So’nggi yangiliklar

01:45А Серия. "Милан" кутилмаганда очко йўқотди  3 01:15Артета "Арсенал" "Челси" рекордини янгилашни истаётганини айтди  0 00:55Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" марказий баҳсда "Ал Иттиҳод"ни мағлуб этди  0 00:41Рубен Аморим "Ливерпуль" майдонидаги ғалаба ҳақида: "Бундан ҳаволаниш керак эмас, Гакпо 20 сантиметрга адашмаганида барчаси бошқача бўларди"  0 00:20Суперлига. "Қизилқум" – "Динамо" 2:0   0 23:50Касильясни тўнаб кетишди  5 23:36Акмал Рустамов: "Қизилқум" таркибидан ҳам термаларда футболчилар ўйнашига ҳаракат қиламиз"  1 23:19Эдин Терзич: "Санчо "Олтин тўп"ни ютишга қодир"  2 22:46Килиан Мбаппе кетма-кет иккинчи ой энг яхшиси бўлди  0 22:23Пау Кубарси: "Класикони бутун дунё кўради. Лекин мен босим ҳис қилмаяпман"  9 21:57Вадим Абрамов: "Мухлислар олдида хижолатдамиз"  3 21:45Футзал. Афғонистон ўсмирлари Ўзбекистонга 10та гол урди  8 21:26"Ливерпуль"нинг ўтган ойдаги энг яхши футболчиси аниқланди  0 20:55Суперлига. "Қизилқум" ўз майдонида "Динамо" устидан ишончли ғалабага эришди  51 20:17Рафинья класикода ўйнамайдиган бўлди  10

Jaloliddin Masharipov: "Qozog'iston bizdan kuchli bo'lmagan" Yangiliklar

Jaloliddin Masharipov: "Qozog'iston bizdan kuchli bo'lmagan"

O'zbekiston milliy terma jamoasining noyabr oyidagi yig'iniga "Al Nassr" yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov ham chaqirilgan edi.

Biroq yakuniy pallada hamyurtimizning Qozog'iston va Rossiya bilan o'yinlarda ishtirok eta olmasligi malum bo'ldi. Esingizda bo'lsa, Jaloliddin Masharipov sentyabr oyidagi Kamerun va Kosta-Rika bilan uchrashuvlarni jarohat sabab o'tkazib yuborgandi. Barchasiga aniqlik kiritish uchun bugungi uchrashuvdan so'ng yarim himoyachiga yuzlandik. 

- Qozog'iston va Rossiyaga qarshi o'yinlarda maydonga tushmaysiz. Ayni paytdagi holatingiz qanday? Batafsil izoh bera olasizmi?

- Bu yig'inlarga taklif qilingandim. Lekin jarohatdan qaytganimga 20 kundan oshdi. Jismoniy tarafdan to'liq tayyor emasligim uchun klubim ruhsat bermadi. Umid qilamanki, navbatdagi yig'inlarga tayyor bo'laman. 

- Bugungi uchrashuvni maydon tashqarisidan kuzatdingiz. Bunda taassurotlar doim boshqacha bo'ladi. Qozog'istonga qarshi o'yin haqida qanday xulosalaringiz bor?

- O'yindan avval taxmin qilgandim. Qozog'iston bizdan kuchli bo'lmagan. Lekin bilmadim nima uchun odamlar bunchalik vahima qilib tashlashdi. Kamerun va Kosta-Rika bilan ham bemalol o'ynay olishimizni avvalgi intervyuda takidlagandim. Keyingi raqibimiz Rossiya. Tarkibida yoshlar ko'p ekan. Yutsa bo'ladigan jamoa. Ortiqcha vahimaga o'rin yo'q. 

- Ijobiy natijalar faqat o'rtoqlik o'yini fonida shunday ko'rinyaptimi? Rasmiy uchrashuvlarda terma jamoamiz o'zgarib qolmaydimi?

- Barchasi o'rtoqlik bahslaridan boshlanadi. Rasmiy turnirlarda ham shunday o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz. 

- Joriy yilgi Superligani kuzatdingizmi? 

- Esingizda bo'lsa, yil boshida aytgandim. "Nasaf" har yili shov-shuv qiladi, ammo yakunda baribir 2-3 o'rinni oladi. Kubokni nazarda tutmaganman. SHunday bo'lib chiqdi. Oxirigacha chempionlikka kurashib kelishdi. Oxiri "Paxtakor" chempionlikni qo'lga kiritdi. 

- "Paxtakor"ning chempionligi g'oliblik ruhiyati bilan bog'liqmi?

- "Paxtakor" barqaror o'yin ko'rsatadi. Garchi kubokda "Navbahor"ga, uyda "Nasaf"ga yutqazgan bo'lsada, chempionatda muhim bahslarda yutishni biladi. 

- Superligadagi intriga nimaning hisobiga yuzaga keldi, deb o'ylaysiz?

- Fikrimcha, "Paxtakor"ning biroz kuchsizlangani bilan bog'liq. Oldingidan pasaygan. "Nasaf" "Paxtakor"ning darajasiga chiqqani yo'q. "Paxtakor" ularning darajasiga tushdi. 

- Klubingizdagi faoliyatingiz qanday ketyapti?

- Hammasi alo darajada. Rudi Garsiya bilan ishlayapmiz. Jahon chempionatidan keyin chempionat yana boshlanadi. 

- Qatardagi mundialda kimga muxlislik qilasiz?

- Yoshligimdan Braziliyaga muxlisman. 

- Osiyo terma jamoalarining imkoniyatlarini qanday baholaysiz? Deylik Saudiya Arabistonini?

- Saudiya Arabistoni qiyin guruhga tushgan. Ular mag'lubiyatga uchrasa ham chiroyli futbol ko'rsatadi, deb o'ylayman. 

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика