So’nggi yangiliklar

10:16Сака "Арсенал" тарихидаги энг кўп маош оладиган футболчига айланади  0 09:49"Арал" тўпурари фаолиятини Суперлигада давом эттиради  0 09:23"Навбаҳор" футболчиси ОКМКни танлади  1 08:56"Хоразм" футболчисига Суперлиганинг 4 клубидан қизиқиш бор  0 08:30"Андижон" дарвозабони Қирғиз Республикасида "Йил футболчиси" бўлди  2 08:02Забиҳилло Ўринбоевнинг "Навбаҳор"даги тақдири маълум  5 07:36"Пахтакор" футболчиси ОКМКга ўтмоқда   1 02:27Бундеслига. "Боруссия Д" ўз майдонида "Боруссия М"ни мағлуб этди  0 02:10Италия Суперкубоги. "Болонья" ярим финалда "Интер"ни мағлуб қилди ва финалга йўл олди!  8 01:39Мактомини МЮдан кетганларнинг муваффақиятга эришаётгани ҳақида нималар деди?  2 00:46Артета Гекерешга баҳо берди  1 00:20"Ланс" Абдуқодир Ҳусанов бўйича "Манчестер Сити"га мурожаат қилган  9 23:53Гвардиола "Манчестер Сити"дан кетиши эҳтимоли ҳақида: "Мен умрбод бу ерда қола олмайман"  4 23:12Флик ҳозирча "Барселона" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  1 22:55Аморим Фергюсоннинг гаплари ҳақида фикр билдирди  5

Jaloliddin Masharipov: "Qatar O'zbekiston uchun omadli raqib" Yangiliklar

Jaloliddin Masharipov: "Qatar O'zbekiston uchun omadli raqib"

O'zbekiston terma jamoasi nimchorak final bosqichida Tailandni mag'lubiyatga uchratdi (2:1).

Ko'tarinki kayfiyatda yakunlangan uchrashuvdan so'ng terma jamoamiz sardori Jaloliddin Masharipov fikrlarini bildirib o'tdi. 


- O'yin haqida fikrlaringiz? 

- Tailand bo'lgani bilan oson o'tmasligini bilar edik. Ular ham oddiy terma jamoa emas. Tailandni 1-2ta to'p farqi bilan yutganmiz. Birinchi goldan so'ng o'yinni bo'shashtirdik. Ular hisobni tenglashtirgach biz yana tempni oshirdik va gol urdik. Ko'rgan bo'lsangiz, yana tashlab yubordik. Baribir ehtiyotkorlik bor edi. 

- Hisob tenglashgach qandaydir hayajon yoki bosim yuzaga kelmadimi? 

- O'yinning ilk daqiqalardan hayajon yo'q edi. Kecha kechga yaqin tana haroratim ko'tarildi. Otabek SHukurov ham shu sababli maydonga tushgani yo'q. O'ynay olmasamchi, degan hayajon o'tdi. O'ynashim kerak, dedim. Otabek SHukurovning umuman gapirishga holi yo'q edi. Bitta men emas, 2-3 nafar futbolchilar shamollagan holda o'ynadik. Baribir yutganmiz degan ishonch bor edi. Yutishimiz ham kerak edi. 

- Hozirgi Qatar haqida nima deya olasiz? 

- Qatar doim biz uchun qulay raqib bo'lib kelgan. Qatar O'zbekistondan doim qo'rqib o'ynaydi. Bu terma jamoaga qarshi avval yaxshi o'ynaganmiz va yutganmiz. Bu safar ham g'alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqamiz. 

- Keyingi o'yingacha terma jamoa sardori sifatida futbolchilarni kayfiyatini ko'tarish zimmangizda... 

- Kiyinish xonasidayoq kayfiyatni ko'tardik. Xudo xohlasa, hammasi yaxshi. Ravshan Ermatov ham kelib bizning kayfiyatimizni ko'tarishadi, deb o'ylayman. Bir tomondan muxlislar ham qo'llab-quvvatlashmoqda. Hamma biz bilan birga ekanligini his qilyapmiz.

Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика