So’nggi yangiliklar

00:32Расман: "Милан" Павлович трансферини эълон қилди  1 00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  9 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  1 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  3 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  8 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  9

Jamoliddin SHaripov: “O'FF yangiligi sabab rejalarimiz o'zgarib ketdi” Yangiliklar

Jamoliddin SHaripov: “O'FF yangiligi sabab rejalarimiz o'zgarib ketdi”

Teglar :  FutzalO'FFOlmaliq
Futzal bo'yicha 2018 yilgi mavsum ham xuddi futbolda bo'lgani kabi yangi format asosida o'tadi.

Rejaga ko'ra mart oyida start oladigan O'zbekiston chempionatida oliy liga jamoalari ilk marotaba uy-safar tizimida ishtirok etishadi. SHu paytgacha barcha jamoalar bir joyda jam bo'lgan holda tur uchrashuvlarida maydonga tushishardi. 

Bir hafta ichida bitta tur bahslari tashkil etilib, unda jamoalar bir nechta o'yinlarni o'tkazishardi. Bu esa o'z navbatida ketma-ket kunlik o'yinlardan so'ng futzalchilarning jismonan toliqib qolishiga sabab bo'lib kelayotgandi. 

Endi yangi mavsumdan jamoalar katta futbolda bo'lgani kabi bir hafta bitta uchrashuv o'tkazishadi. Lekin hozirgi holatda yarim yildan ko'proq vaqt davomida futzal chempionatimizda tanaffus yuzaga keladigan ko'rinadi. Fevral oyida o'tkaziladigan Osiyo chempionatida qatnashadigan terma jamoamiz uchun bu yaxshi holat emas. 

Rasmiy uchrashuvlar yo'qligi sabab futzalchilarimiz o'yin amaliyotisiz qolib ketishyapti. SHunga qaramay, etakchi klublarimiz hamda terma jamoamiz o'quv-mashg'ulot yig'inlarini to'xtatmayapti. Biz O'zbekiston chempioni “Olmaliq” jamoasi etakchi futzalchisi Jamoliddin SHaripovdan intervyu oldik. 

- Jamoliddin, “Olmaliq” jamoasining yangi mavsumga tayyorgarligi qanday ketyapti? 

- Aslida yangi mavsumga tayyorgarlikka avgust oyidayoq kirishgan edik. SHu paytgacha chempionat bahslari sentyabr yoki oktyabr oyidan boshlanardi. Lekin O'FFning biroz kutilmagan qarori tufayli nafaqat chempionatimiz, balki yangi futzal mavsumiga mart oyidan start beriladigan bo'ldi. Buning natijasida oliy liga klublarining rejalari ham o'zgarib ketdi. Murabbiylar rejalarni qayta tuzib chiqishdi. Rejaga ko'ra yangi yildan mashg'ulotlarni boshlaymiz. 

- Tarkibda o'zgarishlar bormi? O'tgan yilgi tarkib saqlab qolindimi?

- O'ziga yarasha o'zgarishlar bor. Tajribali futzalchilarimiz boshqa klublarga o'tib ketishdi. Masalan, Artur Yunusov “Lokomotiv”, Dilshod Irsaliev “Paxtakor” klubi bilan shartnoma imzoladi. O'z o'rnida safimizga qo'shilganlar ham bor. “Ardus” jamoasidan Davron Abdurahmonov yangi mavsumni “Olmaliq” tarkibida boshlashga yaqin turibdi. “Metallurg”da ijara asosida o'ynagan Sunnat Kuralov yana jamoamizga qaytdi. Yangi yildan boshlanadigan yig'inimizga yana bir necha futzalchilarning ko'rikdan o'tish uchun kelishi kutilyapti.

- Yuqorida O'FFning yangiligi haqida gapirdingiz. Futzalchilar bu yangi tizimni qanday qabul qilishdi?

- O'FFning yangi rahbariyati barcha yo'nalishlarda katta o'zgarishlarni amalga oshirmoqda. SHu jumladan, futzalga ham yangilik olib kirilyapti. SHaxsan men uchun ham bu juda ham qiziq tuyulmoqda. Barcha futzalchilar qatori men ham chempionat boshlanishini sabrsizlik bilan kutyapman. Endi bu qanchalik samarali va foydali bo'ladi, albatta buni vaqt ko'rsatadi. 

- Jamoalar uzoq vaqt o'yin amaliyotisiz qolib ketishyapti. Martgacha hali ancha vaqt bor. Bu zararga ishlab qolmaydimi?

- Bu borada bir narsa deyish qiyin. Lekin futzalchi uchun o'yin amaliyoti juda ham muhim. Endi chempionat boshlanguniga qadar baribir o'rtoqlik o'yinlari o'tkazib turiladi. Lekin nazorat uchrashuvlari rasmiy o'yin o'rnini bosa olmaydi. Bu yangi tizimga ham ko'nikishga majburmiz. 

- “Olmaliq”ning o'tgan yilgi mavsumdagi ishtiroki klub rahbariyati tomonidan muhokama qilindimi?

- Ha, Olmaliq shahrida mavsum yakunlariga bag'ishlangan yig'ilish va uning yakunida katta koncert dasturi bo'lib o'tdi. Klubimiz rahbarlari chempionlik bilan tabriklashdi, sovg'a-salomlar ulashildi. 

- Yangi mavsum uchun rejalar tasdiqlandimi?

- Hali rejalar bilan tanishmadik. Bizga bu haqda aytishmadi. Yangi yil bayramidan so'ng o'z bazamizda yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rish uchun yig'ilamiz. Bo'lajak yig'inda rejalar bilan tanishtirishsa kerak. 

- Jamoa bilan shartnomangiz qancha muddatga imzolangan?

- “Olmaliq” bilan shartnomam yakuniga etgan edi. Yaqinda klub rahbariyati va murabbiylar shtabi bilan kelishgan holda shartnomani yana bir yilga uzaytirdik. 

- Qolgan jamoalar ham o'z tarkiblarini sezilarli darajada kuchaytirib olishyapti. SHu manoda, yangi mavsumdan nimalarni kutyapsiz?

- O'tgan mavsumda oltin dublga erishdik. Ham chempion bo'ldik, ham kubokni qo'lga kiritdik. CHempion bo'lishdan uni himoya qilish qiyin deyishadi. Endi shunga monand tarzda tayyorgarlik ko'ramiz. Hozirdan hech ikkilanishsiz aytishim mumkin, kelasi yilgi mavsum har qachongidan ham shiddatli o'tadi. Bunga shubham yo'q. Birinchi galda chempionatimiz yangi tizim asosida o'tkaziladi. Qolaversa, bizga raqobatchi bo'lishi kutilayotgan jamoalar siz aytgandek, tarkiblarini kuchaytirib olishdi. Ayniqsa, “Paxtakor” o'ziga kerakli bo'lgan futzalchilarni safiga qo'shib oldi. 

- Terma jamoadagi faoliyatingiz yakunlandimi? 

- Ha, shunday bo'ldi. Kolumbiyada o'tgan Jahon chempionatidan so'ng terma jamoa tarkibida sezilarli o'zgarishlar ro'y berdi. Tajribali futzalchilar faoliyatlarini yakunlashdi. Ularning o'rnini yoshlar egallashdi. Bu normal holat. CHunki, keyingi jahon chempionatiga qadar yoshlardan iborat jamoa shakllantirib borish lozim. Hozirdan bu o'zgarishlar amalga oshirilsa, yoshlar mundialning saralash bahslariga qadar tayyor bo'lib boradi. SHularni to'g'ri tushungan holatda do'stlarim qatori men ham terma jamoadagi faoliyatimni yakunladim. Lekin klubdagisi hali davom etadi. 

- Xose Mariya Mendesdan keyingi terma jamoaning o'yinlari haqida nima deya olasiz?

- So'nggi yillarda qo'lga kiritilgan muvaffaqiyatlarda Pulpisning xizmatlari katta. Aynan uning qo'l ostida jamoa futzalimiz tarixida ilk bor jahon chempionatida ishtirok etdi. Bugungi kunda bosh murabbiy Bahodir Ahmedov Mendesning ishlarini xuddi o'sha yo'nalishda davom ettirmoqda. Nodir Eliboev unga yaqindan yordam beryapti. Ularning ikkalasi ham Xose Mariyaning yonida yurib, yaxshigina tajribaga ega bo'lishdi. 

- Osiyo chempionatining qurasi haqida fikringiz qanday?

- Biz bu guruhdan chiqishimiz kerak. Guruhdagi raqiblar bizdan kuchli emas. Yopiq inshootlardagi Osiyo o'yinlarida Yaponiyani mag'lub etishga muvaffaq bo'ldik. Lekin o'yinlar oson kechmaydi. Osiyo chempionatining final bosqichiga kuchsiz jamoalar chiqmagan. Har bir jamoa o'z oldiga ulkan vazifalarni qo'yib, qita chempionatiga keladi. Endi birinchi galdagi vazifa guruhdan chiqib olish bo'ladi. 


Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi. "Interfutbol" gazetasi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика