So’nggi yangiliklar

18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  6 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  9 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  2 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  4 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  5 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  9 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  1

Jamshid Saidov: "Bugungi natija uchun men javobgarman. Qaerdadir xatoga yo'l qo'ydim" Yangiliklar

Jamshid Saidov: "Bugungi natija uchun men javobgarman. Qaerdadir xatoga yo'l qo'ydim"

Superliga 17-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Qizilqum" (4:2) uchrashuvidan so'ng "Qizilqum" bosh murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida ishtirok etdi.


- O'yin haqida

- O'yinni yaxshi boshladik, ammo 11-daqiqadan so'ng jamoam maydonda emas edi, 4ta gol o'tkazib yubordik. Keyinchalik esa o'zimizga kelib oldik. Bugun bir nima etishmadi. Futbolchilarim bugun ishtiyoqsiz maydonga tushgandek. Uyg'onganimizda esa, natijani o'nglash uchun kech edi. Bu mening, yani bosh murabbiyning aybi. Qaerdadir xato qilgan bo'lsam kerak.

- Faoliyatingizda bunday voqeiylik bo'lganmi? 20-daqiqa qadar 4ta gol o'tkazib yuborish.

- So'nggi uchrashuvlarda ko'p gol o'tkazib yubormayotgandik. Birinchi davrada "Olimpik"ga qarshi o'yinda 3ta gol o'tkazib yuborgandik. "Olimpik" 12 daqiqa ichida 3ta gol urgandi. Bunday voqeiylik birinchi marotaba ro'y berdi. Xatolarimizni aniqlab, ular ustida ishlashimiz kerak.


- Jamoangiz o'tkazib yuborgan gollarda darvozabonning aybi yo'qdek ko'rindi. Darvozabonni 4ta gol o'tkazib yuborgani yoki ruhiy bosim bo'lgani uchun o'zgartirdingizmi?

- Birinchi gol darvozabonning xatosi edi. O'tkazib yuborgan 3ta golimizda darvozabon aybdor deb o'ylayman. 3-4ta gol o'tkazib yuborilgandan so'ng darvozabonni almashtirish kerak deb o'ylayman. Sababi darvozabon ruhiy tomonlama o'yinga tayyor bo'lmagan bo'ladi. Darvozabonimiz bugun ishonchsiz o'yin namoyish etdi va shu sababli uni zaxiraga oldim. 4-0 hisobidan so'ng faqatgina "oldinga tep va kurash" uslubini qo'llash imkoni bor edi. Ko'proq gol urish uchun etarli vaziyatlarga ega bo'ldik.

- Tanaffusda futbolchilaringizga nima dedingiz?

- Har bir murabbiyning o'z uslubi bor. Murabbiylar asosan tanaffusda futbolchilarga motivaciya beradi va yaxshiroq o'ynashga undaydi. Bu futbol va futbolda bunday natijalar uchrab turadi. Birinchi gol o'yinda burilish yasadi deb o'ylayman. Birinchi goldan so'ng jamoam o'ziga kela olmadi. Qaerdadir xato qildim. O'yin boshqa kunga qoldirilgani ham tasir qilgan bo'lishi mumkin, ammo hozir qandaydir sabablar va bahonalar izlash noto'g'ri. Ayb menda va bugungi mag'lubiyatga javobgar menman.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика