So’nggi yangiliklar

12:40Алмоез Али: "Ўзбекистонга қарши ўйиндан бошлаб биздан талаб қилинган барча вазифаларни бажарамиз"  1 12:15Вадим Абрамов: "Хотиржамлик билан ғалаба қозондик"  0 11:49Факт. Ўзбекистон Тошкентда Қатарга мағлуб бўлмаган   6 11:28Про лига. 9-турда қайси ҳакамлар ишлашади?   1 10:55“Челси“ сўнгги таклифини юборди  1 10:28“Бавария“ рози бўлди  1 10:05Кевин де Брюйне “Наполи“ билан келишув шартлари очиқланди  0 09:33Италия термасини бошқаришга асосий номзодлар маълум  5 09:02“Ал Насср“ МЮ юлдузини сотиб олиш учун ўз юлдузидан воз кечишга тайёр  1 08:31Криштиану Роналду Португалиянинг Миллатлар лигаси финалидаги ғалабаси ҳақида фикр билдирди  38 08:03ЦСКАни бошқариш учун иккита номзод бор  1 07:35ПСЖ футболчиси Испания — Португалия учрашувида энг яхши бўлди  4 07:09Неъматилло Қуттибоев: "Арислан Юсупбаев ва Аъзамжон Алиевларда жароҳат бор"  0 02:47Португалия — УЕФА Миллатлар лигаси соҳиби! Португаллар финалда испанларни пенальтилар серияси орқали мағлуб этишди  158 00:51Забарний "Борнмут"га ПСЖга ўтмоқчи эканини айтди, ҳимоячи учун 70 млн евро талаб қилишмоқда  1

Jaloliddinov U-19 Osiyo chempionatida qatnashadimi? Timur Kapadze javob berdi Yangiliklar

Jaloliddinov U-19 Osiyo chempionatida qatnashadimi? Timur Kapadze javob berdi

O'zbekiston U-19 terma jamoasi etakchisi Jasur Jaloliddinov Moskvaning "Lokomotiv" klubiga ko'chib o'tdi.

Endi Jaloliddinov oktyabr oyida O'zbekistonda bo'ladigan Osiyo chempionatida ishtirok etadimi? Bu savolga javob olish uchun terma jamoa bosh murabbiyi Timur Kapadze bilan bog'landik. 

"Jasur Jaloliddinov "Lokomotiv"ga o'tayotganida o'ziga ham aytganman, chunki biladi oktyabr oyida Osiyo chempionatida ishtirok etadi. Albatta, birinchi galda o'yin amaliyoti kerak. SHuningdek, "Lokomotiv"da ham o'zini ko'rsatishi talab etiladi. U bilan bu borada gaplashganman.

Lekin, umid qilamanki uni so'ngi yig'inlarga chaqiramiz, biz bilan musobaqada qatnashadi. Hozir biron bir gap ham aytishim qiyin. Klub rahbarlari bilan shartnoma tuzayotganda qita chempionatida qo'yib yuborish masalasi ham kelishilgan bo'lsa kerak. Bu erda asosiy tarkib o'yinchisi degan narsa yo'q. Barcha asosiy tarkibga kirishi mumkin. Biz uning kuchli jihatlaridan turnir davomida foydalanishni maqsad qilganmiz.

O'tgan davr mobaynida tajriba to'pladi, o'sishga erishdi. Osiyo chempionatiga yaqin uni yig'inga jalb qilamiz. Baribir biz uchun kerakli futbolchilarimizdan biri hisoblanadi. O'sha vaqtga qadar barchasi hal bo'ladi deb o'ylayman", - dedi Kapadze.


O'zbekistonda barcha futbol musobaqalari 15 avgustga qadar qoldirildi. Coca Cola Superliga va U-21 Birinchiligida terma jamoa azolari to'p tepishadi. CHempionatlar to'xtagani futbolchilarning jismoniy holatiga qanchalik tasir qiladi? Bu borada murabbiy o'z fikrlarini bildirdi.

"Albatta, chempionat to'xtab qolgani futbolchilarning jismoniy holatiga tasir qilishi mumkin. 1-2 kun mashg'ulot o'tkazmasa u qadar bilinmasligi mumkin. Lekin, 5-10 kun mobaynida mashg'ulot o'tkazmasa salbiy tasir qilishi turgan gap. O'rinbosarlar jamoalarida, birinchi ligada harakat qiladigan o'yinchilarim ham bor, birinchi ligani hamma jamoalari ham mashg'ulot o'tkazayotgani yo'q. Ularni jismoniy holatini yana bir bor ko'zdan kechirib olishim darkor.

Talablarimni, falsafamni eslatib qo'yishim lozim. Oktyabr oyigacha hech qancha qolmadi. Ikki oy tezda o'tib ketadi. Reja bo'yicha birinchi davra oxirida ularni yig'ishni mo'ljallagan edim. Lekin, chempionat to'xtatildi yana. SHuning uchun ertadan boshlanadigan yig'in nihoyatda zarur biz uchun", - deydi murabbiy.


3 avgust kuni U-19 terma jamoasidan tashqari milliy terma jamoa ham Toshkentda yig'in boshlaydi. Milliy terma jamoa yordamchi murabbiyi Timur Kapadze bu vaziyatda qanday yo'l tutadi?

"Milliy terma jamoani yig'ini kutilmaganda bo'lib qoldi. Vadim Abramovga Server Jeparov yaqindan ko'maklashadi. Yana Aziz Haydarov ham bor",- deydi Timur Toxirovich.

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика