Jamshid Hasanov: "Qo'qon-1912" bilan o'yinda bosim ostida qoldik"
16 mar 2021 22:00
Yangiliklar
Jamshid Hasanov: "Qo'qon-1912" bilan o'yinda bosim ostida qoldik"
Navoiyning "Qizilqum" jamoasi Superliganing ikkinchi turida "Qo'qon-1912" mehmoni bo'ldi.
Qiziqarli kechgan uchrashuvda tomonlar 0:0 hisobida durangga imzo chekdi. Mazkur bahsdan so'ng navoiyliklarning tajribali yarim himoyachisi Jamshid Hasanov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Safarda durang yomon natija emas. Mehmonda ochilish o'yinida to'p tepadigan har qanday jamoaga qiyin bo'ladi. Kechagi uchrashuvda bosim ostida qoldik, deb o'ylayman. Maqsadimiz har bir o'yinda g'alaba qozonish. Muxlislarni xursand qilish uchun maydonga tushamiz",- deydi Hasanov.
Fikrlar