro" matbuot xizmati
 

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика