So’nggi yangiliklar

01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  1 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  1 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  2 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  7 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  4 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  2 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3

✏️ “Jamoa sardori eng xavfli futbolchi!”. “Istern” bosh murabbiyi “So'g'diyona” haqida nimalar dedi? Yangiliklar

✏️ “Jamoa sardori eng xavfli futbolchi!”. “Istern” bosh murabbiyi “So'g'diyona” haqida nimalar dedi?

Teglar :  So'g'diyonaIstern
Xabaringiz bor, 6 sentyabr kuni “So'g'diyona” klubi o'z maydonida OFK kubogi doirasida “Istern”ga qarshi maydonga tushadi.

Mazkur bahs oldidan gonkongliklar bosh murabbiyi Roberto Losada fikrlariga quloq tutdik.

- Roberto, siz “So'g'diyona”ga qarshi uchrashuvdan nimalar kutmoqdasiz?
- Avvalambor, etibor uchun minnatdorchilik bildiraman. Bu o'yin biz uchun yaxshi tajriba bo'ladi. Negaki, tarkibimizda ko'plab yosh futbolchilar bor. Keyingi mavsumlarga yaxshi tajriba olish imkoniyatiga ega bo'lamiz. “So'g'diyona” yaxshi jamoa, ularga qarshi o'ynash orqali yoshlarimiz o'zlariga ishonch oshira oladi.

- Sizningcha, “So'g'diyona” safida eng kuchli futbolchi kim?
- Men kuzatdim, raqibimiz juda yaxshi jamoa. Tarkibidagi barcha futbolchilari yuqori saviyada ekani ko'zga tashlandi. Nazarimda, jamoa sardori (Jasur Hasanov – muallif) chap qanot yarim himoyasida juda xavfli ekan. U o'z qanotida juda yaxshi futbolchi va raqibga xavf tug'dira olishini ko'rishga muvaffaq bo'ldim.



- Sizlar uchun o'yinning O'zbekistonda o'tishi qanchalik yomon?
- Darhaqiqat, biz o'z maydonimizda o'ynashni afzal ko'rardik, lekin pandemiya tufayli O'zbekistonga to'p tepishga majburmiz. “So'g'diyona” o'z maydonida o'ynashi ular uchun juda foydali. CHunki muxlislar qo'llab-quvvatlaydi. Lekin safarda o'ynashimizga qaramay, ijobiy natija ko'rsatishga harakat qilamiz.

- “Istern”ning OFK kubogidagi asosiy maqsadi nimalardan iborat?
- Musobaqa orqali yaxshi tajriba olmoqdamiz. O'zbekistonda ham yaxshi o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz. Zero, stadionga kelgan tomoshabin ikki jamoa o'yinidan bahramand bo'lishini istaymiz. Hozirda bizda hech qanday bosim yo'q. To'g'ri, raqib bizdan kuchli va favorit ekani hech kimga sir emas. Biz bosimsiz maqsadga erishishga intilamiz.


Eslatib o'tamiz, "So'g'diyona" - "Istern" uchrashuvi 6 sentyabr kuni soat 18:00da Jizzaxdagi "So'g'diyona" stadionida boshlanadi.


Samandarbek suhbatlashdi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика