So’nggi yangiliklar

17:22Винисиус Жуниор футбол империясини кенгайтирди: "Реал" вингери Бразилиянинг "Атлетик" клубини сотиб олди  0 16:54"Тоттенхэм" футболчиси операция қилинди ва МЮ билан ўйинни ўтказиб юборади  0 16:26​Алонсо "Реал"га қайси футболчиларни олиб келмоқчи?  5 15:52Расман: "Андижон"ни икки мураббий тарк этди  1 15:29Аморим МЮ ходимларининг Европа Лигаси финалига сафари учун пул тўлади  4 15:01Сеск Фабрегас "Комо"да қолади: Клуб "Байер" ва бошқа даъвогарлар таклифини рад этди  1 14:20"Нефтчи" "Оқ-тепа"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, плей-оффга чиққан ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 13:51Рафинья: "Олтин тўп" мақсад эмас, асосийси – жамоавий ғалабалар"  11 13:23U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичига қачон қуръа ташланиши эълон қилинди  3 12:54Криштиану Роналдунинг ўғли Португалия терма жамоасида 7-рақам остида дебют қилди  4 12:30Марказий Осиё. "Қайрат" кубокни тарк этди, "Истиқлол" очко йўқотди, Туркманистонда эса 4 тур кейинги ўйинлар ўтказилди  1 11:59Гвардиола "Барселона" футболчисини Де Брюйнега ўринбосар деб билмоқда  7 11:37Бутун бир давр якуни: "Реал" тажрибали футболчиси жамоадан кетади  13 10:58“Ноттингем“ ҳужумчиси сунъий кома ҳолатидан чиқди  0 10:30“Барселона“ Ямал ва Рафинья учун 7 та футболчидан воз кечишга тайёр  16

Jamshid Hasanov: “Futbolchi emas uchuvchi bo'lishim mumkin edi” Yangiliklar

Jamshid Hasanov: “Futbolchi emas uchuvchi bo'lishim mumkin edi”

“Mashal” klubida bir necha yillardan buyon o'ynab kelayotgan yarim himoyachi Jamshid Hasanov jamoaning etakchilaridan biriga aylandi.

Biz o'tgan hafta “Qo'qon-1912”ga qarshi o'yindan so'ng futbolchi bilan suhbatlashishga qaror qildik. Qizig'i suhbat bo'lib o'tgach oliy liganing 14-turida Hasanov Buxoroda gol urib “Mashal”ga safarda g'alaba keltirdi.

- Futboldagi dastlabki qadamlar haqida gapirib bersangiz.
1988 yilda sentyabr oyida Toshkent shahrida tug'ilganman. Dastlab “Paxtakor” klubi futbol maktabida, keyinroq Toshkent shahridagi futbol internatida o'qiganman. Hozirda qanot hakami bo'lib ishlayotgan Mamur Saidqosimov qo'l ostida tahsil olganman. Aynan shu inson futbolchi bo'lishimga katta yordam bergan.
Professional faoliyatimni 2005 yilda Toshkentning “Traktor” klubida boshlaganman. Bu jamoada 2 yil o'ynaganman. Yig'inda o'zimni ko'rsatganim uchun murabbiy meni jamoada olib qolgan. O'shanda jamoaga Vadim Abramov ustozlik qilardi. Bu jamoadagi faoliyatim yomon chiqmagan. “Traktor”da o'sha yillarda Javlon Ibrohimov, Oybek Qilichev kabi yoshlar bilan o'ynagandim.  

2008 yildan faoliyatimni “Lokomotiv”da davom ettirganman. 2011-2012 yilda birinchi liganing “Yangier” klubida faoliyat olib borganman. 2012 yil ikkinchi davrasida “Mashal”ga ko'chib o'tganman. 


- Vadim Abramov siz uchun qanday murabbiy?
- Bu murabbiy o'smirlikdan professional futbolga o'tishda katta yordam bergan. Yoshlarga qanday etibor qilishni juda yaxshi biladi. Abramov Marat Miftaxutdinov bilan birgalikda “Traktor”da samarali faoliyat yuritishgan. “Traktor” oliy ligadagi faoliyatini tugatgach Abramov boshchiligidagi “Lokomotiv”dan taklif olganman. Klub birinchi ligaga tushib ketgach tarkibda katta o'zgarishlar sodir bo'lgan va men jamoadan ketganman.
“Lokomotiv”da olgan jarohatimni davolagach birinchi liganing “Yangier” klubiga o'tishga qaror qilganman. Bu jamoada bir yarim yil davomida faoliyat olib borganman. Bilasiz “Mashal” klubi Yangierdagi bazada yig'in o'tkazadi. Jamoa murabbiylari “Yangier”ning o'yinlarini kuzatib menga taklif bilan chiqishgandi. 2012 yil yozida “Mashal”ga o'tganman. Afsuski o'sha yil Muborak klubi oliy ligani tark etgandi. Biroq Aleksandr Xomyakov boshchiligida bir yilning o'zida birinchi ligada ajoyib ishtirok etib yana oliy ligaga qaytgandik.  

- Siz yarim himoyada o'ynaysiz. SHunga qaramay birinchi ligada to'purar bo'lgansiz...
- To'g'risi “Mashal”da deyarli barcha joyda o'ynab chiqqanman. Faqat darvozada turmadim xolos. Birinchi ligada vaziyat taqozo etgani tufayli hujumchi rolini bajarganman va ko'p gol urgandim. Ko'pchilik sheriklarim meni hazillashib “universal” deb chaqirishadi (kuladi).

 - Birinchi va oliy liganing farqi qanchalik katta?
- Albatta katta. “Lokomotiv”da asosan yoshlar jamoasida o'ynaganman. Oliy ligada kam maydonga tushganman. Keyin birinchi ligada faoliyat olib bordim. “Mashal”da oliy ligada to'laqonli o'ynay boshladim deya olaman. Elitada o'ynash juda qiyin. Tarkibda Dilyaver Vaniev, Gabit Sapargaliev va Pavel Solomin kabi tajribali futbolchilar yordami bilan oliy ligada o'ynay boshlaganman.

- Nima uchun aynan futbolni tanlagansiz?
- Oilamdagilar uchuvchi bo'lishimni istashgandi. Akam futbolga kirib kelayotganimda uchuvchilikka o'qiyotgandi. Men esa futbolga qiziqardim. Akam “Paxtakor” yoshlar jamoasida o'ynab yurganida o'qishi tufayli futboldan ketishga majbur bo'lgan. SHunday qilib akam uchuvchi, men esa futbolchi bo'ldim.


- Qachon futbolchi bo'ldim deb his etgansiz?
- “Traktor”ga o'tganimda. SHahar chempionatidan so'ng professional futbol klubiga ko'chib o'tgach ko'p narsa o'zgargan. Barcha narsaga etibor butunlay boshqacha saviyada bo'lgan. O'shanda katta futbolga kirib kelganimni tushunib etganman. Biroq yaxshi futbolchi bo'lish uchun mehnat qilishni to'xtatmaslik kerak deb o'zimga o'zim aytganman. Eng katta orzum O'zbekiston terma jamoasidan chaqiruv olish va terma jamoani Jahon chempionatiga olib chiqishda xissa qo'shish.

- Abramov haqida gapirdingiz, Xomyakov qanday murabbiy?
- Bu murabbiy bilan 4 yildan buyon ishlab kelayapman. Xomyakov jamoani bir oilaga aylantira oldi. Yaxshi o'ynay olmagan o'yinlardan keyin murabbiy jahl bilan so'kib yoki haqorat qilib tarbiyalamaydi. U futbolchini tushunadi, o'zini uning o'rniga qo'yib ko'radi. Mashg'ulot vaqtida jiddiy. Ammo boshqa paytda Xomyakov juda ham hazilkash insonga aylanadi.  

- 4 yildan buyon “Mashal”da o'ynayapsiz. Boshqa klublardan takliflar bo'lmaganmi?
- Bo'lmagan desam yolg'on bo'ladi. “Olmaliq”, “Metallurg” va “Neftchi” kabi klublardan takliflar tushgan. Ularning orasida “Olmaliq” menga jiddiy qiziqib qolgandi. Biroq Xomyakov bilan gaplashib olgach “Mashal”da qolishga qaror qilgandim.

- Agar xorijdan taklif bo'lsachi?
- Agar xorijdan yaxshi taklif tushsa ketaman. O'zimni sinab ko'rardim. Lekin hozircha chet eldan taklif bo'lgani yo'q.

- “Mashal” safida ko'plab yoshlar etishib chiqadi. Buning siri nimada?
- Klubda yosh futbolchilar juda ham ko'p. Akademiyadan chiqqan mahoratli va qobiliyatli yoshlar ko'pchilikni tashkil qilmoqda. Ko'rayotgan bo'lsangiz oxirgi paytlarda Xomyakov deyarli har bir uchrashuvda yosh futbolchini asosiy tarkibga kiritmoqda. Yosh futbolchi xato qiladi, busiz bo'lmaydi. Hech kim birdan tajribali futbolchi bo'lib qolmaydi. O'zimiz ham yosh bo'lganimizda tajribali futbolchilardan tanbeh, maqtov va tavsiyalar eshitardik. Hozir o'zimiz yoshlarga yo'l yo'riq berayapmiz. Bu hayot qonuni.


- Evropa chempionatida kimga muxlislik qilayapsiz?
- Italiya. Sababi “Mashal”ning o'yin uslubi Italiyaga o'xshashib ketadi. SHu bois “Skuadra Adzurra”ga muxlislik qilayapman. Nimchorak finalda italyanlar Ispaniyaga qarshi o'ynaydi. Imkoniyatlarni teng deb o'ylayman. O'tgan musobaqada aynan shu ikki jamoa finalda o'ynagandi. Italiya yutsa bundan xursand bo'laman (suhbat 25 iyun kuni bo'lgan).

- Qaysi futbolchilar va jamoalar kashfiyot bo'ldi?
- Franciyalik Dimitri Payet, ispaniyalik Alvaro Morata o'zini yaxshi tomonlama ko'rsatmoqda. Jamoalar orasida esa Vengriya va Uelsning guruhdan chiqishi meni hayron qoldirdi.

- Jamshid Hasanov kimlarga minnatdorchilik bildiradi?
- Avvalo ota-onamga rahmat aytaman. Ular yoshligimdan menga yaxshi tarbiya berishgani uchun, hayotda o'z o'rnimni topib olishimda ularning xissasi juda katta bo'lgan. Barcha murabbiylarga Mamur Saidqosimov, Vadim Abramov, Aleksandr Xomyakovga rahmat aytaman. Klub rahbariyatiga ham minnatdorchilik bildiraman.


Narzulla suhbatlashdi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика