Jaloliddin Masharipov: "To'lib toshgan stadionda o'ynash futbolchilarga qo'shimcha kuch beradi"
26 mar 2021 21:30
Yangiliklar
Jaloliddin Masharipov: "To'lib toshgan stadionda o'ynash futbolchilarga qo'shimcha kuch beradi"
O'zbekiston - Gana B (2:1) uchrashuvidan keyin Jaloliddin Masharipov mikst zonada o'z fikrlarini bildirdi.
"Namanganda mana shunday muxlislar qarshisida o'ynash yoqimli. Terma jamoaning keyingi o'yinlari Qarshida yoki Andijonda o'tkazilsa yaxshi bo'lardi. To'lib toshgan stadionda o'ynash futbolchilarga qo'shimcha kuch beradi.
Gana baribir Gana. Jahon chempionatiga chiqqan. To'g'ri ikkinchi tarkibi deyishdi. Bizda ham Odil Ahmedov, Egor Krimec, Jamshid Iskanderov kabi futbolchilar o'ynashmadi. Milliy terma jamoada birinchi yoki ikkinchi tarkib yo'q deb hisoblayman. CHunki bunda barcha o'z vatani uchun o'ynaydi.
Gana arab jamoalaridan jismoniy jihatdan ancha kuchli hisoblanadi", - deydi Jaloliddin Masharipov.
Fikrlar