So’nggi yangiliklar

02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  0 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  15 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10

Jamshid Saidov: "Bizda yuqori maqsadlar yo'q, vazifa o'tgan mavsumdan ko'ra yaxshiroq ishtirok etish" Yangiliklar

Jamshid Saidov: "Bizda yuqori maqsadlar yo'q, vazifa o'tgan mavsumdan ko'ra yaxshiroq ishtirok etish"

Superliganing ikkinchi davrasiga tayyorgarlik ko'rayotgan "Qizilqum" jamoasi Toshkentda yig'in olib bormoqda.

Biz navoiyliklar bosh murabbiyi Jamshid Saidovning fikrlari bilan qiziqdik.


— Superliga ekvatoriga etib keldik, jamoalar ikkinchi davraga tayyorgarlik ko'rishmoqda. "Qizilqum"da tayyorgarlik qanday kechmoqda?

— Ekaterinburgda o'tkazilgan turnirdan so'ng o'n oltinchi sanada Toshkentga keldik. O'sha turnirda yuqori darajadagi jamoalar bilan o'ynadik. Bu erda esa ikki hafta bo'lamiz. Bugun "Andijon" bilan (intervyu kecha olingan), keyinchalik "Aral" bilan o'yinlar o'tkazamiz. SHundan so'ng ikkinchi davra uchun tayyorgarlik Navoiy shahrida bo'lib o'tadi.

— Ekaterinburgdagi turnir haqida gapirib bersangiz...

— Yuqori darajadagi juda yaxshi turnir. Ekaterinburg rahbariyatiga shunday imkoniyatni taqdim etishgani uchun minnatdorman. Finalda "Ural" bilan "Ekaterinburg Arena"da o'yin o'tkazdik. Bu JCH bo'lib o'tgan stadion, hatto kiyim almashtirish xonasiga kirganda ham chempionlik ruhi sezilib turadi, sababi u erda Franciya terma jamoasi o'ynagan.

— Mavsum oldidan ko'plar "Qizilqum"ning yangi mavsumda ligada qolish uchun kurashishini taxmin qilgandi. Ammo, jamoa ilk davrani yaxshi o'tkazdi. Mavsumning qolgan qismiga maqsadlar qanday?

— Birinchidan, bunday narsalarga etiborimni qaratmayman, doim jamoamga ishonaman. Ha, boshida shunday gaplar bo'lgandi. Ilk davrani yaxshi o'tkazdik deb o'ylayman. Bizda yuqori maqsadlar yo'q, vazifa o'tgan mavsumdan ko'ra yaxshiroq ishtirok etish.

— Jamoaning transferlari haqida nima deya olasiz? "Tyumen"da o'ynagan rus-tojik o'yinchisi Ruslan Hayloevning o'tgani haqida gap-so'zlar yangradi. Ammo, bu borada hali rasmiy malumot berilmadi.

— Barcha jamoalar kuchaymoqda. Hozirda bizning yagona transferimiz bu — Asror G'ofurov. U so'nggi ikki yilda Bangladeshda to'p tepdi. Ha, Ruslan Hayloev ham qo'shildi va hozirda birinchi taymda harakat qiladi.


Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi 



Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика