So’nggi yangiliklar

00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  2 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  5 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  18 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  3 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  4 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  75 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  4 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  3 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  11

Jaloliddinovning agenti o'yinchiga Turkiya va Ispaniyadan taklif mavjudligini aytdi Yangiliklar

Jaloliddinovning agenti o'yinchiga Turkiya va Ispaniyadan taklif mavjudligini aytdi

"Tambov"da ijara asosida o'ynayotgan "Lokomotiv" (Moskva) xavbeki Jasur Jaloliddinovning agenti Yuriy Belous mijozi haqida gapirdi.

- Barcha bu yigitning o'ynashiga umid qilmoqda. U O'zbekiston terma jamoasida bitta o'yin o'tkazgan va Osiyo CHempionlar Ligasida ham harakat qilgan O'zbekistonning eng iqtidorli o'yinchilaridan biridir. Albatta, "Lokomotiv"ning uni dastlab qaydnomaga kiritgani, so'ngra esa chiqarib tashlaganini oddiy tushuntirish qiyin.

"Tambov"ga kelsak, u o'ynagan bo'lardi, ammo O'zbekiston yoshlar terma jamoasidan chaqiruv oldi. U o'ynashi kerak. Hozir nima bo'ladi, ko'ramiz. Avval bizga u "Lokomotiv" bilan yig'inga ketayotganini aytishdi. So'ngra esa ketmaydigan bo'ldi. Yangi yil bayramidan so'ng qaror qabul qilamiz.


- Evropada Jaloliddinovga qiziqish bildirilayotgani borasidagi izohlaringizni o'qidim.

- So'zsiz. O'zbekiston pasportiga ega futbolchilarni jon deb Koreya va Amirliklarda olishadi, ammo uning Rossiyada o'ynashini xohlardim. Agar yo'q bo'lsa, buni "Lokomotiv" menejmenti bilan muhokama qilamiz. Turkiyadan taklif bor va hattoki Ispaniya Segundasidan ham.

- "Lokomotiv"ning yangi rahbariyati bilan suhbatlar bo'ldimi?

- Yangi bosh direktor bilan gaplashamiz. Uning "Lokomotiv" bilan shartnomasi bor, barcha qarorlar birga qabul qilinishi kerak. Umid qilamanki, suhbatlar tez orada bo'lib o'tadi.

- Jasurbekning transferida aynan Nikolich tashabbaskor edimi?

- Ha, bosh murabbiy qiziqqan. Keyinchalik esa chet ellik o'yinchilar kvotasini yopgan futbolchilar paydo bo'ldi - Raykovich, Kamano. Jaloliddinovga esa joy topilmadi.

- Nikolich qaydnomadan chiqarish borasidagi vaziyatni tushuntirdimi?

- Nikolich izoh bermadi. Sobiq bosh direktor ham.

- OAVda Jasurbekning "Lokomotiv"ga o'tishidagi moliyaviy malumotlar paydo bo'ldi.

- Biror-bir narsa haqida gapirishim noto'g'ri, bu tijoriy malumotdir. Biz buni muhokama qilishimiz noto'g'ri bo'ladi. Kelishilgan pullarning "Bunyodkor"ga o'tganini va u "Lokomotiv"ga erkin agent maqomida o'tganini bilaman.

- U erkin agent sifatida ketganmi?

- Ha, u yoki boshqa klub shartnomani sotib olishi mumkin bo'lgan narx belgilangan bo'lgan.

- SHunda "Lokomotiv" uni xarid qilganmi?

- Izoh bermayman, klubga murojaat qiling, - deydi Belous.

Reyting: -38   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика