So’nggi yangiliklar

19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  0 19:09"Лион"нинг Лига 1даги тақдири ҳал бўлди  0 18:31Фабрицио Романо Элдор Шомуродов трансфери бўйича маълумот берди  4 17:45КЖЧда энг кўп мухлис қайси жамоа ўйинига тушмоқда?  5 17:35Дублга эришган легионер, "Навбаҳор"ни мағлуб этган мураббий, гол ўтказмаган посбон ва 25 ёшли ҳимоячи — Суперлигада 15-турнинг энг яхшилари  0 17:29Мирко Еличич - "Локомотив" бош мураббийи  2 17:12Рустам Ашурматов "Истиқлол" футболчисига айланди  1 17:08Расман: Бобир Абдихолиқов "Пахтакор" футболчиси  6 16:58Мали, Фламарион, Качорри, Ратиньо, Дориев ... Суперлига 15-тур рамзий терма жамоаси  1 16:20"Андижон"га янги дарвозабон ва мураббий келмоқда  8 16:069 нафар ҳакам ўйин натижаларига таъсир кўрсатишда гумонланмоқда  5 15:55Эшитдик-да! "Навбаҳор" яна икки нафар бразилиялик футболчини олиб келмоқчи  11 15:32Улар ҳақида эртага ҳам гапиришади: биринчи давранинг кашфиётлари кимлар бўлди?  1 15:10Авазбек Ўлмасалиев: "Иккинчи даврада ўз ўрнимизни қайтарамиз, ОКМК курашдан чиққани йўқ"  0 14:45Энрике Доннарумма ҳақида: "Жижжо яхши инсон эканини ҳамма билади. Мусиалага тезроқ соғайишини тилаймиз"  6

Jaloliddinov ro'yxatdan o'tishi uchun "Lokomotiv"dan kim ketadi? Evropa chempionimi yoki Solomon? Yangiliklar

Jaloliddinov ro'yxatdan o'tishi uchun "Lokomotiv"dan kim ketadi? Evropa chempionimi yoki Solomon?

O'zbekistonlik yarim himoyachi Jasur Jaloliddinov Moskvaning "Lokomotiv" klubi bilan 5 yillik shartnoma tuzganidan xabaringiz bor.

Hamyurtimiz hozircha Rossiya premer-ligasida o'ynash uchun "Lokomotiv" tomonidan ro'yxatdan o'tkazilmaganini ham bilasiz.

Xo'sh, bu jarayon nega cho'zilib ketdi? Nima uchun Jaloliddinovdan keyin kelgan belaruslik Vitaliy Lisakovich ro'yxatdan o'tkazildi va hatto debyut uchrashuvini ham o'tkazdi? Bu kabi savollarni ko'plab o'quvchilarimiz bizga yo'llashmoqda.

Bu mavsumdan boshlab Rossiya premer-ligasida legionerlar limiti o'zgardi. Endi klublar mavsum avvalida maksimum 8 nafar legioner futbolchini ro'yxatdan o'tkaza olishadi. Ulardan qanchasi maydonga tushishining farqi yo'q. Yil boshida eng ko'pi bilan 8 nafar xorijiy futbolchi "zayavka" qilinadi tamom vassalom. Mavsum o'rtasidagi transfer oynasi vaqtida yangi legioner olinsa qaysidir legionerni ro'yxatdan chiqarib tashlash shart bo'ladi. Ikki legioner olinsa, ikki nafar legioner chiqarib tashlanadi.



"Lokomotiv" hozirga qadar yangi mavsum uchun 7 nafar legionerni ro'yxatdan o'tkazdi.

Bular:
1.Solomon Kverkveliya (Gruziya)
2.Vedran CHorluka (Xorvatiya)
3.Murilo (Braziliya)
4.Macey Ribus (Polsha)
5.Slobodan Raykovich (Serbiya)
6.Gjegoj Krixovyak (Polsha)
7.Eder (Portugaliya)


Yuqorida aytganimiz belaruslik hujumchi Vitaliy Lisakovich ham ro'yxatdan o'tkazilgan. Biroq reglamentga ko'ra Evroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (EAES) azo davlat fuqarolari Rossiya chempionatida legioner hisoblanmaydi. Ushbu ittifoqqa azo davlatlar: Armaniston, Belarus, Qozog'iston, Qirg'iziston va Rossiya. Lisakovich Belaruslik bo'lgani uchun "Lokomotiv" uchni legioner sifatida emas mahalliy futbolchi sifatida ro'yxatdan o'tkazgan.

"Lokomotiv" hozirgacha faqat Jaloliddinovni emas chernogoriyalik hujumchi Luka Jorjevichni ham ro'yxatdan o'tkazmagan. 2019 yil avgust oyida Moskva klubiga ko'chib o'tgan va 4 yillik shartnomaga imzo chekkan Jorjevich bir yil davomida "temiryo'lchilar" safida atigi 5ta o'yinda maydonga tushdi xolos. Juda katta ehtimol bilan Luka mavsumni boshqa klubda boshlaydi. Klub uni ijaraga berishi ham mumkin.

Legionerlar limiti 8ta ekan, hozirgacha 7 nafar legioner ro'yxatdan o'tkazilgan Jasurning o'rni bo'shku deyishga shoshilmang. SHu kunlarda "Lokomotiv" "Bordo"ning gvineyalik yarim himoyachisi Fransua Kamanoning transferi ustida ishlamoqda. Tasdiqlanmagan malumotlarga ko'ra, "temiryo'lchilar" futbolchi uchun 5,5 million evro to'lashga tayyorlar. Kamano Myunxendagi shifoxonalardan birida "Lokomotiv" uchun tibbiy ko'rikdan o'tib bo'lgani va dushanba yoki seshanba kuni Moskvaga uchib kelib Rossiya vice-chempioni bilan shartnoma tuzishi haqida xabarlar ham chiqdi.

Klub 5,5 millionga "Bordo"dan futbolchi xarid qilib uni ro'yxatdan o'tkazmasligi mantiqqa zid. SHunday ekan bo'sh turgan 8-joy aynan Kamano uchun ekanligi barchaga tushunarli deb o'ylaymiz.

SHu bois Jasur ro'yxatdan o'tkazilishi uchun "Lokomotiv" legionerlardan biri bilan xayrlashishi shart. Xo'sh, kim ketishi mumkin va nima uchun?

Birinchi davogar - Solomon Kverkveliya. Nima uchun? Sababi o'tgan mavsum himoyadagi raqobat tufayli gruziyalik futbolchi "Loko" safida atigi 9ta o'yinda maydonga tushdi. Yangi mavsumda ortda qolgan 2ta turda umuman maydonga tushirilmadi. Ilk turda zaxirada qoldirilgan Solomon, ikkita turda zaxiradagi o'rnini yangi legioner himoyachi Slobodan Raykovichga bo'shatib berdi. Rus matbuoti Kverkveliya "Rotor"ga o'tishi mumkinligi haqida xabarlarni chop etmoqda.

Ikkinchi davogar - Eder. Nima uchun? Sababi "Lokomotiv"ga Fyodor Smolov qaytdi, belaruslik Vitaliy Lisakovich xarid qilindi. 2016 yil Franciyada o'tgan Evropa chempionati finalida mezbonlar darvozasiga gol urib Portugaliyaga chempionlikni keltirgan Eder 3 yildan buyon "Lokomotiv"da o'ynamoqda. U 63ta o'yinda maydonga tushib 10ta gol urdi xolos. To'g'ri 29 iyul kuni Eder "temiryo'lchilar" bilan shartnomani uzaytirdi. Aniqrog'i futbolchi o'tgan mavsum kerakli miqdordagi o'yinlarda ishtirok etgani bois shartnoma avtomatik tarzda uzaydi. Rossiya Superkubogi doirasidagi "Zenit"ga qarshi o'yinda jarohat olib maydonni tark etgan portugaliyalik futbolchi balki boshqa klubga ijaraga berilishi mumkin.

SHaxsan biz uchun "Lokomotiv" qaysi legionerdan voz kechishining unchalik farqi yo'q, muhimi 18 yoshli hamyurtimiz ro'yxatdan o'tkazilib Rossiya premer-ligasida o'ynasa bo'lgani.



Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика