Jamshid Bekmurodov: “Qizilqum”ning har bir g'alabasi biz uchun o'ziga xos bayram”
17 iyu 2016 19:50
Yangiliklar
Jamshid Bekmurodov: “Qizilqum”ning har bir g'alabasi biz uchun o'ziga xos bayram”
Oliy liga o'n ikkinchi turidan joy olgan “Qizilqum” - “Navbahor” jamoalari (1:0) o'yini yakunlangach, g'alabadan ko'proq navoiylik muxlislar xursand bo'lishdi.
“Qizilqum” PFK Muxlislar klubi faollaridan biri Jamshid Bekmurodov o'zining o'yin haqidagi taassurotlarini bildirib o'tdi.
- SHu kunlarda Amerikada “Amerika kubogi”, Franciyada Evropa chempionati uchrashuvlari qizg'in davom etayotgan bo'lsa-da, ulardan voz kechib “Qizilqum” o'yinini tomosha qildik, - deydi Jamshid Bekmurodov. - Yigitlarimizga katta rahmat! Bugun ular o'zlarining chiroyli o'yini bilan biz muxlislarni xursand qilishdi. “Yoshlar” sport majmuasida o'tkazgan vaqtimiz zoe ketmadi. Sevimli jamoamizning har bir g'alabasi biz uchun o'ziga xos bayramga aylanadi.
O'z navbatida “Qizilqum”ga qarshi munosib o'ynagan “Navbahor” futbolchilariga ham rahmat aytamiz. Bunday shiddatli va hujumkor o'yinlar biz muxlislarga zav-shavq ulashadi. Ana shunday o'yinlar ko'p bo'lishini, ularda “Qizilqum” jamoasi o'z ishqibozlarini xursand qilib yurishini istaymiz.
“Qizilqum” PFK Matbuot xizmati.

Fikrlar